Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati



Yüklə 96,5 Kb.
səhifə1/14
tarix22.12.2023
ölçüsü96,5 Kb.
#189263
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bogcha yoshidagi bolalarning kattalar mehnatiga munosabati (1)



TURAN INTINATIONAL UNIVERSITY

KXTA 22- BU talabasi

Qodirov Avazbek
Bolalar psixologiyasi fanidan
MUSTAQIL
TA'LIM ISHI
BOGCHA YOSHIDAGI BOLALARNING KATTALAR MEHNATIGA MUNOSABATI
Bola o‘yinda amaliy ehtiyojlarga g‘aram bo‘lmaydi. Bunda u o‘zining bevosita ehtiyoj va qiziqishlaridan kelib chig‘adi. Bolalarning o‘yinlari o‘zining rang – barangligi bilan ajralib turadi. o‘yin o‘z mazmuni va tashkil etilishiga ko‘ra, bolalarga ta’sir ko‘rsatish darajasi, buyumlarning turlari va kelib chig‘ishiga ko‘ra ijodiy va qoidali o‘yinlarga bo‘linadi.
Ijodiy o‘yinlar bu bolalarning mo`sraqil ijodiy, o‘zlari o‘ylab chig‘qan o‘yin majmuidir. Bunda bolalar o‘z taassurotlari, borlig‘ hayotdagi tushunchalari va unga bo‘lgan o‘z munosabatlarini aks ettiradilar. Ijodiy o‘yinlar quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
- syujetli-rolli;
- dramalashtirilgan;
- qurilish;
- tabiat materiallari bilan o‘ynaladigan o‘yinlar.
Ijodiy o‘yinlar va ularga rahbarlik. Ijodiy o‘yinlar boshqa tur o‘yinlardan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi:
1. o‘yin mazmunining o‘ziga xosligi.
2. Rollarning mavjudligi.
3. Xayoliy vaziyatning mavjudligi.
O‘yin mazmunining o‘ziga xosligi uning eng muhim xususiyatlaridan biridir. Pedagog va psixologlarning tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki, kattalarning ijtimoiy hayoti o‘zining rang-barang ko‘rinishlari bilan syujetli-rolli o‘yinlarning mazmuni bo‘lib xizmat qilar ekan. Ular bolalar kattalar ijtimoiy hayotining namunasini oladigan faoliyat turi o‘yin ekanligini asoslab berdilar.
Ijodiy o‘yinlar syujetlari va mazmunining rang-barangligi, ularni tavsiflash zaruratini keltirib chiqaradi. Syujet o‘yin faoliyati tizimida asosiy komponent sifatida o‘z ichiga personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini oladi. Ijodiy o‘yinlarda xayoliy vaziyatning mavjud bo‘lishi bolaning tafakko`rini o‘stirib syujet va rollar o‘yin mazmunini takomillashtiradi. Ijodiy syujetli-rolli o‘yinlarning o‘ziga xos sabablari mavjuddir. Buning eng asosiy sababi – bolalarning kattalar bilan birgalikda ijtimoiy hayot kechirishga intilishidir. Bu sabablar bolaning yoshiga qarab, o‘yin mazmuniga qarab o‘zgarib boradi. Kichiq yoshdagi bolalarda asosiy sabab buyumlar bilan bajariladigan g‘izig‘arli harakatlar bo‘lsa, bola katta bo‘lgan sari o‘yindagi kattalar harakatlarini va munosabatlarini qayta aks ettirish asosiy sabab bo‘lib xizmat qiladi. SHunga ko‘ra, o‘yinlarni syujeti, mazmuniga ko‘ra 3 guruhga bo‘lish mumkin.
1. Maishiy o‘yinlar (oila, bolalar maktabgacha ta’lim muassasasisi va boshqa voqelikni aks ettiradigan).
2. Mehnat mavzuidagi o‘yinlar (oila va kattalar mehnatida ishtirok etish, o‘z-o‘ziga xizmat va boshg‘.).
3. Ijtimoiy mavzudagi o‘yinlar.
Bolalar rollarni tanlab o‘ynaydilar. Syujetli-rolli o‘yinlarda xatti-harakatlarni, qoidalarni egallash asosida, rolda mujassamlashtirilgan ahloqiy qoidalar ham o‘zlashtiriladi. o‘yinda kishilar turmushiga, ishlariga, jamiyatdagi xulg‘-atvor me’yor va qoidalariga ijobiy munosabat shakllantiriladi. Xuddi shu jarayonda o‘yin muomala madaniyatini shakllantirish vositasi sifatida ham yuzaga keladi. Aqliy tarbiyaning asosiy vositalaridan biri bu syujetli o‘yin hisoblanib, unda bola atrof-muhitdagi voqea va hodisalarni aks ettirib, xayolan ularni qayta tiklaydi. o‘yinning xayoliy vaziyati bolaning aqliy faoliyatining rivojlanishiga doimo ta’sir ko‘rsatadi.
D.B.Elkonin syujetli-rolli o‘yinni birgalikda o‘ynaladigan o‘yinda tasvirlanayotgan voqealarga, harakatlarga, buyumlarga nisbatan o‘z nug‘tai nazarini boshqalar nug‘tai nazari bilan jamlash masalasi shakllanishi natijasida yalpi tafakkur bosqichiga o‘tishga imkon beruvchi bilishga oid jarayon yuz berishini ta’kidlab o‘tgan.
O‘yinning san’atga yaqinligi syujetli-rolli o‘yinlardan estetik tarbiyada foydalanish imkonini yaratadi. Bola o‘yinidagi ijodkorlik bilan boG‘lig‘ bo‘lgan tuyg‘ular estetik tuyg‘ularga yaqin turadi. o‘yinda bolaning katta harakat tajribasi shakllanadi. Turli harakatlarni rivojlantirish va takomillashtirish uchun g‘ulay sharoit yaratiladi, bola rolga kiradi, o‘z roliga oid xatti-harakatlarni amalga oshirish uchun tasvirlayotgan rollarning o‘ziga xos xususiyatlarini ongli ravishda ifodalaydi.

Yüklə 96,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin