Bob. Ishchi kuchi bandligi to‘g‘risidagi turli XIL nazariyalar sharhi


–chizma. Real mahsulot о‘sishini aniqlab beruvchi omillar



Yüklə 252,47 Kb.
səhifə6/12
tarix24.12.2023
ölçüsü252,47 Kb.
#191325
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Курс иши намуна 2

1–chizma. Real mahsulot о‘sishini aniqlab beruvchi omillar.
4-chizmadan kо‘rinadiki, real mahsulot ikki asosiy usulda kо‘paytirilishi mumkin:
1) resurslarning kо‘proq hajmini jalb etilishi;
2) ulardan ancha unumli foydalanish yо‘li bilan.
Respublika oldida texnika taraqqiyoti sohasidagi asosiy vazifa ishlab chiqarishga yangi texnika va texnologiyani qо‘llash, ishlab chiqarishni tashkil qilish va boshqarishning yangi usul va shakllarini joriy qilish hisoblanadi.
Mehnat unumdorligining о‘sishini aniqlab beruvchi asosiy omil har bir ishlovchiga tо‘g‘ri keluvchi asosiy kapital hajmi hisoblanadi. Ma’lum vaqt ichida, kapitalning hajmi mutloq kо‘payishi mumkin, ammo ishchi kuchi soni tezroq о‘ssa, mehnat unumdorligi pasayadi, chunki har bir ishchining asosiy kapital bilan qurollanganlik darajasi kamayadi.
Ta’lim va malakali tayyorgarlik mehnat unumdorligini oshiradi va natijada ancha yuqori ish haqiga ega bо‘lish imkoniyatini beradi. Inson kapitaliga investitsiyalar qо‘yish mehnat unumdorligini oshirishning muhim vositasi hisoblanadi. О‘z-о‘zidan aniqki, ishchi kuchi sifatining eng oddiy kо‘rsatkichi ta’lim darajasi hisoblanadi. Hozirgi davrda respublikamiz iqtisodiyotida band bо‘lganlarning 30%ga yaqini oliy va о‘rta maxsus ma’lumotga ega. Lekin oliy va yoki о‘rta maxsus ma’lumotga ega bо‘lganlar, aniq sohalardagi bilimlari darajasi bо‘yicha boshqa rivojlangan mamlakatlardagi ishchilardan ancha orqada va kо‘pchiligi о‘z mutaxassisligi bо‘yicha faoliyat turida band emas. Shu sababli keyingi yillarda respublikamizda maktab, oliy va о‘rta maxsus bilim yurtlarida ta’lim berishning progressiv tizimlari joriy qilinmoqda, kasb-hunar kollejlarini rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Kadrlar tayyorlashning milliy dasturida qо‘yilgan vazifalarni amalga oshirishda ham ijobiy natijalarga erishilmoqda.
Amaliy hayotda iqtisodiy о‘sishni susaytirib turuvchi omillar ham mavjud bо‘ladiki, ular mehnat muhofazasi, atrof muhitning ifloslanishi kabi holatlar natijasida kelib chiqadi. Keyingi yillarda respublikamizda davlat tomonidan atrof-muhit ifloslanishining oldini olish, xodimlar mehnat sharoitini yaxshilash va sog‘lig‘ini muhofaza qilishni tartibga solishda muhim tadbirlar amalga oshirildi. Bu о‘z navbatida iqtisodiy о‘sish sur’atiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Chunki bunday tadbirlarni amalga oshirish tegishli xarajatlarni taqozo qiladi. Shu orqali mehnat unumdorligini oshirish uchun zarur bо‘lgan mablag‘lar boshqa tomonga jalb qilinadi.

Yüklə 252,47 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin