7-mavzu. Korxonaning tashqi va ichki muhitini tahlil qilish Tashqi muhit omillari. PEST tahlili. Raqobat tushunchasi, uning shakllari va afzalliklari. Raqobat ustunlikarining tushunchasi. M. Porterning beshta raqobat kuchlari. Yangi ishtirokchilarning paydo bo‘lish xavfi. Tarmoq (bozor)ga kirishdagi to‘siqlar. Intensiv raqobatchilik xavfi. Yetkazib beruvchilar kuchi, darajani va konsentratsiyani ortishi (o‘sishi), o‘rnini bosuvchi mahsulotlar safining kamayishi. Iqtisodiy tahlilning maqsadi, vazifalari va unda qo‘llaniladigan usullar. Korxona faoliyatining SWOT – tahlil usuli. Mahsulot ishlab chiqarish xarajatlar va ularining tarkibi. Xarajatlarni kamaytirish orqali raqobat ustunlikga erishish. Qiymat zanjiri: birlamchi va ikkilamchi faoliyatlar tahlili.
III. Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar Seminar mashg‘ulotlarida talabalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlaridagi bilim va ko‘nikmalari hamda malakalarini amaliy jihatdan mustahkamlab boradilar.
Seminar mashg‘ulotlarini tashkil etish bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi. Unda darslik va uslubiy qo‘llanmalar asosida bilimlarni mustahkamlashga erishish, tarqatma materiallardan foydalanish, ilmiy maqolalar va tezislarni chop etish orqali talabalar bilimini oshirish, mavzular bo‘yicha ko‘rgazmali o‘quv vositalarni tayyorlash tavsiya etiladi.
Seminar mashg‘ulotlarning taxminiy tavsiya etiladigan mavzulari: 1. “Biznes strategiyasi” fanining predmeti va mazmuni.
2. Biznesning strategik holatlarini aniqlash.
3. Biznes g‘oya tahlilini metodik asoslari.
4. Diversifikatsiya va integratsiya.
5. Bozor ulushi va o‘sish sur’atini taqqoslash: Boston konsalting guruhi (BKG) modeli.
6. Bozorning raqobatbardoshligi va jozibadorligini taqqoslash: Mak Kinsey (GE/McKinsey) modeli.
7. Korxonaning tashqi muhitini tahlil qilish.
8. Korxonaning ichki muhitini tahlil qilish.