Ko’ylak bo’laklari
|
Chok haqqiga qo’yiladigan qirqimlar
|
Chok miqdori sm
|
1. Ort bo’lak o’rta qismi
|
Yoqa o’mizi,
elka qirqimi,
o’rta qirqim,
rel’ef qirqimi
bel qirqimi
|
0,5-0,7
1,0
1,5
1,2
1,5
|
2. Ort bo’lak yon qismi
|
Yon qirqimi,
eng o’mizi,
elka qirqimi
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi
|
1,5
0,7
1.0
1,2
1,5
|
3. Old bo’lak o’rta qismi
|
Yoqa o’mizi,
elka qirqimi,
rel’ef qirqimi,
bel qirqimi
|
0,5-0,7
1,0
1,2
1,5
|
4. Old bo’lak yon qismi
|
Yelka qirqimi,
eng o’mizi,
rel’ef qirqimi,
yon qirqim,
bel qirqim
|
1,0
0,5-0,7
1,2
1,5
1,5
|
5. Yubka old va ort bo’lagi
|
Bel qirqimi,
yon qirqimi
etak qirqimi
|
1,5
1,5
0,5-0,7
|
6. Qo’yma burma
|
Rel’efga birlashtiriladigan qirqim
qo’yma chekka qirqimi
|
1,2
0,5-0,7
|
7. Belbog’
|
Qirqimlardan
|
0,5-0,7
|
Asosiy andozalar ishlab chiqilgandan keyin bo’laklarining juftlashtiriladigan konturlari tekshirib ko’riladi.
Asosiy ish andozalariga texnik talablarga muvofiq quyidagi belgilar qo’yiladi:
gazlamaning bo’ylama yo’nalishini ifodalovchi chiziq-tanda ipi yo’nalishi;
bo’ylama yo’nalishdan chetga chiqish chiziqlari;
uloq tushadigan joylarda ularning minimal va maksimal kengligini ko’rsatuvchi chiziqlar;
bir-biriga ulanadigan bo’laklarning juftlashtiriladigan joylaridagi kontrol kertiklar.
Ish andozalarida kesish aniqligidan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlarni ko’rsatib qo’yish maqsadga muvofiq. Kimimning nihoyat darajada aniq bichilishi talab qilinadigan joylarida (yoqa o’mizi, yelka ziylari, yeng o’mizi, yeng boshi) yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar 0,1 sm ga teng.
Kiyimlarning ko’pchiligi harakatchan to’rsimon strukturali gazlamadan tikiladi. Kiyish jarayonida gazlama strukturasi o’zgarib kiyimning formasi buzilishi mumkin. Buni oldini olish uchun kiyim bo’laklarini shunday bichish kerakki asosiy cho’zuvchi kuchlar gazlamaning tanda iplari bo’ylab yo’nalsin. Buning uchun kiyimning har bir bo’lakida tanda ipining yo’nalishi va bu yo’nalishdan yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar ko’rsatiladi. Tanda ipi yo’nalishidan chekli chetga chiqishlar material tolasining tarkibiga, strukturasiga, uning to’qilish zichligiga, kimyimning konstruktsiyasi va vazifasiga bog’liq.
Dostları ilə paylaş: |