Bobur g`azallarida qofiya tizimi



Yüklə 31,92 Kb.
səhifə3/3
tarix22.05.2023
ölçüsü31,92 Kb.
#119505
1   2   3
Bobur g`azallarida qofiya tizimi

Muassas qofiya. Ta'sisli qofiya ham deb ataladi. Bunday qofiya turida cho'ziq “o” unlisi bilan raviy o'rtasida bir undosh va undan keyin bir unli keladi. Muassas qofiya ham Bobur ijodida eng kam qo'llangan tur bo'lib hisoblanadi. Birgina 53-g'azali muassasdir.

Ne fikrekim, sening fikring emas ul fikr erur botil,


Ne umrekim, o'tar sensiz,erur ul umr behosil.

Baytda “botil”, “behosil” so'zlari qofiyadosh bo'lib kelgan. “L” undoshi raviy va raviy bilan cho'ziq “o” unlisi o'rtasida bir undosh “t” va bir unli “I” qatnashgan.


Ushbu g'azal ham hazaji musammani solim vaznida bo'lib, qofiya talabi bilan ushbu vazn qo'llangan.
Radif misra oxirida qofiyadan so‘ng takrorlanib keluvchi so‘z yoki so‘z birikmalaridir. Radif g‘azalning musiqiyligini ta‘minlab beradi.

Kimki bo‘lg‘ay sen kibi olamda dildori oning


Har qayon azm aylasa bo‘lg‘ay xudo yori oning.
Ushbu baytda “oning” so‘zi misra oxirida takrorlanib radifni yuzaga keltirgan. Ba‘zan bir nechta so‘zlar bilan ham ifodalanishi mumkin.
Masalan:

Shohi Sulton Uvays ban Mahmud.


Mohi Sulton Uvays ban Mahmud.

Ushbu baytda “Shohi Sulton Uvays ban Mahmud” birikmasi radif bo‘lib kelgan.


Bobur g'azallaring deyarli teng yarmi miqdorini radifli g'azallar tashkil etadi. Qolgan qismi esa radifsiz g‘azallar hisoblanib, bunday g‘azalning bor “yuki” qofiyaga tushadi.

Shohi gul nastarin yodi berur bo‘yidin,


Atrni mushki Xo‘tan kasb qilur mo‘yidin.

Quyidagi jadvalda Bobur g'azallarida keltirilgan qofiya turlari hamda radifli va radifsiz g'azallar miqdorini raqamlar kesimida ko'rib chiqishimiz mumkin:





Murdaf

59

Mujarrad

58

Muqayyad

1

Muassas

1

Radifli

60

Radifsiz

59

Xulosa qilib aytganda, Bobur olim sifatidagi qarashlarini amaliyotda, ijodda ham yetarlicha ko‘rsatib bera olganligi uning serqirraligidan dalolat beradi.



Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Hojiahmedov A. She‘riy san‘atlar va mumtoz qofiya. - T.: Sharq, 1998. 160b;

  2. Z.M. Bobur. -T.:Sharq, 1996

  3. Hojiahmedov A. Mumtoz badiiyat malohati. - T.: Sharq, 1999.

  4. D. Yusupova. Navoiyshunoslik. - T.: Tamaddun, 2018. 86 b;


Yüklə 31,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin