1. Koʻrsatma uchun: koʻrsatma berish funksiyasi oʻzgarmas boʻladi va muhimi buyurish xususiyati bilan shugʻullanadi. Ozmi-koʻpmi buyurish xususiyatidadir. Bu bilan aloqa qiluvchi keyingi darajadagi shaxsga muayyan vazifalarni bajarishiga imkoniyat yaratish uchun kerakli koʻrsatmalarni va yoʻriqlarni berishi tushuniladi. Bunda koʻrsatmalar, asosan, yuqori darajadan quyi darajaga beriladi.
2. Integrallashish uchun: bu jamlovchi funksiya boʻlib, unda integrallashuv faoliyatlari sinaladi. Integrallashuv funksiyasi, asosan, biznes tashkilotlarining turli xil funksiyalari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni amalga oshirishdir. U turli boshqaruv funksiyalarining birlashuviga yordam beradi.
3. Ma’lumot berish uchun: tashkilotdagi muloqot funksiyalari yoki shaxs va guruhning muayyan vazifasi yoki kompaniya siyosati(tartib –qoidalari), yo boʻlmasa, jarayonlari haqida ma’lumot berishdir. Yuqori darajadagi boshqaruv a’zolari quyi darajaga oʻrta daraja vakillari orqali siyosat (tartib-qoidalari) yetkazadilar. Oʻz navbatida, quyi daraja munosabatlarini oʻrta daraja vakillari orqali yetkazadilar. Ma’lumot tashkilotda vertikal, gorizontal va diagonal tarzda yoyilishi mumkin. Muloqotning asosiy maqsadi ma’lumotga ega boʻlish yoki boshqalarga xabar berishdir.
4. Baholash uchun: faoliyatlarning tekshiruvida vazifalarning bajarilish qiymatini belgilash fikrni shakllantirish muloqot orqali erishiladi. Muloqot shaxs yoki jamoaning tashkilotga qoʻshgan hissasini baholash vositasidir. Oʻzining qoʻshgan hissasini, boshqa birovning ishlab chiqarish unumdorligini yo boʻlmasa, ba’zi gʻoyaviy rejasini baholash samarali muloqot jarayonini talab etadi.
5. Koʻrsatmalar uchun: muloqot yuqori boshqaruv a’zolari yoki boshqaruvchi tomonidan koʻrsatma(farmoyish)larni chiqarish uchun zarur. Ishchi oʻzidan yuqori lavozimdagi shaxs tomonidan koʻrsatma berilganda unumdorlikni oshira oladi. Koʻrsatmalar boshqalarga ogʻzaki yoki yozma tarzda berilishi mumkin. Buyruq oddiy buyruq, talab buyrugʻi yoki nazarda tutilgan boʻlishi mumkin.
6.Oʻqitish uchun: ish joyida Shaxsiy xavfsizlik ahamiyati nihoyat darajada e’tirof etilgan. Toʻliq muloqot jarayoni ishchilarni ish joylarida Shaxsiy xavfsizliklari haqida oʻqitish va ta’lim berishliklarini talab etadi. Bu muloqot ishchilarga muloqot, tavakkalchilik va x.k.larning oldini olishlariga, shu bilan birga xarajat, jarayon va hokazolarga yordam beradi.
7. Ta’sir koʻrsatish uchun: toʻliq muloqot jarayoni boshqalarga ta’sir koʻrsatish va ta’sirlanishda zarurdir. Shaxsning boshqalarga ta’sir koʻrsatish imkoniyati boʻlarkan, u osonlik bilan boshqalarni unday oladi. Bu aloqaning samarasini anglatuvchi javob reaksiyasini ta’minlaydi.
8. Imidj (koʻrinish)ni yaratish uchun: biznes korxonasi jamiyatning boshqa qismidan ajrala olmaydi. Jamiyatda faoliyat yuritayotgan korxona va jamiyat oʻrtasida oʽzaro munosabat va oʻzaro bogʻliqlik boʻladi. Ish obroʻsi va ishonch omma orasida yaratilishi zarur. Bu jamiyatda firmaning koʻrinishini koʻrsatib beruvchi oʻzga vosita bilan muloqot orqali bajarilishi mumkin. Samarali tashqi muloqot tizimi orqali jamiyatga korxona oʻzining maqsadlari, faoliyatlari, istiqboli va jamiyatdagi mas’uliyati haqida ma’lumot berishi kerak.
9. Ishchilarning xabardorligi (moʻljal olishi) uchun: yangi ishchi tashkilotga kelgan vaqtida tashkilot dasturlari, siyosati, madaniyati va hokazolarni bilmaydi. Muloqot orqali insonlar tashkilotda hamkasblari, yuqori lavozimdagilarning siyosati, maqsadi, qoidalari va tartibga solish kabilar bilan tanishadilar.
Jadval 1.1. Muloqot maqsadlari
Boshqalar: samarali qaror qabul qilish ushbu shaxs talab etilgan va muvofiq ma’lumot bilan ta’minlanganda boʻlishi mumkin. Samarali muloqot qaror qabul qilish jarayoniga yordam beradi. Umuman olganda, vazifalar samarali va yaroqli bajarilishi uchun tashkilotdagi har bir shaxs zarur ma’lumot bilan ta’minlanishi shart.
Monolog, ya’ni kontekstli nutqni tinglab tushunish oʻziga xos qiyinchiliklarga ega. Eng avvalo shuni aytish kerakki, monologik muloqot suhbat vaqtida dialogik muloqotga nisbatan tinglovchiga kamroq qaratilgan boʻladi. Ekstralingvistik faktorlar bevosita muloqotdagiga qaraganda kamroq ahamiyat kasb etadi. Monolog fikrning tuzilish kengligi, mantiqiyligi bilan ajralib turadi, dialogdan farqli ravishda aytib tugatilmagan oʻrinlar ekstralingvistik momentlar bilan toʻldirib ketiladi. Monologik muloqotning oqimi, odatda normal tempda boʻlishi sababli qayta soʻrab o‘tirishlarga imkon bermaydi, eshitib boʻlingan joyga qaytish uchun toʻxtalishga yoʻl qoʻymaydi. Monologik nutqni tinglab tushunish hamma vaqt ozmi-koʻpmi choʻziladigan vaqt bilan bogʻliq boʻladi, bu esa ayrim luqmalar emas. Shuning uchun tinglovchining eshitish xotirasi yetarli darajada rivojlangan boʻlishi talab qilinadi. Tinglab tushunishning eng murakkab turi radio yoki magnitofondan eshitiladigan monologik nutqni idrok etishdir. Bunda avvalo nutqning umuman hech kimga qaratilmaganligini aytish lozim. Tinglovchi soʻzlovchini koʻrmaydi, axborot bittagina tinglash kanali orqali keladi. Monologik nutq vaqtida tinglovchi har holda mimikani, masalan, lektor mimikasini kuzatib borishi mumkin. Yozilgan nutqni tinglab tushunishni juda ham murakkablashtiradigan ikkinchi faktor yozilgan nutqqa ta’sir koʻrsatuvchi nuqsonlar sababli paydo boʻladigan tovush kamchiliklaridir. Maxsus olib borilgan tadqiqotlarda tovush signallarini hatto eng yuqori darajada yozib olinganda ham axborotni qabul qilish va qayta ishlashga ta’sir koʻrsatuvchi kichik nuqsonlarni yo‘q qilib boʻlmasligi isbotlangan. Apparatlarning buzuqligi tufayli paydo boʻlgan nuqsonlar aytilayotgan fikrlar mazmunini tushunmaslikni tushinish mumkin. Dialogik nutqdan faqat spektakl va radiopostanovkani tinglashda foydalanish mumkin. Shubhasiz, monologik nutqni tinglab tushunish amaliy jihatdan muhimdir, chunki koʻpincha dialogik nutq ichiga monologik nutq elementlari kirib qoladi. Bundan tashqari, qisqa monologlarni idrok etishga doir nutq koʻnikmasining oʻzi keng tarqalgan. Tovush yozish texnikasi rivojlangan hozirgi sharoitda yozib olingan nutqni tinglab tushunishni talab sifatida qoʻyish lozim. Binobarin, yozib olingan nutqni tinglab tushunish koʻnikmasi til ustida mustaqil ishlashning eng muhim vositasidir. Shu bilan birga chet tilini oʻrganishga ajratilgan soatlar miqdori cheklangan sharoitda til materialini muayyan doirada cheklamay, oʻquvchilarning hamma yoki koʻpchilik mavzularga doir ovozli nutqning har xil turlarini eshitib tushunishini talab qilib boʻlmasligi ayondir. Hozirgi vaqtda nutqni idrok etish qiyinligini va amaliyot hajmining kamligini hisobga olib, birmuncha kichikroq talablar qoʻyish maqsadga muvofiqdir: oʻquvchilar oʻrganilgan materiallar boʻyicha turmush mavzusidagi shaxsan oʻzlariga yoki bevosita muloqot jarayonida auditoriyaga qaratilgan ovozli (dialog) nutqni yoki normal temp va soʻzlovchining aniq diksiyasi bilan magnit plyonkasiga yozilgan (monolog) nutqni tushuna olishlari kerak. Tinglovchilar nutqni tinglab tushunishni amalga oshirish uchun oʻzlashtirishlari lozim boʻlgan konkret koʻnikmalarni belgilashga harakat qilamiz. Bunda koʻnikmalarning ikki guruhini: ogʻzaki tushunish bilan bogʻliq koʻnikmalar va predmet hamda mantiqiy tushunish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalarni koʻrsatish mumkin. Birinchi guruhni bilish protsessni, tovush kodini tovush motor kodiga aylantirishni va tasviriy tekstlarni ogʻzaki tushunishni ta’minlovchi koʻnikmalar tashkil qiladi.
Hozirgi zamon metodikasi ana shu guruhga quyidagilarni kiritadi: 1) tanish va notanish doirada oʻrganilgan leksika asosida tuzilgan nutq namunalarini bilish koʻnikmasini; 2) yangi leksik ma’no bilan toʻldirilgan nutq namunalarini bilish va tushunish koʻnikmasini; 3) kontekstga tayangan holda oʻxshash soʽzlarni, nutq namunalarini differensiallash koʻnikmasini; 4) nutq vaziyatiga tayanib kontekstdagi kam uchraydigan notanish soʻzlarni tushunish koʻnikmasini.
Eng avvalo shuni aytish kerakki, dialog jarayonidagi idrok etish gapirish bilan uzviy bogʻlangan holda ishlab chiqiladi. Biroq shunga ham oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlgan mashqlarni ajratish mumkin.
Eng avvalo dialog olib borish uchun luqmaga tez javob qaytarish lozim. Dialoglarni toʻldirish mashqlari ham juda qimmatli omil hisoblanadi. Bunda bir suhbatdoshning jumlalari olinib oʻquvchilarga ularni boshqa jumlalar bilan toʻldirish tavsiya etiladi.
Tinglab tushunish mashqlari dialog protsessida gapirishni ham shakllantirishi tufayli ikki xil vazifani bajaradi. Zotan, dialogda tinglab tushunish va gapirish bir-biriga uzviy bogʻliqdir. Monologik nutqni tinglab tushunishga doir nutq mashqlari eng avvalo, matnni tushunish bilan bajariladigan didaktik vazifaga koʻra belgilanadi. Agar eshitilgan matn ichidan eng muhimini ajratib olish vazifasi qoʻyilsa, quyidagi vazifalar berilishi mumkin: ona tili yoki chet tilidagi matn mazmunini oʻz soʻzlari bilan qisqacha gapirib berish, reja tuzish, matn yuzasidan berilgan savollarga javob qaytarish, audiotekst qismlariga sarlavhalar qoʻyish va hokazo. Agar tinglab tushunish vaqtida oʻquvchilar diqqatini detallarga jalb etish vazifasi qoʻyilsa, unda matnga yaqin mazmunda soʻzlab berish, ayrim gaplarga savollar qoʻyish, gaplar tanlab olish, qahramonni, voqealar boʻlgan joyni ifodalovchi gaplarni ajratib olish foydalidir. Ammo shu faktorni hisobga olishning oʻzi yetarli emas. Didaktik vazifaning xarakteri yuqoridagilardan tashqari, oʻqitishning bosqichi va oʻquvchilarning tayyorgarlik darajasiga qarab ham belgilanadi. Monologik nutqni tinglab tushunish mashqlari gapirishga dialoglardagidek yaqin boʻlmasada, yetarli darajada bogʻliqdir.