Bob. Trigonometrik tenglama va tengsizliklarni o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy asoslari



Yüklə 392,5 Kb.
səhifə1/5
tarix30.03.2023
ölçüsü392,5 Kb.
#91429
  1   2   3   4   5
Trigonometrik tenglama va tengsizliklarni o’qitishda interf



Mundarija
Kirish

  1. BOB. Trigonometrik tenglama va tengsizliklarni o’qitishda interfaol metodlardan foydalanishning nazariy asoslari

  1. Interfaol metodlaming mazmuni va mohiyati

  2. “Bilaman. Bilishni xohlayman. Bilib oldim” metodi

  3. “Ven diagrammasi” strategiyasi (metodi)

  4. “Fikrlarning shiddatli hujumi” metodi

  5. 6x6x6” metodi

  6. “Klaster” metodi

  7. “Qora quti” metodi

  8. “Fikriy hujum” metodi

  9. “Yalpi fikriy hujum” metodi

  10. “Zig - zag” strategiyasi (metodi)

II.BOB. Trigonometrik tengsizlikni yechishning ba’zi usllari interfaol metodlar asosida o’qitish metodikasi

  1. “Trigonometrik tenglamalarni yechish usullari” mavzusidagi mashg’ulotning ishlanmasi va teхnologik xaritasi

  2. “Trigonometrik tengsizliklarni yechish usullari” mavzusidagi mashg’ulotning ishlanmasi va texnologik xaritasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royхati
Kirish
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasining “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” asosida ta’lim islohotini to’la amalga oshirish uchun qator ishlarni amalga oshirish zarurligi alohida ta’kidlangan. Shuningdek, fan asoslarini o’qitilishini izchillik bilan chuqurlashtirish, yangi texnologiyalar to’g’risida asosiy tasavvurlarni, zamonaviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik bilimlarni berish, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limning darajasini fan-texnika va ma’naviy taraqqiyot talablariga doim muvofiq bo’lishini ta’minlash eng dolzarb vazifalardan qilib qo’yildi. Bu esa o’z navbatida matematika ta’limning mazmuni nimalardan iboratligini to’la aniqlashtirib olish va o’rta maxsus ta’lim tizimida boshqa fan asoslari bilan qanday munosabatda ekanligini aniqlashni taqazo etadi .
O’quvchilarning amaliy tayyorgarligi ishlab chiqarishning texnologiyasi haqidagi eng umumiy qonuniyatlarini bilishda namoyon bo’ladi. Shu bilimlar asosida o’quvchilarda ishlab chiqarish jarayonida zarur bo’ladigan umumlashgan ko’nikmalar tiklanadi.
Maktab matematikasi kursida algebra va matematik analiz elementlari bugungi kunda yetakchi yo’nalishlardan bo’lib u algebrani va keyinchalik algebra va matematik analiz asoslarini o’qitishda asosiy rol o’ynaydi.
Matematikani kasbga yo’naltirib o’qitishni izchillik bilan chuqurlashtirish, yangi texnologiyalar to’g’risida asosiy tasavvurlarni, zamonaviy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik bilimlarni berish, umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’limning darajasini fan-texnika va ma’naviy taraqqiyot talablariga muvofiq bo’lishini ta’minlash asosiy vazifa qilib qo’yilmoqda.
O’quvchilarning matematikadan egallagan bilimlarini amaliyotda va boshqa fanlarni o’qitishda qo’llay olish o’rta ta’lim muassasalarida matematika o’qitishning asosiy maqsadlaridan biridir. Dars samaradorligini oshirishda o’quvchilarning matematikani o’rganishga qiziqishlarini shakllantirish va rivojlantirishda interfaol metodlardan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Shuning uchun biz bitiruv malakaviy ishimiz mavzusini “Maktab larida
trigonometrik tenglama va tengsizliklarni interfaol metodlar asosida o’qitish metodikasi” tarzida tanladik.
Kurs ishining maqsadi: Maktab matematikasi kursida trigonometrik tenglama va tengsizliklarni interfaol metodlar asosida o’qitish metodikasini shakllantirishdan iborat.
Kurs ishining ob’ekti: Maktab matematika kursini trigonometriya bo’limini o’qitish jarayoni.
Kurs ishining predmeti: Maktab matematikasi kursida trigonometrik tenglama va tengsizliklarni o’qitishning maqsadi, mazmuni, metodlari, vositalari va shakllaridan iborat.

Yüklə 392,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin