Biznes-rejani tayѐrlash bosqichlari



Yüklə 19,13 Kb.
tarix12.04.2023
ölçüsü19,13 Kb.
#96893
Biznes-rejani tayyorlash bosqichlari


Biznes-rejani tayѐrlash bosqichlari
Mavjud ilmiy va uslubiy adabiѐtlar biznes-rejani ishlab chiqish uchun yagona to‘g‘ri yo‘l yo‘qligiga alohida e'tibor qaratadi. Biznes-rejaning tarkibi, tuzilmasi, ko‘rsatkichlari va boshqa jihatlari odatda korxonaning hajmi (quvvati), yo‘nalishi, iqtisodiy va moliyaviy holati, shuningdek, gap o‘z ishini endi boshlaѐtgan tadbirkorlik ѐki mavjud korxona haqida boraѐtganligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar gap barcha tashvishlar o‘z ishini boshlash va buning uchun zarur bo‘lgan boshlang‘ich kapitalni, jumladan, bank kerditlari hisobiga shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirkorlik haqida borsa, biznes-rejaning mazmuni va uni tayѐrlash bosqichlari bitta (umumiy) ko‘rinishga ega bo‘lishi, yangiliklar kiritish ѐki bankrot ѐqasida turgan korxona haqida boradigan bo‘lsa boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Shunday bo‘lsada, har qanday biznes-rejada tanlangan biznes konsepsiyasi ochib beriluvchi, taklif qilinaѐtgan mahsulot, ish ѐki xizmatlarnig o‘ziga xosligi tavsiflanuvchi, shuningdek, istiqbolda olinishi lozim bo‘lgan foyda (daromad) va biznesni kengaytirish aks ettiriluvchi bo‘limlar mavjud bo‘ladi.Xo‘jalik amaliѐtining dalolat berishicha, umuman rejalashtirish, va xususan biznesni rejalashtirish ikki bosiqichda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda biznes- rejaning loyiha varianti ishlab chiqilib, unda o‘tgan yilda erishilgan natijalar tahlili va kelgusi yillar uchun o‘z imkoniyatlarini baholash hisobiga dastlabki hisob-kitoblar amalga oshiriladi. Biznes-reja barcha hisob-kitoblarda belgilangan texnologik jaraѐnlarga, ichki zahiralardan to‘liq foydalanishga asoslanishi hamda zarur hollarda tashkiliy va texnik-iqtisodiy tadbirlar bilan mustahkamlanishi lozim.Ushbu bosqichda chiqariladigan mahsulotga jamiyat ehtiѐjlari va bozor talabini aniqlash katta ahamiyatga ega. Gap shundaki, jamiyatning aniqlangan ehtiѐjlaridan tashqari iste'molchilar mahsulotni xarid qilish uchun sarflovchi va korxona ushbu ehtiѐjlarni qondirish uchun mahsulot ishlab chiqarishga sarflovchi resurslarning cheklanganligi ham
mavjud. Shuning uchun «ehtiѐj - resurslar» bog‘liqligi biznes-rejaning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Ehtiѐjlarni aniqlash korxonani iste'molchilik talabiga ega bo‘lmagan mahsulot chiqarish uchun xarajatlar sarflashining oldiini oladi, talab qilinuvchi resurslar hisob-kitobi esa xato va kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaydi.Ikkinchi bosqich bu biznes-rejani yakuniy ishlab chiqish va uni korxonaning rasmiy hujjati sifatida tasdiqlashdir. Aynan shu sifatda biznes-reja huquqiy kuchga ega bo‘lib, turli idora va muassasalarga, xususan, banklardan moliyaviy resurslar olish uchun taqdim etilishi mumkin. Agar uni ishlab chiqish o‘z navbatida korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy (moliyaviy) strategiyasini ishlab chiqishga imkon beruvchi marketing tadqiqotlari va bozor tahliliga asoslansa to‘g‘ri bo‘lur edi.Ayrim mutaxassislar bitta biznes-rejaning ikki xil ko‘rinishga ega bo‘lishini – hamkorlar, investorlar, aksiyadorlarga taqdim etiluvchi rasmiy biznes-reja va korxona rahbariyati va uning komandasi uchun tuzilgan ishchi biznes-rejani tavsiya qiladilar.Ishchi biznes-reja xuddi rasmiy biznes-reja kabi tartibda va xuddi shu bo‘lim va nomlardan iboart bo‘lib, tavsiya qiluvchilarning fikricha, quyidagi vazifalarni bajarishga xizmat qilishi lozim:
1. Rasmiy biznes-rejaning muhimligini tushunish.
2. Yangi tadbirkorlik ishini boshlashdan ancha avval bajariluvchi hatti- harakatlar dasturini aniqlash.
3. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolar variantlarini detalli ko‘rib chiqish.
4. Ichki va tashqi risklarni baholash.
5. Bozor muhitidagi doimiy o‘zgarishlarni hisobga olgan holda ish holati nazoratini amalga oshirish.
Bugungi kunda korxonalar turli xil hisobot, reja, statistika, normativ va boshqa materiallardan foydalanadilar. Agar «bitta hujjat kam, bitta hujjat ko‘p» tamoyiliga rioya qilinadigan bo‘lsa berilaѐtgan tavsiya e'tiroz uyg‘otmasligi mumkin. Biroq ma'lumki, gap sonda emas, balki biznes-rejalarning amalga oshishi, ularning real voqelikka mos kelishidadir. Korxona ikkita (rasmiy va ishchi) biznes-rejaga ega bo‘lsada, birooq muvaafiqiyatga erishmasligi ham mumkin. Bitta, lekin korxonafaoliyatining kuchli va zaif tomonlarini hisobga oluvchi, mavjud ishlab chiqarish salohiyatidan eng samarali foydalanish va kutilaѐtgan miqdorda foyda (daromad) olishga yo‘naltirilgan real biznes- reja ko‘proq muvaffqaiyatga erishishi mumkin.Har qanday istiqbolli hujjat kabi, biznes-reja ham iste'mol bozorida va umuman iqtisodiѐtda ro‘y beraѐtgan o‘zgarishlarni hisobga olgan holda vaziyatga ko‘ra qayta ko‘rib chiqilishi, zarur hollarda o‘zgartirishlar kiritilishi mumkin. Eng asosiysi u korxonaning bozordagi ulushini saqlab qolishga ko‘maklashishi, kelgusida ishlab chiqarish va sotish biznes-rejaning asosiy qismidan o‘rin egallovchi mahsulotning haѐtiylik davrini uzaytirishga xizmat qilishi lozim. Biznes-rejani ishlab chiqishning dastlabki bosqichi ham, yakuniy bosqichi ham «bir gap bo‘lar» qabilida bajarilishi mumkin emas. Bozor ishlab chiqarishni tashkil etish va rejalashtirishda xatolarni, o‘ylanmay qilingan hatti- harakatlarni kechirmaydi.
Yüklə 19,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin