Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing, reklama va shu kabi xarajatlardan iborat bo’ladi.
Hozirgi zamon sarf xarajatlar g’oyasi bo’yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan resurslar o’z resurslari va jalb qilingan resurslar bo’lishi mumkin. SHunga ko’ra xarajatlar ichki va tashqi xarajatlarga bo’linadi.
Tashqi xarajatlar korxona o’zi uchun zarur resurs va xizmatlarga to’lovlarni amalga oshirishi natijasida vujudga keladigan xarajatlardir.
Korxonaning o’ziga tegishli bo’lgan resurslardan foydalanishi bilan bog’liq xarajatlar ichki xarajatlar deyiladi. Tashqi va ichki xarajatlarning yig’indisi alternativ yoki iqtisodiy xarajatlarni tashkil qiladi. Alternativ xarajatlar, firmaning resurslaridan eng yaxshi variantda foydalanishi bilan bog’liq yo’qotilgan imkoniyatlardir.
Dostları ilə paylaş: |