Bob. Bolalarning ravon nutqni shakllantirishda topishmoqlarning oʻrni


BOB.Bolalar nutqini rivojlantirish nazaryasi va metodikasi



Yüklə 24,56 Kb.
səhifə4/5
tarix12.05.2023
ölçüsü24,56 Kb.
#111889
1   2   3   4   5
mumtozbegim7998

2.BOB.Bolalar nutqini rivojlantirish nazaryasi va metodikasi
2.1.Ravon nuqt tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari
Maktabgacha ta'limning asosiy vazifasi bolalarni maktabda ta'lim olishga tayyorlashdan iboratdir. Ya'ni bolalar maktabgacha ta'limda aniq bilimlarnigina emas, fikrlash ko’nikmasini egallashi, tengdoshlari va kattalarning nutqlarini tushunishlari, ular bilan erkin fikr almashish, hamkorlik asosida faoliyat Korsatishi talab etiladi. Bolalarning ona tilida obrazli va mantiqiy fikrlashi, tasavvurlarini nutq orqali to’g’ri ifodalashi o’zini nazorat qilishi, boshqarishi, kuzatish, eshitish, eslab qolish, umumlashtirish, solishtirish kabi aqliy tayyorgarlikka ega bo’lishi zarur. Bu vazifani bajarishda, albatta, ona tilida nutq o’stirish fanining o’rni, ahamiyati kattadir. Chunki til kishilarning o’zaro aloqa vositasi bo'lib, u barcha kishilar uchun baravar, teng xizmat qiladi, shu bois til ijtimoiy hodisa bo'lib, jamiyat taraqqiyotidagi o’zgarishlar, yangilanishlar tilda o’z aksini topadi.
Til birliklari nutqni hosil qiladi, ya'ni har bir inson o’z fikrini boshqalarga til orqali, til birliklari orqali bayon qiladi, boshqalari fikrini til orqali egallaydi, tushunadi. Ya'ni nutq tevarak-atrofdagi voqea-hodisalar haqidagi fikr muloqazalarni boshqalarga yetkazishdir. Shuning uchun til va nutq inson hayotida muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish metodikasi fanining o'qitilishi, nutq o’stirish usullarini bilish, har bir yosh guruhda bolalar nutqini o’stirish vazifalarini to’g’ri hal etish imkonini beradi, bolalarni maktabga tayyorlash vazifasining bajarilishini ta'minlaydi. Yuqorida bayon qilingan fikrlardan shunday xulosa qilish mumkinki, o’zbek tili qadimiy til sifatida taraqqiy etgan, jamiyat taraqqiyotining barcha bosqichlarida jamiyat a'zolari uchun xizmat qilmoqda.Respublikamiz mustaqilligi o’zbek tili taraqqiyotiga ijobiy ta'sir etdi, tilimiz mustaqillikning mohiyatini ifodalash, ta'lim tizimining barcha bosqichida ona tili ta'limini takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirish ularga ona tilini amaliy o'rganish demakdir.Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida 1920 yillargacha pedagogika fani tarkibida taraqqiy etdi, so’ng mustaqil fan sifatida shakllandi.Nutq o’stirish metodikasi fani maktabgacha ta'limda bolalarni og’zaki nutqini o’stirish, tengdoshlari va kattalar bilan nutqiy muomala malakalarini shakllantirish orqali nutqda so’zdan to’g’ri va o'rinli foydalanish, ya'ni nutq va xulq egasi bo’lish kabi ma'naviy axloqiy sifatlarni, so’zlash odobini egallashni shakllantiradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida rivojlantiruvchi vazifani bajaradi. Ya'ni usulika bolalar nutqini o’stirish orqali ularning nutq a'zolarini anatomik-gimnastik mashq qildirish orqali nutqning ravon tushunarli bo’lishini ta'minlaydi: bolalar tafakkuri, aqliy faoliyatini rivojlantiradi, ularda nutq odobi, ma'naviy barkamollikni shakllantiradi. Chunki yaxshi rivojlangan nutq tushunarli ta'sirchan bo'ladi, bola o’z nutqini to’zatib boradi.
Nutq o’stirish metodikasi pedagogik fan sifatida bolalar nutqini o’stirishning pedagogik qonuniyatlari, pedagogik faoliyatning shakllanishi va talablarini o'rganadi, nutq o’stirishning eng samarali omillari, vositalarini, usul va usullarini hozirgi zamon pedagogikasining yutuqlari, ilmiy pedagogik talablari asosida ishlab chiqadi, ta'limga, fanga tavsiya etadi. Nutq o’stirish metodikasi ana shu pedagogik vazifadan kelib chiqqan holda pedagogikaning quyidagi asosiy savollariga javob beradi.Nimani o’rgatish kerak? Bunda maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda qanday nutqiy malaka va ko’nikmalarni shakllantirish lozimligini nazarda tutiladi. Bu vazifa O’zbekiston Respublikasining ta'lim mazmunini zaruriy o’zagi hisoblangan ta'lim standarti asosida amalga oshiriladi, bunda ta'limning barqaror darajasini ta'minlash sharti bajariladi. O’quv yuklamalari meyyorga keltiriladi, tarbiyachi bolalarning o’quv faoliyati darajasi, shaxs sifatlari rivojlanishi, uning nutqiy faoliyatini nazarda tutgan holda ta'lim jarayonini tashkil etadi.Qanday o'qitish kerak degan pedagogik savolga javob beradi. Buning uchun maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning nutqini o’stirish usul va usullarini qo'llash imkoniyati, o’rni, qo'llangan usullar samarasi nazarda tutiladi, usul va usullarni takomillashtirishga zamonaviy texnologiyani joriy etishga alohida diqqat qilinadi.Ta'lim to’g’risi”dagi Qonun, Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishda an'anaviy usullar bilan bir qatorda noan'anaviy, o'yin usulining qo'llanishi, mujassam mashg’ulotlarni tashkil etilishi, ayniqsa, hozirgi zamon yaxshi pedagogik texnologiyani ta'limda qo'llash kabilar bunga misol bola oladi.Nima uchun aynan shunday o'qitish kerak? savoliga usulika fani nutq o’stirishning nazariy va amaliy asoslangan omillari, vositalarini qo'llash zarurligini ifoda etadi.
Nutq o’stirish metodikasining asosiy vazifasi tarbiyachilarni maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning ilmiy pedagogik asoslangan, eng samarali natija beradigan omillari, vositalari va usullarini ishlab chiqish, tarbiyachi, pedagog, ota-onalarni nutq o’stirish usullari haqidagi bilimlar bilan qurollantirish, eng qulay usullardan foydalanish, nutq o’stirish mashg’ulotlarini tashkil etish samaradorligini oshirishga doir bilimlar bilan qurollantirishdan iboratdir.
Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarin ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulolohik asosi bolgan pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya va milliy mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi. Shuningdek, nutq o’stirish metodikasi maktabgacha ta'limda nutq o’stirishni tashkil etishda ilg’or pedagoglarning amaliy tajribalari, tajriba-sinov natijalari, ilmiy- usulik adabiyotlarda tavsiya etilgan fikr- muloqazalarga asoslanadi natijada yaxshi vazifalarni, muammolarni va tavsiyalarni chuqur talqin etadi, eng maqbo'lini ta'limga joriy etadi.
Maktabgacha ta’limda Bolalarning nutqini o’stirishfanining vazifalari quyidagilardan iborat:

  1. Bolalar boglanishli nutqini o’stirish

  2. Bolalar lug’atini boyitish.

  3. Nutqning grammatik tomonini tarbiyalash, so’zlarning gapda o’zaro birikishi va gap hosil qilish uchun zarur bo'lgan turli grammatik shakllar, qo'shimcgalardan foydalanishni o’rgatish.

  4. Nutqning tovush tomonini tarbiyalash, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda nutq tovushlarini to’g’ri talaffuz qilish, ovoz-oqangni tushunish, nutqiy nafas olishni to’g’ri bajarishni shakllantirish.

  5. Maktabgacha ta'limda bolalarning nutqni tushunish, tinglash malakalarini shakllantirish, kattalarga nutq orqali murojaat qilish, diologik va monologik nutqini o’stirish, hikoya tuzishga o’rgatish.

  6. Badiiy adabiyot bilan tanishtirish, badiiy asarlar, ertak, hikoyalarni o'rganish, kitobga bo'lgan muhabbatni shakllantirish, asar mazmunini tushunish, obrazlar xususiyati, nutqini ajrata bilishga o’rgatish.

Nutq o’stirish metodikasining maqsad vazifalari. Nutq o’stirish metodikasining fan sifatida taraqqiy etishi, pedagogik fan ekanligi.

  1. Maktabgacha ta'limda bog'lanishli nutq o’stirish metodikasi.

  2. Bolalar so’z boyligini oshirish metodikasi.

  3. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini grammatik jihatdan to’g’ri shakllantirish metodikasi.

  4. Maktabgacha ta'lim ishidagi bolalarda nutqning tovush tomonini shakllantirish metodikasi

  5. Maktabgacha ta'limda badiiy adabiyot bilan tanishtirish metodikasi.

  6. Bolalarni maktabga tayyorlashga doir ishlar metodikasi.

  7. Maktabgacha ta'limda nutq o’stirish ishlarini tashkil etish va unga rahbarlik qilish.

  8. Nutq o’stirishning asosiy vazifalarini aniqlash, uning mazmunini to'liq belgilash, nutq o’stirish ishlarini tashkil etishni yengillashtiradi, bolalar nutqini o’stirishning samarali bo’lishini ta'minlaydi, chunki cginakam oqilona ta'lim bola ongini ham, xulqini ham o’zgartiradi.

  9. Prezidentimiz so’zlari bilan aytganda: “Ta'lim-tarbiya ong mahsuli, ongni, tafakkurni o’zgartirmasdan turib ozod va obod jamiyatni barpo etib bo'lmaydi”

  10. Chunki bugungi xalqaro hayot, jamiyat taraqqiyotida har qanday salbiy faoliyat va muammolarni bartaraf etishda intellektual saloqiyat, aql-idrok, fikr, ilg’or texnologiyalar hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, “Kuch-bilim va tafakkurda” (I.A.Karimov).

  11. Maktabgacha ta'limda bolalar nutqini o’stirishga doir barcha ishlar biz orzu etgan barkamol avlodni, komil insonni shakllantirishga qaratilishi lozim.

2.2.Mantiqiy topishmoqlar orqali bolaning lugʻat boyligini oshirish
Topishmoqlar hajmi va shakliga ko‘ra maqollarga o‘xshaydi. Ba’zan mazmuniga ko‘ra ham yaqinlik seziladi. Ammo yaratilish maqsadi boshqa hisoblanadi. Janrning nomlanishiga e’tibor bering. “Top” so‘zining talaffuz etilishidanoq o‘yla, axtar, solishtir, izla ma’nolari yetakchilik qiladi. Unga “ish” qo‘shimchasi qo‘shilganda, vazifa aniqlashadi: “-moq” harakat nomi qo‘shimchasidan keyin “qo‘lingdan kelsa”, “eplasang”, “uddalay olsang” tushunchalari ifodalanadi. Topishmoqlarning quyidagi janr xususiyatlari bor:
1. Hajm jihatdan qisqa va ixcham.
2. Shaklan she’riy, nasriy ko‘rinishga ega.
3. Yaratilish maqsadida matnda yashiringan narsani topish vazifasi qo‘yiladi.
4. Mazmunida hayvonot, o‘simlik, koinot, maishiy hayotdagi narsalarning xususiyatlari yashirin tarzda ifodalanadi, uni topishga da’vat etiladi.
5. Topilishi lozim bo‘lgan narsa, ko‘pincha, bitta, ba’zan ikki va undan ortiq miqdorga ega bo‘ladi.
6. Topishmoqlarda qo‘llangan asosiy badiiy san’at istiora (metafora) hisoblanadi.
Topishmoqlarda topilishi lozim bo‘lgan narsaning shakli, hajmi, rangi, vazifasi va shu kabi xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, ammo bu belgilar istiora san’atidan foydalanilgan holda boshqa narsa bilan bog‘lanadi. Masalan:Qopcha,Qopcha ichida uncha,Uncha ichida ustuncha.Bu mantda yashiringan narsaning uchta belgisi uchta istiora vositasida berilgan. Demak, uning shakli qopga, ichidagi qismi unga o‘xshatilmoqda. Faqat un o‘rtasida ustuni ham bor ekan. Topishmoqni topayotgan odam matnda jiyda haqida gap ketayotganini topsa, fikriy musobaqada yenggan bo‘ladi. Ko‘pincha, yashiringan narsaning faqat ko‘rinishi, xususiyatlari haqida ma’lumot beriladi, lekin hech narsaning nomi qayd etilmaydi. Bunday vaziyatlarda izlovchi shaxs faqat o‘zi bilgan narsalarga xos belgilarni eslab yechimni topishi mumkin.Bu topishmoqda “alomat”, “qiyomat”, “salomat” so‘zlari asosan qofiya hosil qilish uchun keltirilganini bilishimiz kerak. Endi yashiringan narsaning og‘zi borligiga, bu og‘izning ko‘rinishi ola ekaniga, ichi qizilligiga, uning ichida suv sepiladigan narsa bo‘lishiga diqqat qilamiz. Suv sepsagu u narsa quruq chiqsa, demak “qizil qiyomat” olov bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng nimaning ichida olov bo‘lishini esga olamiz. Va yashiringan narsa tandir ekanini topamiz. Ammo baribir topishmoqning javobini topish oson emas. Topishmoqni topish uchun uning yaratilishida muallif bo‘lgan noma’lum shaxsdek fikr yuritish usulini izlash kerak. Agar har bir topishmoqning zaminida muayyan fikriy kashfiyot yotishini nazarda tutsak, uni topadigan shaxs ham aynan shu yangilikni boshqa yo‘l bilan kashf qilishi kerak bo‘ladi. Binobarin, u ham muallif hayot tajribasiga, kuzatish nuqtai nazariga, fikr yuritish yo‘nalishiga ega bo‘lishi lozimligi sabab juda murakkab tarzda mulohaza yuritish jarayonini boshidan kechiradi.
Topishmoqlardagi savollar tizimi xususiyatlarni sanash tarzda amalga oshirilar ekan, hayratomuz qarama-qarshi mulohazalarga duch kelamiz. Masalan: “Qo‘lsiz, oyoqsiz eshik ochar”, “U yoqqa o‘tdim – bildingmi, Bu yoqqa o‘tdim – bildingmi, Oq quvrayning boshini, chertib o‘tdim – bildingmi?” topishmoqlarida hayron qolishga majbur qiladigan muammolar juda ko‘pga o‘xshaydi. Xususan, bizni qanday qilib qo‘l bo‘lmasa, oyoq bo‘lmasa eshik ochish mumkin, axir eshik o‘zi nima bilan ochiladi? – degan savol o‘ylantiradi. Ikkinchi namunada esa nahotki u yoqdan bu yoqqa o‘tgan narsani men sezmasligim mumkin? U narsaga oq quvray – cho‘l-dashtda o‘sadigan yovvoyi o‘tning nima aloqasi bor? Yoki nega chertadi, uzmaydi yoki boshqa narsa qilmaydi, - degan savollar qiynaydi. Bu savollarga javob topish uchun biz savol bergan odamning fikr yuritish usulidan foydalanishimiz lozim bo‘ladi. Shundagina har ikki savolning javobi shamol ekanini topamiz. Ammo masalaning og‘irligi shundaki, ba’zi topishmoqlarda bayon qilingan ta’rifdan foydalanib qanday yo‘nalishda mulohaza yuritish lozimligini aniqlay olmaymiz. Keyin raqamlarni qo‘shib biror natijaga erishmoqchi bo‘lamiz. Aslini olganda esa, muammo oyni aniqlash bilan yechiladi. Ya’ni quyon bir yarim, tulki uch, sigir to‘qqiz, echki besh, tuya o‘n ikki, yilqi o‘n oyda tug‘adi. Biz chorva, mol boqish bilan shug‘ullangan bo‘lsak, topishmoqni topish osonroq kechadi. Juda bo‘lmaganda qayd qilingan hayvonlarning necha oyda tug‘ishini bilib olamiz.
Topishmoqning paydo bo‘lishi haqida folklorshunoslikda aniq daliliy ma’lumotlar yo‘q. Ayrim olimlar uning qadimiy ekanini qayd qiladilar. Ammo maqollar namunalari ko‘plab keltirilgan “Devonu lug‘otit turk” asarida topishmoq matni uchramaydi. “Tabzug‘” so‘zi topishmoq ma’nosini ifodalashi aytiladi xolos. Topishmoq hajman, shaklan maqolga o‘xshaganligi uchun bu ikki janrning vujudga kelish vaqti ham bir xil bo‘lishi kerak, degan taxmin bildirilgan. Biz ham shu fikrga qo‘shilamiz. Ayni choqda quyidagi ikki holatga diqqatingizni qaratmoqchimiz.
1. Ayoz ertagida Ayoz bir cholni yo‘lda uchratib:
- Ota, uzoq yo‘lni yaqin qilib ketaylik, - deydi. Bir ozdan keyin:
- Ota, ot bo‘lmasa ham toy minib ketaylik, - deydi. Ammo bu safar ham chol indamaydi. Cholning qizi keyinroq otasiga Ayozning avval gaplashib ketaylik deganini, keyingi murojaatida cholga hassa yasab bermoqchi bo‘lganini tushuntiradi.
Qiz otasiga ikki pul berib uch xil yeydigan narsa olib kelishini iltimos qiladi. Arzimagan pulga uch xil yeydigan ovqatni yana Ayoz topib beradi. Bu narsa handalak bo‘lib chiqadi. Handalakning etini qiz bilan chol, po‘chog‘ini echki, urug‘ini tovuq yeydi.
Qiz qo‘shni kampirdan chuchvarani zich joylab, ustiga yog‘ quyib, patir bilan yopib Ayozga olib borib berishni iltimos qiladi. Shunda kampir Ayozga: “Havo qorong‘i, yulduz zich, oy butun”, - deyishi kerak edi. Ammo kampir yo‘lda chuchvara va patirdan yeydi, yog‘dan ichadi, ammo qiz buyurgan gapni aniq aytadi. Yuborilgan narsalarni yegan Ayoz kampirga: “Havo yorug‘, yulduzlar siyrak, oy yarimta”, - ekan deng, - deydi. Ayozning javobidan qiz yo‘lda kampirning dasturxondagi narsalardan yeganini anglaydi .
2. “Oychinor” dostonida yosh Oychinorga uylanmoqchi bo‘lgan Nazarboydan qiz qalin evaziga “O‘nta qo‘zi, yigirmata bo‘ri, o‘ttizta arslon, qirqta qoplon, ellikta ayg‘ir, oltmish beshta axta, saksonta sarka, to‘qsonta taxta...” talab qiladi. Bo‘ri, arslon, qoplonni topishga qurbi yetmagan boy doston qahramonlaridan biri – Boburdan yordam so‘raydi. Nazarboy Boburga bir beva xotinga uylanmoqchi ekanini aytadi. Shunda Bobur boyning gaplarini mulohaza qilib, unga yolg‘on gapirganini, uylanmoqchi bo‘lgan ayoli beva emas, qiz ekanini aytadi. O‘z fikrini isbotlash uchun yigit o‘n yoshida qo‘ziday, yigirmada bo‘riday, o‘ttizida arslonday, qirqda qoplonday, elligida ayg‘irday, oltmish beshda axtaday, saksonida sarkaday, to‘qsonida taxtaday bo‘lishini misollar bilan isbotlaydi. Shundan keyin Nazarboy cholligini ham, qiz bola Oychinorga uylanmoqchi bo‘lganini ham tan oladi .Yuqoridagi ikki misol topishmoqlarning paydo bo‘lishi haqidagi taxminlarga ma’lum darajada aniqlik kiritadi. Aytmoqchimizki, topishmoqlar dastlab ertak, doston yoki yana qaysidir janrlar tarkibida vujudga kelgan. Keyinroq ana shu janr tarkibidan ajralib chiqib, alohida – mustaqil asarlar sifatida xalq og‘zaki ijodidan o‘rin olgan.Matnlardagi istiora san’ati qo‘llangan toy, oy, yulduz, qo‘zi, bo‘ri, qoplon kabilar jumboqli muammoni yechuvchi vosita sifatida foydalanilgan. Muhimi shundaki, ertak va dostondagi topishmoqnamo fikrlar keyinchalik topishmoqlar alohida janr bo‘lib yashay boshlaganda ham ularning yaratilishida asos vazifasini bajargan. Xususan, biron topishmoqning yaratilishi uchun topilishi lozim bo‘lgan narsa – predmetlarning xususiyatlari yetakchi ma’lumot beruvchi omil bo‘lgan.Topishmoqlarning yaratilishida topilishi lozim bo‘lgan narsa bir qator xususiyatlari bilan boshqa narsaga o‘xshatiladi.

Xulosa
Ravon nutq tushunchasi va uni rivojlantirish vazifalari. Ravon nutq – bu kishilarning muloqotini va o‘zaro bir-birlarini tushunishlarini ta’minlovchi mazmunan keng yoyilgan fikrdir. Ravon nutqni fikrlar dunyosidan ajratib bo‘lmaydi: ravon nutq bu fikrlar ravonligidir, unda bolaning mantiqiy fikrlash, o‘zi qabul qilayotganlarini mulohaza qilish va ularni to‘g’ri ifodalash qobiliyati aks etadi. Ravon nutqni shakllantirish, uning vazifasini o‘zgartirish murakkablashib borayotgan bola faoliyati oqibati bo‘lib, u bolaning atrofdagilar bilan muloqotga kirishish sharoiti, muloqot shakliga bog’liq bo‘ladi. Maktabgacha yoshda u muloqot va ta’lim jarayonida shakllanadi. Ravon nutqning shakllanishi ilk yoshdan boshlab asta-sekin ro‘y beradi. Bolalar hayotining dastlabki yetti yilida atrofdagi kishilar bilan muloqot vositasi sifatida nutqning paydo bo‘lishi va uni rivojlantirish jarayoniga alohida e’tibor qaratish zarur. Har bir kishi hayotida ravon nutq muhim ahamiyatga ega bo‘lib, u uchta asosiy vazifani bajaradi: individuallararo, ichki individual va umuminsoniy. Nutq o’stirish metodikasining mazmuni maktabgacha ta'limda bolalar og’zaki nutqini o’stirish, bolalarda kattalar, tengdoshlari bilan nutqiy muloqot, muomala qilishni bilishga o’rgatishdir. Maktabgacha ta'lim davrida bolalar 2-3 ming so’z boyligiga ega bo’lish va undan foydalanish, eshitganlarini aytib berish, ko'rganini gapirib berish, suratlarga qarab mazmun bo'yicha hikoya tuzish va uni aytib berish, asosiy tayanch so’zlar yordamida hikoya tuzishga o’rgatiladi. Shuningdek, nutqning ifodaliligi, nutq tovushlarini to’g’ri, aniq talaffuz etish, tilning grammatik shakllaridan nutqda to’g’ri foydalanish, badiiy asarni tinglash, tushunish, mazmunni eslab qolish va so’zlab berish, asar qahramonlari nutqi xususiyatlarin ajrata bilish, obrazli bayon etish kabi amaliy intellektga ega bo’lishni rivojlantiradi, maktabga nutqiy jihatdan tayyorlaydi.Bu vazifalarni bajarishda nutq o’stirish metodikasi o’zining usulolohik asosi bolgan pedagogika fani yutuqlariga, g’oyaviy-nazariy asosi bo'lgan milliy g’oya va milliy mafko'ramiz tamoyillariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga asoslanadi.



Yüklə 24,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin