2008 yil 31 oktyabrda Satoshi Nakamoto taxallusi ostidagi foydalanuvchi bitkoin kriptovalyutasining yangi elektron pul tizimi sifatidagi tavsifini tarmoqqa joylashtirdi. Uning asosiy afzalliklari bu firibgar amaliyotlaridan himoya qilish, har qanday tashkilotlardan mustaqillik, anonym holatda foydalanish imkoniyati edi.Kriptovalyuta virtual valyutaning bir turi bo'lib, “kriptografik usullar bilan himoyalangan matematik tamoyillarga asoslangan markazlashtirilmagan konvertatsiya qilinadigan valyutani anglatadi”

Umuman olganda, kripto-valyutalar soni uch mingdan ortiq. Ular orasida eng mashhuri bitkoin bo'lib qolmoqda – u raqamli valyuta bo’lib, faqat Internetda ishlaydi. Valyuta emissiyasi dunyo bo'ylab ma'lum bir dastur yordamida millionlab kompyuterlarning ishlashi natijasida yuzaga keladi. Odatiy markazlashtirilgan ierarxiya o'rniga blokcheyn texnologiyasi qo'llaniladi, bu barcha operatsiyalar bo'yicha ma'lumotlarni bitta serverda emas, balki to'lov tizimiga ulangan kompyuterlarda saqlashni nazarda tutadi. Ushbu muqobil pul oldindan belgilangan maksimal miqdorga ega: bitkoinlar soni ma'lum bir tezlikda o'sib boradi va bu tezlik 2140 yilgacha pasayib boradi, shu bilan bitkoinlar ta'minoti 21 million tangaga etadi. Bitkoin operatsiyalari «peer-to-peer» tarmog'ida amalga oshiriladi, bu erda odamlar o'rtasidagi operatsiyalar uchun moliyaviy vositachilar talab qilinmaydi.
Dunyoda virtual valyutalar keng tarqalganiga qaramay, ushbu hodisaning huquqiy asoslari etarli darajada ishlab chiqilmagan, virtual valyutalarning tasnifi mavjud emas. Ba’zilar ularni quyidagicha tasniflashadi:- konvertatsiya qilinadigan valyutalar (Bitcoin, E-Gold, Liberty Rezerve va boshqalar), ular ma'lum birjalarda Fiat valyutasi ekvivalenti qiymatga ega bo'lib, Fiat valyutasiga va aksincha almashtirilishi mumkin;- faqat virtual sohalarda foydalanish uchun xizmat qiladigan va rasman Fiat valyutasiga almashtirib bo'lmaydigan konvertatsiya qilinmaydigan valyutalar (Q Coins).

Blockcheyn texnologiyasi – bu shakllanayotgan tranzaktsiyalar bloklaridan iborat ma'lum qoidalarga muvofiq qurilgan zanjirdir. Barcha bloklar bitta zanjirga – blokcheynga (inglizcha block – blok, chain – zanjir) bog'lanadi. Ko'pincha bloklar zanjirining nusxalari tranzaktsiyalarda qatnashadigan barcha kompyuterlarda saqlanadi. Blokcheyn reestr sifatida ishlatilishi mumkin va unga istalgan tarmoqdan foydalanuvchi kirishi mumkin.
Kriptovalyutalarning asosiy xususiyatlari ularni kalbakilashtirishning va o'g'irlash imkonsizligi, umumiy emissiya markazi yo'qligi, tashqi tartibra solish yo'qlig'i va boshqalardan iborat bo’lib, ular ishonchli, foydalanish qulay, tranzaktsiya xarajatlari minimalligi bilan ajralib turadi. Kriptovalyutalar qiymati faqatgina undan foydalanuvchilar kutadigan natijalarga bog’liq bo’lib, u ijtimoiy shartnoma shakli hisoblanadi. Shu hisobdan u an’anaviy valyuta funtsiyalarni o’zida mujassam etmaydi.