Bog’dorchilik. Mashinasozlik sanoati


Konstruksiyaning texnologiyabopligi



Yüklə 46,5 Kb.
səhifə3/3
tarix07.01.2024
ölçüsü46,5 Kb.
#205221
1   2   3
Bog’dorchilik. Mashinasozlik sanoati

Konstruksiyaning texnologiyabopligi ko‘rsatkichlar majmuasi orqali baholanadi. Majmua asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlar (texnik-iqtisodiy va texnik)dan iborat. Asosiy ko‘rsatkichlarga buyumni yasash qiyinligi va texnologik tannarxi kiradi. Keyingisi sotib olingan tayyor detallarni hisobga olmasdan buyumni yasash texnologik jarayoniga ketadigan xarajatdan iborat. Uning tarkibiga quyidagilar kiradi: materiallar narxi, ishchilarning maoshi (turli ajratmalar bilan birga), uskunalar iste’mol qiladigan quvvat, texnik qarov va ta’mir narxlari, uskunalar, asboblar va moslamalar uchun amortizatsiya ajratmasi, moylar, artish, sovitish materiallarining narxlari. 77 Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar mehnat sarfi va tannarxning nisbiy va solishtirma qiymatlari bilan aniqlanadi. Texnik ko‘rsatkichlarga quyidagi koeffitsientlar kiradi: 1) buyumlarni bir xilga keltirish (óíèôèêàöèÿ) koeffitsienti — buyumning bir xilga keltirilgan yig‘ma qismlari va bu qismga kirmaydigan, lekin bir xilga keltirilgan detallar yig‘indisining yig‘ma qismlar va detallarning umumiy soniga nisbati bilan aniqlanadi (bunda qotiruvchi standartlashgan detallar hisobga olinmaydi); 2) buyumni standartlash koeffitsienti; 3) namunali texnologik jarayonlarni qo‘llash koeffitsienti; 4) materiallardan foydalanish koeffitsienti; 5) ishlovning aniqlik koeffitsienti; 6) yuzaning g‘adir-budurlik koeffitsienti va shu kabilar. Buyumni yasash uchun mehnat sarfi nuqtayi-nazaridan konstruksiya texnologiyabopligining darajasi amaldagi sarfning qiyinlikka nisbati bilan aniqlanadi. Buyumni yasash tannarxi nuqtayi nazaridan konstruksiya texnologiyabopligi ning darajasi amaldagi tannarxning me’yoriy tannarxga nisbati bilan aniqlanadi. Konstruksiyaning texnologiyabopligini ishlab chiqishda ikki va undan ko‘p xil konstruksiya taqqoslanadi. Texnologiyaboplikning eng yaxshi mezoni buyumni yasash narxi hisoblanadi, boshqa ko‘rsatkichlar to‘liq tasavvur hosil qila olmaydi. Ishchilarning ish haqi ham asosiy ko‘rsatkich hisoblanadi. U buyumni yasash qiyinligiga binoan aniqlanadi. Detal yasashdagi mehnat sarfiga zagotovkaga, turli ishlovlarga ketgan sarfxarajatlar kiradi. Umumiy mehnat sarfi har bir detalni yasash, ularni yig‘ish va sinash, buyumni tayyor holga keltirish va sinash sarfiyotidan iborat. Mexanik ishlov berish va yig‘ishda mehnat sarfi bir xil bo‘lgan buyumlarda biri ikkinchisiga barqaror bog‘liqlik va ular o‘rtasida ma’lum munosabat bor. Bu ishlar nafaqat mehnat sarfi bilan, balki detallar shaklining soddaligi, yig‘ish ishlaridagi qulayligi bilan ham tavsiflanadiki, bular ham konstruksiya texnologiyabopligining sifat ko‘rsatkichlaridan hisoblanadi. Agar konstruksiya texnologiyabopligini asosiy ko‘rsatkichlar bilan yetarlicha baholab bo‘lmasa, yordamchi ko‘rsatkichlar ishga solinadi. Buyum massasi. Konstruktor buyum massasini iloji boricha kam qilishga intiladi. Buning uchun u hisobni aniq bajaradi, detalning turli ko‘rinishlari ichidan zagotovkaning ishloviga eng kichik qo‘yim beriladiganini tanlaydi, yuqori mustahkamlikka ega bo‘lgan materiallarni taklif qiladi. Analitik hisoblar bilan detalda paydo bo‘ladigan haqiqiy kuchlanishni aniqlash natijasida konstruktor detalning o‘lchamlari va shaklini topadi, demak, uning massasini ortiqcha zaxira bermasdan bila oladi. Buyum massasi qancha kichik bo‘lsa, yasash uchun mehnat sarfi ham shuncha kam bo‘ladi. Masalan, yuk avtomobilining massasi (2—5 t) bilan uning detallari to‘plami (komplekti)ga kesib ishlov berish mehnat sarfi o‘rtasida to‘g‘ri nisbat (proportsionallik) bor. 78 Ishlab chiqariladigan buyumlar massasiga ko‘ra konstruksiyasining texnologiyabopligi nafaqat ishlab chiqarish texnologiyasi bilan, balki ishlatish texnologiyasi bilan ham tavsiflanadi. Ma’lumki, avtomobilning og‘irligi katta bo‘lsa, uning harakatiga katta quvvat kerak. Shuning uchun buyumning material sig‘imi (m) muhim ko‘rsatkich hisoblanadi. U avtomobilning umumiy massasi quvvatiga nisbati bilan o‘lchanadi:











Yüklə 46,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin