Bojxona nazorati zonasidir



Yüklə 7,53 Kb.
tarix07.01.2024
ölçüsü7,53 Kb.
#208249
Moliyaviy nazorat


BOJXONA NAZORATIning mohiyati

Reja
1.Bojxona nazorati


2.Bojxona nazoratining shakllari

Bojxona hududining bojxona to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qo‘yilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.


bojxona chegarasi orqali olib o‘tilayotgan va (yoki) deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;
taqdim etilishi nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar to‘g‘risidagi hujjatlarga va ma’lumotlarga nisbatan;
yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tish, bojxona ishi sohasida xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan o‘tkaziladi.
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib o‘tishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib o‘tayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.

Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.

Bojxona nazoratining shakllari:
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.

Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qo‘llagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va ko‘maklashish uchun maxsus bilim va ko‘nikmalarga ega, manfaatdorligi bo‘lmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.


Vazirlar Mahkamasi tomonidan «Bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaror qabul qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.
Qaror bilan bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha yo‘riqnomalar tasdiqlandi.
«Ayni paytda respublikamizda 330 dan ortiq bojxona omborlari va erkin omborlar bor. Aksariyati zamonaviy, tegishli uskunalar bilan jihozlangan, katta hajmli hisoblansa, qolganlari orasida unchalik katta bo‘lmagan, boz ustiga tovarlar to‘g‘ri saqlanishini ta'minlay olmayotganlari ham bor. Bundan tashqari O‘zbekistonda 6 ta boj olinmaydigan savdo do‘konlari faoliyat yuritmoqda», deyiladi xabarda.
Endilikda bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘koni faoliyati uchun litsenziyalarni rasmiylashtirish elektron shaklda «Lisenziya» axborot tizimlari kompleksi orqali amalga oshiriladi. Shuningdek, litsenziyalar cheklanmagan muddatga beriladi.
Lisenziya olish uchun taqdim qilinadigan hujjatlar soni ham sezilarli ravishda qisqartirildi. Masalan, davlat yong‘in xavfsizligi va sanitariya nazorati idoralar xulosasi, bojxona omborlarida saqlanishi lozim bo‘lgan tovarlar ro‘yxati, bojxona omborining turi (ochiq yoki yopiq) haqidagi ma'lumot va boshqalar endilikda talab qilinmaydi.
Qaror bilan bojxona omborlarining transport magistrallari va logistika markazlarigacha bo‘lgan maksimal masofasi 3 km qilib belgilandi.
Omborlar faoliyatiga avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining joriy etilishi, omborlarning bojxona idoralari bilan axborot almashinish uchun videokuzatuv tizimi hamda optik tolali aloqa tarmog‘i bilan ta'minlanishi texnologik jarayonlarni masofadan turib samarali nazorat qilish imkonini beradi.
Bojxona omborlarida endi hududi 40 kvadrat metrdan kam bo‘lmagan kamida 1 ta yopiq ko‘rik maydonchasi ham bo‘lishi talab etiladi. Bojxona omborida tovarlarning ortilishi, tushirilishi va qayta yuklanishi faqatgina ko‘rik maydonchasida amalga oshiriladi.
Shuningdek, bojxona omborlari inshootlarining bojxona rejimlaridan kelib chiqib zonalarga ajratilishi, inshootlarning ikkita qulf bilan qulflanishi kabi talablar ham bekor qilindi. Bojxona omborlari kamida 2 metr balandlikda to‘siq bilan o‘ralishi lozim.
Boj olinmaydigan savdo do‘koni esa O‘zbekiston Respublikasining davlat chegarasini kesib o‘tadigan jismoniy shaxslar uchun xalqaro aloqa uchun ochilgan aeroportlarda, portlarda va jismoniy shaxslar tomonidan chegarani kesib o‘tishga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi davlat chegarasi orqali boshqa o‘tkazish punktlarida ochilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Endilikda bojxona ombori, erkin ombor va boj olinmaydigan savdo do‘konlarida videokuzatuv tizimi orqali yozib olingan tasvirlarni 3 oygacha saqlanishi talab etiladi
Mamlakatimizda Davlat bojxona organlarining asosiy vazifalari sifatida quyidagilar belgilangan:
• yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlarini himoya qilish;
• O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va o‘z vakolati doirasida uning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash;
• bojxona siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
• bojxona haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
• bojxona to‘lovlarini undirish;
• bojxona nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan tovarlar va transport vositalari shunday nazoratdan o‘tkazilishini taʼminlash;
• bojxona haqidagi qonun hujjatlari buzilishining, shu jumladan kontrabandaning oldini olish, uni aniqlash va ularga chek qo‘yish;
• tashqi iqtisodiy faoliyatga doir bojxona statistikasini hamda tovar nomenklaturasini yuritish;
• O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalarining bojxona ishiga oid qismidan kelib chiqadigan majburiyatlar bajarilishini taʼminlash.
Yüklə 7,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin