ASOSIY QISM
1. Bozor infratuzilmasi nazariyasi
Hozirgi kunda tobora rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari o'zining taraqqiyoti davomida bozor qonuniyatlari va mexanizmlarining amal qilishini to‘g‘ri baholay oladigan ichki tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga muxtojlik sezadi.
Shu bilan birga, ulaming shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan muhim shart-sharoitlar va qulay muhitning tashkil etilishini talab etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg‘unligini ta’minlash va ulaming bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiq-ilishini yo‘lga qo‘yish muhim sanaladi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishini, ma’lum soha va tarmoqlarda mavjud muammolarni ilmiy tahlil etish va yangi bozor infratuzilma-sini yaratayotgan xo‘jalik subyektlarining faoliyatini nazariy tadqiq etish iqtisodiy fanlaming yangi turiga ehtiyojni kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanini o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu fanning shakllanishi uchun ham boshqa fanlar kabi amaliy hayotdagi muammolari, o‘rganilishi taqozo etilayotgan qonuniyatlar, ochib berilishi zarur bo‘lgan holatlar borki, ular mazkur fanni nazariy jihatdan o‘rganishning dol-zarbligini namoyon etmoqda.
“Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar tomonidan bozor infratuzilmasi nazariyasini chuqur va puxta о‘zlashtii ish, infratuzilma muassasalari faoliyatining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bu fanning o ‘qitilishi orqali talabalar bozor infratuzilmasi tashkil topishi va rivojlanishining nazariy asoslari va uning amal qilish qonuniyatlari bilan yaqindan tanishadilar. Mazkur fan ularga bozor infratuzilmasi nazariyasining iqtisodiy qonunlari, hodisa va jarayonlarining mohiyatini chuqur va har tomonlama tushunishda zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlami o ‘zlashtirishga amaliy yordam beradi. Shuningdek, talabalarda bozor infratuzilmasi va tizimli-iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy tajribalami shakllantirish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. “Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fani orqali olingan bilimlar iqtisodiyot sohasida tayy-orlanayotgan mutaxassislarga mamlakatdagi bozor munosabatlarining samarali tashkil etilishi va amal qilishiga ahamiyatli ta’sir
ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini chuqur anglash hamda bu boradagi muammo-lami to‘g‘ri hal etish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Iqtisodiy fanlaming umumiy o‘rganish obyektlari bo‘lib o‘z ichiga ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonlarini oluvchi iqtisodiy faoliyat bosqichlari hisoblanadi. Ushbu jarayonlaming qisqacha tahliliga ko‘ra ishlab chiqarish shunday ja-rayonki, agar xomashyo, aylanma mablag‘, ishchi kuchi va boshqa materiallar yoki ishlab chiqarish omillarining o‘zaro muvofiq hold-agi birikishi yuz bergan chog‘dagina tovar ishlab chiqarish o‘z nati-jasini beradi. Lekin bu ishlab chiqarilgan tovarlami iste’molchisini topish zamonaviy iqtisodiyotning oldidagi eng muhim muammolar-dan biri hisoblanadi. Bozor aynan ayriboshlash yoki taqsimlash jarayonini ta’minlab, iste’molchini topishga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bozorlarning me’yordagi faoliyatini ta’minlash va ulaming samaradorligini oshirish esa bozor infratuzilmalari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu nuqtayi nazardan olsak, bozor infratuzilmalarining mavjudligi, samarali faoliyati va davomiyligini ta’minlash nafaqat iqtisodchi olimlar, balki, iqtisodiyotning har bir bo‘g‘ini mutasaddi rahbarlar-ining, shuningdek, iqtisodiy fanlaming dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasini nazariy tahlil qilish iqtisodiyotning boshqa infratuzilmalaridan ma’lum ma’noda alohida xususiyatga ega. Biz bu borada fikr yuritishdan oldin umumiy infratuzilmalar
haqidagi tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Infratuzilma — bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalaming mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir.
So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha«infra»-quyi, osti; «structure» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo bo’lgan. «Infratuzilma» atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilman-ing funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi sifatida, mamlakatlar va xalqlaming madaniylashgan, ijtimoiy-adolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga, O‘zbekiston bozor infratuzilmasini o‘rganishga, milliy iqtisodiyotdagi infratuzilmaning jahon xo‘jaligiga qo‘shiIish masalalariga katta ahamiyat beriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega bo’lgan mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi. Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda ilmiy atama sifatida qo‘llanilganligi qayd etilgan3. Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida “infratuzilma” atamasi iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlaming hayotga layoqatliligini ta’minlovchi obyekt va inshootlami ifodalash uchun qo‘llanilgan.
Iqtisodiy tushunchalar lug‘atida “Bozor infratuzilmasi (inglizcha market infrastructure)-asosiy vazifasi tovarlami ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishdan iborat bo‘lgan tarmoq, kichik tarmoq hamda faoliyat sohalari (transport, ta’minot, mol tarqatish, savdo va h.k.)ning majmui” sifatida ta’riflanib,
“rivojlangan bozor infratuzilmasi iqtisodiyotdagi mablag'lar aylanishining tezlashuvi, yangidan yaratilgan qiymatning realizatsiyasi jarayoni uchun shart-sharoit yaratadi”.
Ishlab chiqarish
infratuzilmasi
|
Ishlab chiqarish sohasi
|
Ijtimoiy-maishiy
infratuzilma
|
Aholi turmush farovonligi va
faoliyati sohasi
|
Institutsional
infratuzilma
|
Xo‘jalik yuritish faoliyatini tashkil
etish va boshqarish sohasi
|
Ekologik infratuzilma
|
Jamiyat va tabiat o'rtasidagi o‘zaro
munosabatlar sohasi
|
Shaxsiy infratuzilma
|
Jamiyat a’zolarining ma’naviy,
tadbirkorlik, kasbiy va boshqa
faolivatlari sohasi
|
Jahon infratuzilmasi
|
Jahon iqtisodiyoti, tashqi iqtisodiy
aloqalar sohasi
|
Bozor infratuzilmasi
|
Bozor - tovar va xizmatlami
ayirboshlash sohasi
|
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bozorning ko'p bo'g'inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Bozor infratuzilmasi turli xil vazifalami bajaruvchi tarkibiy qismlar, unsurlardan iborat tizimni namoyon etadi. Bozor mexanizmlarining to'liq, samarali amal qilishi infratuzilma tarkibiy qismlarining turli-tumanligi va yetarli darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlarini belgilab olish, ulaming har birining ahamiyatini o'rganish, iqtisodiy tabiatini ochib berish muhim hisoblanadi. Zero, hozirgi kunda bozor infratuzilmasi tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlami ko'rsatib berishda ma’lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, A.O'lmasov va M .Sharifxo'jaevlar bozor infratuzilmasiga bozor aloqalarini o'rnatishgavasam arali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuyi sifatida qarab, uni besh bo'g'inga ajratadilar:
1) ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar);
2) tovarlar va xizmatlar muomalasiga, y a’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari);
3) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari);
4) aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infrastuktura (uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari);
5) axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar—ma’lumotlar va xabarlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari)
Ko'rinib turibdiki, olimlarimiz bu o'rinda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani ham bozor infratuzilmasi tarkibiga kiritib, moliya-kredit hamda axborot xizmati infratuzilmasi kabi yo'nalishlami mustaqil soha sifatida ko'rsatib, masalani munozarali tomon yo'naltiradilar.Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo'llanmalarda bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida odatda quyidagi
obyektlami ko'rsatib o'tiladi:
-birjalar (tovar, xomashyo, fond, valyuta), ulaming tashkiliy rasmiylashtirilan vositachiligi;
-auksionlar, yarmarkalar va tashkiliy biijadan tashqari vositachilikning boshqa shakllari;
-kredit tizimi va tijorat banklari;
-emissiya tizimi va emissiya banklari;
-a h o li bandligini tartibga solish tizimi hamda bandlikka davlat va nodavlat yo'li bilan ko'maklashish markazlari (mehnat birjalari);
-axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari;
-soliq idoralari tizimi va soliq inspektsiyasi;
-tijorat xo'jalik xavf-xatarini sug'urtalash tizimi va sug'urta kompaniyalari;
-maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
-savdo palatalari, ishbilarmon doiralaming boshqa jamoat, ixtiyoriy va davlat birlashmalari (uyushmalari);
-bojxona tizimi;
-yollanib ishlovchilaming kasaba uyushmalari;
-tijorat-ko‘rgazma komplekslari;
-oliy va o‘rta iqtisodiy ta’lim tizimi;
-auditorlik kompaniyalari;
-maslahat beruvchi (konsalting) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun moljallangan ijtimoiy va davlat fondlari;
-erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari.
Iqtisodiyotda moliya bozorlarining o‘mi ham kattadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar yaratilishi lozim:
- bozor iqtisodiyoti qonunlarining toliq amal qilishi mexanizmini ta ’minlash;
- xususiy mulkchilik samarali tizimining mavjudligi;
- monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog‘ozlar) sifatining yuqori ko‘rsatkichlarini (likvidlilik jalbdorliligi va h.k.) ta ’minlanganliligi. Bu ko‘rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo‘yicha katta boMmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
- moliyaviy instrumentlarning erkin savdosini ta’minlovchi rivojlangan savdo tizimlarining mavjudligi;
- investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta’minlovchi bozorning samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimining mavjudligi;
- moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta’minlanadigan bozorning informatsion shaffofligi (transparentligi).Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta’minlaydi, investitsiyalarga muhtoj bolgan iqtisodiyot
subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga m ablag‘larini orttirishga, davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo‘lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko‘maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to‘rt guruhga: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalariga ajratish mumkin.
Makroiqtisodiy funksiyajam g ‘armalami investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi,odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiya esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.
Umumbozor funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor qatnashchilarining o‘zaro raqobat asosida daromad olishini ta ’minlovchi funksiya);
- narx-navoni belgilash funksiyasi, ya’ni bozorda moliyaviy instrumentlaming bozor narxlari (kurslari) shakllanishi va ta ’siri jarayonini, ulami bozor konyunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz harakatini (o‘zgarishini) ta ’minlaydi (bozor kurslari qanchalik tez shakllanib barqarorlashsa, moliya bozorida bu instrumentlar shunchalik samara bilan joy lashtiriladi va likvidliligi ta’minlanadi);
- axborot bilan ta ’minlash funksiyasi, ya’ni bozor savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to ‘g ‘risidagi axborotni shakllantiradi va o ‘z qatnashchilariga havola qiladi;
- tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) funksiya, ya’ni bozor o‘zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o ‘rtasidagi munosabatlar me’yorlarini va nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo‘nalishlami aniqlaydi,nazorat organlarini va tartiblarini belgilaydi, bozor qatnashchilari
tomonidan bu m e’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi va h.k.
Moliya bozorining maxsus funksiyalarigaquyidagilami kiritish mumkin:
- moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Uni o ‘z navbatida to ‘rt kichik funksiyaga ajratish mumkin: 1) moliyaviy resurslarni tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari o ‘rtasida taqsimlash vaqayta taqsimlash; 2)jam g‘armalami, ayniqsa aholi jam g‘armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o ‘tkazish (transformatsiyalash); 3) noinflyatsion asosda, y a’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarmasdan davlat budjetini moliyalashtirish; 4) pul massasini boshqarish;- narx va moliyaviy risklaming oldini olish funksiyasi, yoki hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (fyucherslar, optsionlar, svop, forvard
va h.k.)ning hosil bo‘lishi evaziga xedjirlash.Moliyaviy globallashtirishfunksiyasiquyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
— milliy moliya bozorlarini о ‘zaro integratsiyalashuvi (uyg‘unlashuvi);
— moliya bozorlarining intematsionallashuvi;
- jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo‘nalishlarda) rivojining katalizatori va h.k.Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo ‘shimchalargaajratish mumkin. Asosiy vazifalariuning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay sharoitlarni ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o ‘tilgan).
Moliya bozorining qo'shimcha vazifalarigaquyidagilami kiritish mumkin:
- emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
-bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
-emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
- biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
-jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
-siyosiy huruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
- investorlaming huquqlarini himoyalash va maqsad, manfaatlarining am ilga oshirilishini ta’minlash.Xalqaro mavqega ega boMgan zamonaviy moliya bozori
o ‘zining asosiy roli doirasida (ya’ni, iqtisodiyotning holati “barometri”) jahon globallashuvi sharoitida iqtisodiyotda bir-biri bilan bogMiq quyidagi rollami o‘ynaydi.
1. “Iqtisodiyot muammolari darajasining metrikasi, o’lchagichi”, ya’ni iqtisodiyotda omillar ta’siri ostida paydo bo’luvchi muammolarni maxsus indikatorlar yordamida miqdorini o’lchashga va shu asosda mas’ul davlat organi hamda iqtisodiyot subyektlari tomonidan siyosat yuritishda tegishli qarorlar qabul qilishga ko‘maklashadi.
2. “Moliyaviy resurslarni bozor konyunkturasi asosida iqtisodiyot subyektlari o‘rtasida tartiblashgan tarzda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishining kommutatori” Bunda bozor konyunkturasi fiskal va monetar siyosatlar yordamida tartiblashtiriladi.
3. “Iqtisodiyotda raqobat muhitini rivojlantirish katalizatori” sifatida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot va innovatsiyalami rag‘batlantiradi.
4. “Bozor qatnashchilari tarkibini insonparvarlashtiruvchisi” sifatida iqtisodiy globallashuvni rivojlantiradi.
5. “Moliyaviy instrumentlar va ular bilan bog’liq operatsiyalami standartlashtiruvchisi” sifatida moliyaviy globallashuv jarayonini rivojlantiradi.
6. “Iqtisodiyot subyektlarining investitsion faolligining stimulyatori” sifatida iqtisodiyotni rivojlantirish va iqtisodiy o ‘sishni ta ’minlash. Investitsion faollik moliya bozorida investorlaming haq-huquqlarining himoyalanganlik darajasi va risklar sharoitida moliyani samarali boshqarilishiga bog‘liq.
7. “Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi stixiyali jarayonlami tartibga soluvchisi” Bunday jarayonlar ma’lum indikatorlar (ko‘rsatkichlar) yordamida baholanib, ulaming kritik (chegaraviy) qiymatlarini bilgan holda m a’lum regulyativ vositalar yordamida tartiblashtiriladi.
8. “Bozor narxlari stabilizatori” sifatida bozor savdosi tendensiyalarini (dinamikasini) barqarorlashtiradi, talab va taklifiii muvozanatlashtiradi.
9. “Iqtisodiyotni tartiblashgan faoliyatini ta’minlovchi algoritmik protsessor” sifatida barcha moliyaviy munosabatlami bozor qatnashchilari tomonidan maqsadli strategik tarzda amalga oshirilishiga ko‘maklashadi.
10. “Aktivlar sekyuritizatori” sifatida samarasiz real aktivlami qimmatli qog‘ozlarga transformatsiyalab, ularga yangi hayot bag‘ishlaydi va faol investitsion jarayonga qayta kiritadi.
11. “Iqtisodiyot subyektlari informatori” sifatida ulaming risklarini pasaytirishga (yoki boshqarishga) ko'maklashadi.
12. “Innovatsion moliyaviy vositalar (mahsulotlar va operatsiyalar) sintezatori” sifatida raqobatbardoshlik va moliyaviy xavfsizlikni ta ’minlaydi.
13. “Moliyaviy vositalaming maxsus industriyasi” sifatida bozor qatnashchilari uchun moliyaviy instrumentlar bilan bog‘liq faoliyat bo‘yicha ishlab chiqarish jarayonini tashkillashtiradi.
14. “Iqtisodiyotning investitsion muhiti sifati va muammolari darajasining analizatori” (1- va 11- rollar bilan hamohang tarzda).
15. “Bozor qatnashchilariga o ‘z muammolarini anglashga, baholashga va hal qilishga ko‘maklashadigan mexanizm”
16. “Ekvivalent ko‘zgu” sifatida barcha bozor qatnashchilarining faoliyat natijalari sifatini bevosita va bilvosita aks ettiradi hamda kelajakdagi strategiyalarini maqsadli qurishga ko‘maklashadi.
17. “Spekulyativ operatsiyalar totalizatori” sifatida bozor qatnashchilarini kutiladigan, ammo riski i manfaatlar tomon chorlaydi. Bunda emitentlar qimmatli qog‘ozlari sifatini investorlaming orzuli maqsad va manfaatlarini kerakli (spekulyativ) darajada ta’minlashga majburlar, aks holda investorlardan mahrum
bo‘ladilar. Sababi, emitentlar iqtisodiy rivojlanish uchun yangi va qo‘shimcha investitsion resurlarga muhtoj, investorlar esa moliya instrumentlari bo‘yicha kam (yoki ko‘p) riskli bozor daromadiga intiladilar, chunki, aynan spekulyativ investorlar iqtisodiyotda investitsion muhitni belgilaydilar. Shunday qilib, moliya bozori spekulyativ investorlaming jon-jahd bilan faoliyatga kirishi muhitini qizdiradi, moliyaviy instrumentlami muomalaga chiqaruvchilarni esa doimiy tarzda moliyaviy barqarorlikka majbur qiladi, investitsiyalami kiritishga oid raqobatli kurashini kuchaytiradi, natijada bozor raqobati muhitini ta ’minlaydi.
18. “Moliya bozori qatnashchilarini bir butun infratuzilmaviy tizimga birlashtiruvchi” sifatida har bir qatnashchining o ‘z o'rnini, maqsad va vazifalarini, funksiyalarini, bir-biri bilan bog‘liqlikdagi tartibli faoliyatini ta’minlaydi. Moliya bozorining bir butun tizimliligi deganda uni bir-biri bilan uzviy bog‘langan unsurlardan (qatnashchilardan) iborat murakkab katta tizim (tuzilmaviy-
funksional model) sifatida tashkillashgani tushuniladi. Har bir unsur bozorda o‘ziga xos maqsadga va tegishli faoliyat turiga ega.
19. “Moliyaviy mahsulotlar (instrumentlar), resurslar va xizmatlar gipermarketi” sifatida barcha bozor qatnashchilarini ulaming tovarlarini obyektiv narxlarda almashinuvi borasida uchrashtiradi va manfaatlarini qondirish uchun kerakli sharoitlami yaratadi.
20. “Bozor muhiti” sifatida bozorda ochiq (erkin) iqtisodiyot qonun] ariningamal qilinishini, iqtisodiyotni monetizatsiyalashuvini, kapital aylanmasi va transformatsiyasini, aktivlar sekyuritizatsiyasi tamoyillarini ta ’minlaydi. Bunda har bir mamlakat bozori muhiti o‘zining quvvat potensiali miqdori doirasida aytilgan rolini bajaradi.
21. “Moliyaviy globallashtiruvchi” sifatida yuqorida keltirilgan rollar asosida milliy iqtisodiyotlar birlashuvini ta ’minlaydi, bozor qatnashchilarining xalqaro darajada faoliyat chegaralarini va ta’sirini kengaytiradi, davlatning regulyativ rolini
kamaytiradi (xalqaro regulyativ tashkilotlar evaziga), resurslar oqimini geografik kengaytirib tezlashtiradi va samaradorligini oshiradi.
22. “Moliyaviy instrumentlaming obyektiv kurslarda konvertori” sifatida valyutalami va qimmatli qog‘ozlami erkin bozor narxlarida va hajmlarida raqobatli almashinuvini ta ’minlaydi.
23. Investorlaming mablag4 lari uchun kuchli raqobatli kurash sharoitida “Investitsion loyihalar seleksiyasini va strukturaviy (tuzilmaviy) islohotlami amalga oshiruvchi mexanizm” roli. Ushbu rolning samarali bajarilishi yuqorida keltirilgan rollarga hamohang bo‘lib, davlatning monetar (asosan foiz stavkasini o‘zgartilishi) va fiskal siyosatlari bilan bogMiq iqtisodiy o‘sish modelida katta
ahamiyatga ega.
Ta’kidlash joizki, keltirilgan rollar faqat ochiq bozor iqtisodiyoti sharoitida, o ‘ta rivojlangan biznes va xususiy mulkchilik tizimida to‘liq bajarilishi mumkin. Bunday sharoit va tizimga ega bo’lmagan mamlakatlaming bozori yuqori darajada rivojlangan davlatlar bozoriga qaram bo’ladi
Moliya bozori, jumladan qimmatli qog‘ozlar bozori, faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
- barcha potensial investorlar o‘z mablag’larini foydali tarzda joylashtirishlari uchun ularga teng shart-sharoitlar yaratib berish;
- bozorda tuziladigan bitimlaming ixtiyoriyligi;
- erkin raqobat yoMidagi to ‘siqlami bartaraf etish;
- narxlami real tarkib topadigan talab va taklif asosida belgilash;
-bozor to‘g ‘risidagi qonun hujjatlariga uning barcha qatnashchilari tomonidan rioya etilishi;
— birja va birjadan tashqari operatsiyalar, kotirovkalar, emitentlaming moliyaviy holati to‘g‘risidagi axborot oshkor etilishining shartligi;
- o‘z faoliyatini qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirayotgan barcha investorlar va emitentlar uchun bozordan foydalanish mumkinligi;
Moliyaviy
-instrumentlar (qimmatli qog‘ozlar) va ulaming emitentlariga doir axborotning to‘la oshkor etilishini, oshkoralikni va bu axborotdan barcha qatnashchilar foydalana olishini ta’minlash;
-investorlar va emitentlaming manfaatlarini himoya qilish;
- bozorda tovlamachilik va boshqa noqonuniy faoliyatni taqiqlash hamda ta’qib qilish.
Moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg‘unlashtirish asosida ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |