1-mavzu Mikroiqtisodiyot fanining predmeti va organish uslub
Bozor, uning tarkibi, vazifalari. Bozor iqtisodiyotiga xarakteristika.
Bozor - bu sotuvchilar va xaridorlar o’rtasidagi mahsulot sotish va sotib olish bo’yicha erkin munosabatlar tizimidir.
Bozor - bu birinchidan, sotuvchilar va xaridorlarni uchrashtirib turadigan joy; ular o’rtasida kelishilgan narx bo’yicha tovar almashuvi sodir bo’ladi. Bozorda sotishni amalga oshirish uchun ma’lum xarajatlar qilinadi va bu xarajatlar bozor to’g’risida axborot olish, shartnomalar tuzish, uchrashuvlar o’tkazish, sotib olinadigan tovar yoki xizmatning miqdoriy va sifat xarakteristikalarini aniqlash va boshqa turdagi xarajatlar bilan bog’liq. Bunday xarajatlar transaktsion xarajatlar bo’lgani uchun ham, bozorni transaktsiyalar majmuasi deb ham qarash mumkin. Bozorning o’ziga xos xususiyati shundan iboratki, u daromadlarni samarali faoliyat ko’rsatayotgan sub’ektlar hisobiga qayta taqsimlaydi, ya’ni zamonaviy texnologiyadan, cheklangan resurslardan samarali foydalanayotgan xo’jalik sub’ektlari hisobiga.