Blackcurse


Firmaning turli bozor sharoitidagi narx strategiyasi



Yüklə 1,01 Mb.
səhifə75/117
tarix02.01.2022
ölçüsü1,01 Mb.
#37895
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117
1-mavzu “Mikroiqtisodiyot” fanining predmeti va o’rganish uslub

2. Firmaning turli bozor sharoitidagi narx strategiyasi.
Sof monopoliya - bu bitta sotuvchi va ko’p xaridorlar qatnashgan bozor, yoki o’rnini bosadigan tovar bo’lmagan tovarni sotadigan yagona sotuvchi bo’lgan bozor vaziyati, yoki tarmoqda yagona hukmron firma bo’lib, firmaning ishlab chiqarish va sotish chegarasi tarmoq chegarasiga teng bo’lgan bozor. Sof monopoliya va raqobatlashgan bozor bir-biriga teskari bozorlar hisoblanadi.

Oligopoliya - bu bozor tizimida biror bir tovarni sotishda cheklangan firmalar hukmronlik qiladi.

Monopol raqobat bozori to’liq raqobatlashmagan bo’lib, unda qatnashadigan firmalar soni ko’p bo’lib, ularning har biri o’z tovarlari narxini ma’lum chegarada nazorat qiladi, ya’ni ular kichik bo’lsa ham monopol hokimiyatga ega.

Monopsoniya - xaridor bitta bo’lib, sotuvchilar ko’p bo’lgan bozor.

Agar bozorda monopolist- sotuvchi bilan monopolist xaridor uchrashsa, bunday holda ikki tomonlama monopoliya bo’ladi.

Firmalarning narx strategiyasi.

Narx strategiyasi , bu bozor ishtirokchilarining narx xususidagi yo’l-yo’riq va say harakatlari bo’ladi.Firmalarning ish natijasi tovarlarning sotilish narxiga bog’liq bo’lganidan narxni to’g’ri tanlash muhim vazifa hisoblanadi.Firmalarning narx strategyasi 3 maqsadni ko’zlaydi.: tovar sotishni ko’paytirish, foydani ko’proq olish, o’zining bozordagi mavjud mavqeini saqlab qolish.

Tovarni sotishni ko’paytirishda 3 narsa kutiladi:

1. Tovar sotishni ko’paytirish orqali bozorda o’z hissasini oshirish, imkoni bo’lganda bozorni o’z nazoratiga olish.

2. Tovar birligini sotishdan tushadigan foydaning kamayishiga rozi bo’lgan holda tovarlarni ko’plab sotish orqali keladigan yalpi foydani oshirish.

3. Tovarni ko’p sotish natijasida uning hajmiga nisbatan savdo sotiq xarajatlarini qisqartirish.

Bozordagi raqiblarni surib chiqarib o’z mavqeini mustahkamlash uchun firmalar maxsus narx qo’llaydilar. Uni bozorga kirib olish yoki demping narx deb atashadi. Bu narx suniy pasaytirilgan bo’lib, raqibni sindirishga qaratilganidan davlat uni taqiqlaydi, shu sababdan firmalar uni yashirin qo’llaydilar. Narxlarni pasaytirish yangi bozorni qo’lga olishga xizmat qiladi. Lekin ular ko’zda tutilgan foydani olishni ta’minlaydigan qilib belgilanadi.Bunga erishish uchun 2 usul qo’llaniladi:




Yüklə 1,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin