Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari



Yüklə 421,02 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü421,02 Kb.
#42146
b ishi







Bojxona ishini tashkil etish va boshqarish asoslari

1.1

O’zbekiston Respublikasi Bojxona Kodeksi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi O‘RQ-400-sonli “O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.

Bojxona kodeksi 15-moddasining 5-bandiga ko`ra:

Bojxona organlari O‘zbekiston Respublikasining yagona bojxona siyosatini amalga oshirish va iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida tuziladi.



Bojxona organlari

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari bojxona organlaridir.

Bojxona organlari o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga, O‘zbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga amal qiladilar.

Bojxona organlari qonun hujjatlariga muvofiq o‘z faoliyatini davlat hokimiyati mahalliy organlaridan mustaqil tarzda amalga oshiradilar.

Bojxona organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart.

Bojxona organlari huquqni muhofaza qiluvchi organlar hisoblanadi va davlat budjeti mablag‘laridan ta’minlanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri tushirilgan va o‘z nomi bitilgan muhrga ega.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi markaziy apparatining tuzilmasi mazkur apparat xodimlarining cheklangan soni bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizom, shuningdek uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari apparatining, ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari, bojxona komplekslari va postlarining namunaviy tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.









Bojxona organlarining asosiy vazifalari

Bojxona organlarining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:



  • jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;

  • o‘z vakolati doirasida O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash;

  • bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish;

  • bojxona to‘lovlarini undirish;

  • bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, qonun hujjatlari buzilishlarining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo‘yish;

  • tashqi savdo operatsiyalarining monitoringini amalga oshirish, eksport-import shartnomalarining ijrosini tahlil qilish, shuningdek tashqi savdo operatsiyalarining bojxona organlariga taalluqli qismini o‘tkazishda valyuta to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etish;

  • tovarlarning tashqi savdosiga doir bojxona statistikasini hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasini yuritish;

  • fuqarolarning bojxona sohasidagi huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

  • xavfni boshqarish tizimi qo‘llanilishi samaradorligining muntazam monitoringini amalga oshirish;

  • bojxona organlari faoliyatida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini va nazoratning texnik vositalarini qo‘llash;

  • bojxona ishini rivojlantirish va takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish;

  • O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga taalluqli qismidan kelib chiqadigan majburiyatlarning bajarilishini ta’minlash.

Bojxona organlarining majburiyatlari

Bojxona organlari:



  • bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

  • bojxona to‘lovlari to‘g‘ri hisoblanishi, to‘liq va o‘z vaqtida to‘lanishi ustidan nazoratni amalga oshirishi;

  • bojxona nazoratini tashkil etishi;

  • tovarlarni va transport vositalarini olib o‘tish, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan o‘tish chog‘ida jismoniy va yuridik shaxslarni ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilishi;

  • o‘z xizmat vazifalarini bajarishi chog‘ida o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan davlat sirlarini yoki qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi ma’lumotlarni oshkor etmasligi;

  • huquqbuzarliklarning oldini olish, ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini ko‘rishi;

  • bojxona organlarida korrupsiya va boshqa mansabdorlik jinoyatlari sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshirishi;

  • davlat xavfsizligini, jamoat tartibini, fuqarolarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirishga ko‘maklashishi;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishda axborot xavfsizligi talablariga rioya etilishini ta’minlashi shart.





Yüklə 421,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin