Fanni o‘qitishda qo‘llanilishi tavsiya etilayotgan pedagogik, axborot va internet texnologiyalari Talaba “Biznes muloqot va akademik yozuv” fanini o‘zlashtirishda ta’limning innovatsion usullaridan foydalanishi, yangi pedagogik, axborot va internet texnologiyalarini tadbiq qilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Fanni o‘zlashtirishda o‘quv-uslubiy ta’minotdan foydalanilish tavsiya etiladi. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlarda turli metod va vositalardan, xususan, aqliy hujum, klaster, amaliy ish va didaktik o‘yinlar, portfolio, keys-stadi, shuningdek, kompyuter dasturlaridan internet tizimlaridan foydalanish mumkin.
“Biznes muloqot va akademik yozuv” fani 1-kursda o‘qitilib, unda ma’ruza, amaliy, mustaqil ta’lim mashg‘ulotlari semestr bo‘yicha quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi.
5230200– Menejment (xizmatlar sohasi), 5230600 – Moliya, 5230700 – Bank ishi, 5230800 – Soliqlar va soliqqa tortish, 5230900 – Buxgalteriya hisobi va audit (tarmoqlar bo‘yicha), 5231200 – Sug‘urta ishi, 5231300 – Pensiya ishi, 5231500 – Baholash ishi, 5232000 – Davlat byudjetining g‘azna ijrosi, 5232700 – Investitsion loyihalarni moliyalashtirish, 5232400 - Iqtisidiy xavfsizlik, 5232800 - Elektron tijorat ta’lim yo‘nalishlarida o‘qitiladigan mavzular bo‘yicha mashg‘ulot turlariga ajratilgan soatlar hajmining taqsimoti