Muhokama bog’lanishli matnning anchagina qiyin shakli hisoblanadi, shuning uchun boshlang’ich sinflar dasturida muhokama tarzida insho yozdirish tavsiya etilmaydi; o’quvchilar inshoda muhokama elementlaridangina foydalanadilar. Masalan, «Qushlar uyasini nima uchun buzish mumkin emas», «Paxta − bizning milliy boyligimiz» mavzularida og’zaki hikoya tuzdirilsa yoki insho yozdirilsa, muhokama elementi, albatta, bo’ladi.
O’qituvchi bog’lanishli nutqni rejalashtirganda, turli janrda mashq qilishni ko’zda tutadi va o’quvchilarga hikoya, tasvir va muhokama elementlarini o’rgata boradi. Bunda ko’proq hikoya tarzidagi matn tuzdirishga ahamiyat beradi. Bolalarning bog’lanishli nutqni egallash darajasiga qarab, matnga tasvir va muhokama elementlari kiritib boriladi.
Adabiyotlar:
Karimov I. A. Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch. T.: Ma’naviyat, 2008.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. // Barkamol avlod O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. T.: SHarq, 1997.
Umumiy o’rta ta’limning davlat ta’lim standartlari va o’quv dasturi // O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining axborotnomasi, 7-maxsus son. T.: SHarq, 1999.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 5, 6, 8-9-betlar.
Boshlang’ich ta’lim bo’yicha yangi tahrirdagi o’quv dasturi // Boshl. ta’l. jurnali. Toshkent, 2005. №5. 21- 33 – betlar.