Simmetrik axborot bozordagi vaziyatni to’la aks ettiradi, ya’ni u to’laroq bo’ladi. Masalan, bozor signallari narxning ortib borishi haqida xabar beradi, bu bozordagi talabning oshib borishini bildiradi. Buni e’tiborga olgan firma xatardan qochish yo’lini izlaydi.
Asimmetrik axborotlashgan bozor.Asimmetrik axborot - bu shunday holatki, bozordagi bozor sub’ektlari o’rtasida bo’ladigan savdo-sotiqda ularning bir qismi kerakli, muhim axborotga ega, qolgan qismi esa ega emas.
Mahsulot sifati noaniqligi. Avtomobil va sug’urta bozoridagi asimmetrik axborot
Auktsionlar. Auktsionlar ham axborotlardagi asimmetriyani yo’qotadigan bozor hisoblanadi. Noyob san’at namunasiga, tez buziladigan mahsulotlarga (sabzavot, meva, baliq) narxlar sotish vaqtida o’rnatiladi. Auktsionlarning asosan ikki turi mavjud: Ingliz va Golland auktsionlari.