free — Swap va RAM xotira haqida umumiy ma’lumot olish; df — Qattiq disk(vinchester) hajmi haqida ma’lumot olish; date — Hozirgi vaqt va kunni chiqarish;
cal – Hozirgi kalendarni koʻrish. cal 2007 terib 2007 yilning kalendarini chiqarish mumkin boʻladi;
w – online boʻlib turgan foydalanuvchilarni koʻrish;
Linux operatsion tizimining asosiy buyruqlari quydagilardir :
whoami – ishlab turgan foydalanuvchi nomini koʻrish; finger user – user nomli foydalanuvchi haqida ma’lumot olish; cat /proc/cpuinfo – protsessor haqida ma’lumot olish(CPU); whereis app — app dasturi qayerda joylashganini koʻrish; cat /etc/issue – operatsion tizim versiyasini bilish; uname –r – kernel(yadro) versiyasini bilish; setup – tizimni sozlash oynasini ochish; hostname – operatsion tizim nomini bilish; df -k /home — /home katalogi hajmini koʻrish; fdisk —l – tizimdagi barcha disklarni koʻrish; ps –ef | grep user – user nomli foydalanuvchi ishga tushirgan prsesslarni koʻrish; Xulosa
Biz bu darsda Linuxning buyruqlar qatori orqali fayllarni boshqarish imkoniyatlari bilan tanishdik. Linux operatsion tizimida foydalanuvchilar buyruq kodlarini kiritish uchun Terminaldan foydalanilar ekan. Lekin kompyuter xotirasidagi axborot hajmining ortishi, o`z navbatida fayllar sonining ortishini anglatadi. Bu esa foydalanuvchi uchun fayllarni topish va boshqarishdagi qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi.
Bu holatda foydalanuvchilar GUI –foydalanuvchi grafik interfeysini afzal ko`radilar. Grafik interfeys fayllarni boshqarishdagi tezkorlik va qulaylikni ta`minlab, foydalanuvchining tizimda ishlash samaradorligini oshirar ekan. Shu qatorda LINUX operatsion tiziminin fayl va kataloglarga oid buyruqlar bilan ham tanishib chiqdik.