Syujetli-rolli o’yinlar mazmunining o’ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan hisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin,
D.V. Mendjeritskiy, P.E.Samorukova va boshqalarning fikricha, ijodiy–rolli o’yinlar kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang hatti-harakatlari, ko’rinishlari
bolalar o’yinlarining asosiy mazmuni bo’lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turidir.
Bola 3 yoshga qadam qo’yganda jismoniy o’sishi bir qadar sekinlashadi. Bu davrda uning og’irligi 14-15 kg, bo’yi 90-95 sm ga yetadi. Bola jismonan ancha chiniqib, asab tizimi taraqqiy etadi. Tayanch harakat organlari takomillashib boradi. 3 yoshli bolalar qisqa muddat davomida o’z hatti-harakatlarini idora qilish ko’nikmasiga ega bo’ladilar. Ulardagi mustaqillik ortib boradi, hissiyot hamda sensor idroki rivojlanib boradi. Jamoa bo’lib o’ynash ko’nikmalari shakllanadi. O’yin asosida amalga oshiriladigan mehnat faoliyatini farqlash imkoniyati
kengayadi. Tasviriy faoliyat hamda qurish-yasash faoliyatining dastlabki ko’rinishlari namoyon bo’ladi.
3 yoshli bolalarning diqqati qisman markazlashadi, xotirasi mustahkamlanib boradi, moddiy borliqni idrok etish jarayoni boshlanadi, faraz qilish imkoniyatlari vujudga keladi. Bunda o’yin faoliyati yetakchi rol o’ynaydi.
Ijodiy o’yin faoliyatida asosiy komponent bo’lib, u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini o’z ichiga oladi. Syujetli-rolli o’yinlar o’z mazmun va mohiyatiga ko’ra jamoa o’yini bo’lib hisoblansada, yakka holda o’ynalmaydi, degan fikrni keltirib chikarmasligi kerak. Syujetli-rolli o’yinlar bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy rivojlanishlarida muhim ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.
Dostları ilə paylaş: |