Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish. Biznes rejani resurslar bIlann taminlanganligi. Biznes-rejani ishlab chiqishda asosiy narsalar



Yüklə 6,75 Kb.
tarix21.06.2023
ölçüsü6,75 Kb.
#133487
Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish. Biznes rejani resursl-fayllar.org


Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish. Biznes rejani resurslar bIlann taminlanganligi. Biznes-rejani ishlab chiqishda asosiy narsalar

Biznes-rejani ishlab chiqishni boshqarish. Biznes rejani resurslar bIlann taminlanganligi.

BIZNES-REJANI ISHLAB CHIQISHDA ASOSIY NARSALAR


  • BIZNES-REJANI ISHLAB CHIQISHDA ASOSIY NARSALAR

  • 2020-yil 13-fevral kuni Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi magistratura tinglovchilari uchun «Biznes-reja tuzishda asosiy e’tibor va masalalar» mavzusida maxsus mahorat darsi bo’lib o’tdi.

  • Tadbirni, biznes rejalashtirish sohasida katta tajribaga ega bo'lgan shaxs, biznes-maslahatchi, O'zbek-Yapon markazidagi professional Menejment dasturi murabbiysi - Narinyan Sofiya Surenovna olib bordi.

  • Ishtirokchilarni biznesni rejalashtirish asoslari va biznes-reja tuzish bo'yicha asosiy ko'nikmalarni ishlab chiqish bilan tanishtirdi. Dastur biznes-rejaning mohiyati, strategik rejalashtirishdagi turlari va o’rni, biznes-rejaning bo'limlarini ko'rib chiqish va ularning o'zaro aloqasi, biznes-rejani tuzish ishlarini tashkil etish, marketing rejasining aspektlari, marketing strategiyasi, marketing byudjeti, tashkilot va boshqaruv rejasining aspektlari haqida ma'lumotlar bilan o’rtoqlashdi.

  • Tinglovchilar biznes-reja tuzish bo'yicha uslubiy tushuncha va osinovdan o’tgan vositalarni qo'llash amaliyoti bo'yicha ko'nikmalarga ega bo'lishdi. Ishtirokchilar biznesni rejalashtirish ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan amaliy mashg'ulotlarni bajarishdi.

  • Biznes-rejani tuzishda muhim bosqichlaridan bu uni loyiha ijrochilarining (uni tuzish tashabbuskorlari) bevosita ishtirokida amalga oshirishdir. Buning uchun tadbirkor o'z tashkilotining zaif va kuchli tomonlari, uning faoliyatining asosiy yo'nalishlari, ushbu biznes-rejani hayotga tatbiq etish uchun real imkoniyatlari haqida ko'proq tizimli va to'liq tasavvurga ega bo'lish uchun zarurdir.

  • Tadbirning jonli va interaktiv formati ishtirokchilarga o'zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olish imkonini berdi.

Biznes reja yozishdan maqsad nima ekanligini aniqlab oling.


Biznes reja nima maqsadda yozilayotganiga qarab turli shaklda boʻlishi mumkin. Biznes rejalar odatda quyidagi maqsadlarda yoziladi:
Boshlangʻich sarmoyani taxminan hisoblab chiqish;
Biznes loyihaning umuman olganda foydali yoki zararli ekanligini bilish;
Mahsulot yoki xizmatingizni, mijozlaringizni va raqiblaringizni aniqlashtirish;
Biznes modelingiz, maqsadlaringiz, va bu maqsadga erishish uchun kerakli strategiyalarni belgilash;
Biznes loyihangizni boshqalarga (bank, sarmoyadorlar, hamkorlar va h.k.) tushuntirib berish.
Biznes-rejaning asoslanganligi va ishonchliligi o’zaro bog’liq bo’lgan va bir-birini to’ldirib turuvchi jarayonlardir. Biznes-rejaning asoslanganlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, uning ishonchliligi, talab qilinishi va foydaliligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Buning uchun biznesni rejalashtirish jarayonini boshqarish zarur bo’lib, u quyidagilarga imkon beradi:


  • korxona faoliyatining muayyan yo’nalishlarini, maqsadli bozorlar va korxonaning ulardagi o’rnini aniqlash;

  • korxonaning qisqa va uzoq muddatli maqsadlarini, shuningdek, ularga erishish taktika va strategiyalarini ifodalash. Tanlangan har bir strategiya uchun javobgarlarni belgilash;

  • korxonaning iqtisodiy holatini hamda belgilangan maqsadlarga erishish uchun zarur bo’lgan mos keluvchi moddiy, moliyaviy va boshqa resurslar holatini baholash;

4. iste’mol bozoriga chiqariluvchi mahsulot (ish, xizmat) hajmi va nomenklaturasini aniqlash hamda bir vaqtning o’zida ularni yaratish va sotish xarajatlarini aniqlash;


5. kadrlarni tanlash, ularning belgilangan maqsad va vazifalarni bajarishga mos kelishini baholash, mos keluvchi har bir uchastkada xodimlar mehnati mahsuldorligini rag’batlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish; 6. biznes-rejani amalga oshirishga to’sqinlik qilishi mumkin bo’lgan qiyinchiliklar va «ko’zga ko’rinmas» to’siqlarni oldindan ko’ra bilish.
Biznes-rejani ishlab chiqish jarayonida korxona (firma) rahbariyatining ishtirok etish darajasi muhim ahamiyat kasb etadi. Biznes-rejani tayyorlashda rahbarning shaxsan ishtirok etishi shunchalik muhimki, xorijiy amaliyotda ko’plab banklar, investitsiya jamg’armalari va boshqa shu kabi muassasalar biznes-reja korxonadan tashqarida maslahatchilar tomonidan tayyorlanib, rahbariyat tomonidan faqat imzolangan holatlar ma’lum bo’lib qolganda, umuman bu korxonalarning taqdimnomalarini ko’rib chiqishga ham qabul qilmaydilar. Biroq bu biznes-rejani ishlab chiqishda maslahatchilar xizmatlaridan foydalanmaslik kerak degani emas, aksincha, ekspertlarni bu ishga jalb qilish qo’llab-quvvatlanadi. Gap bu erda boshqa narsa haqida bormoqda – biznes-rejani ishlab chiqish korxona rahbarining yoki o’z ishini ochmoqchi bo’layotgan shaxsning shaxsan ishtirok etishini talab qiladi. Ishga kirishar ekan, u birinchi navbatda kelgusi faoliyatni modellashtiradi va uning maqsadga muvofiqligini tekshiradi, ikkinchidan, mo’ljallanayotgan ishlab chiqarishning (biznesning) barcha ijobiy va salbiy natijalari uchun javob beradi, uchinchidan esa, bajarilgan hisob-kitoblar va har bir ko’rsatkichlarning ahamiyatini yaxshi va aniq biladi.
Shunday qilib, biznes-rejani tayyorlashning asoslanganlini, ishonchliligi va o’z vaqtidaligi korxona muvaffaqiyatining garovidir. O’z vaqtida xorij amaliyotida 195 ta sanoat tovarlarining muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizligi sabablari tahlil qilingan va chop etilgan (Amerikaning «Forchun» jurnali har yili sanoatning 33 tarmog’ida tanlab olingan 300 ta kompaniyaning reytingini aniqlab boradi). Ularning 102 tasida firmalar muvaffaqiyatga erishgan bo’lsa, 93 tasida buning aksi kuzatilgan. Muvaffaqiyatga erishishning uchta asosiy omili aniqlangan:


  • tovarning raqobatchilar tovarlaridan ustunligi va uning iste’molchilar tomonidan qabul qilinishi;

  • firmaning marketing «nou-xau»lari, ya’ni bozorni, xaridorlar xulq-atvori, yangiliklarni qabul qilish va amalga oshirish sur’ati, tovarning hayotiylik davri va boshqalarni eng yaxshi tushunishi;E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT

  • firmaning texnologik «nou-xau»lari, ya’ni ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish o’rtasidagi aloqaning yuqoriligi.

  • E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT


E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT
http://fayllar.org
Yüklə 6,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin