Bola nutqini rivojlantirishda eshitish va ko'rishning o'rni
Bajardi: Quromboyeva Dinora
REJA:
1. Nutq buzilishlarining "sababi" tushunchasi
2.Bolalarda nutq buzilishining oldini olish
3.Vizual analizatorning bola nutqining rivojlanishiga ta'siri
Yu.K.Babanskiy o’quvchi faoliyati nuqtai-nazaridan usullarni quyidagi turlarga bo'ladi. o’quv-biluv faoliyatini tashkil etish va boshqarish usullari; o’quv-biluv faoliyatini rahbatlantirish usullari; o’quv-biluv faoliyati samaradorligini nazorat qilish usullari;
O.R.Roziqov, S.Yu.Ogaev, M.M.Mahmudova, B.R.Adizovlar ta'lim usullarini ikki guruhga ajratadi; o’zaro ta'sirni tashkil etish va boshqarish usullari; o’zaro ta'sir natijasini nazorat qilish usullari. Har bir guruhdagi usullar o’z navbatida yana bir necha guruhlarga ajratiladi.
Ma'lumki, maktabgacha ta'limda nutq o’stirishning asosiy maqsadi bolalarning nutqni egallashga intilishi va qizikishini uyhotish, ona tilini o’rgatish, ya'ni “Fikrni ona tilida aniq, ravon, lo'nda ifoda etish” malakalarini shakllantirish, shaxs sifatlarini rivojlantirish va bolalarni maktab ta'limiga tayyorlashdan iborat.
O’shbu vazifani bajarish bolalarning obrazli, mantiqiy fikrlashi, bilishiga qizikishi, o’quv faoliyatini kuzatishi, eshitishi va eslab qolishi, ko'rib eslab qolishini rivojlantiradi.
Shuning uchun ham tarbiyachi nutq o’stirish usullarini puxta bilishi, mashg’ulotlar jarayonida qo'llashi, eng qulay usullarni tanlashi va takomillashtirishi lozim.
Pedagogik adabiyotlarda nutq o’stirish usullari quyidagicga tasnif qilinadi;
So’z yoki og’zaki usullar.
Ko'rsatmalilik usullari.
Amaliy usullar.
O'yin usuli.
Og’zaki usulda bolalarga beriladigan bilim, malaka va kunikma tarbiyachining so’zi, tushuntirishi, hikoya qilishi, tasvirlashi, suhbatlashishi, o’qib berishi, yoddan aytishi orqali
shakllantiriladi. Jumladan, tarbiyachi og’zaki usullardan foydalanganda aniq, lo'nda fikrlashi, gap va so’zlarni aniq oxanh va tuxtamlarga rioya qilgan holda bayon qilishi, savollami aniq, kiska tuzishi va unga bolalarning oson javob topishini uylashi lozim.
Og’zaki usullar o’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish, suhbat,savol-javob usuli kabilardir. O’qib berish, hikoya qilib berish, yoddan aytish usullari badiiy adabiyot, bolalar folklori materiallarini o’rgatish, she'rni ed oldirishda qo’llaniladi
Suhbat usuli maktabgacha ta'limda eng ko’p qo’llaniladigan, eng qulay usul bo'lib, berilgan mavzu yo’zasidan savol-javob tarzidagi muloqotdir, ya'ni bolalar bilim, malaka, kunikmani tarbiyachi savollariga javob berish orqali egallaydilar. Shuning uchun tarbiyachi savollarni kiska, aniq, bolalarga tushunarli bo’lishi, ularning javob bera olish malakasini nazarda tutgan holda tuzishi, zarur urinlarda yullovchi savollar berishi, bolalarning ham savollarga aniq, lo'nda javob bera olishiga erishishi lozim.
Suhbat o’yinchoq, buyum, narsa, rasm, bolalar ko’rgan-kuzatgan, o’zlari ishtirok etgan voqea-hodisalar, tevarak-atrof, tabiat, badiiy asar mazmuni yo’zasidan bo’lishi mumkin.
Suhbat usuli qadimiy usullardan bo'lib, XI-XII asrda yashagan buyuk alloma, komo’siy olim Burxoniddin Zarnuji oqitishning ko’satmali tajriba, amaliy (mashq, takrorlash) nazorat usullari bilan birga, so’zlash o’slublari, bilimni bayon qilish, hikoya qilish, savol-javob o’slubini ham tavsiya etadi.
Buyuk olim va mutafakkir Ibn Sino ham suhbat, tushuntirish usullarini eng qulay usul deb biladi.
Suhbat usulining afzalligi shundaki, mashg’ulotda bolalar ham, tarbiyachi ham faollik Korsatadi, o’zaro hamkorlik bir-birini qo'llab-kuvvatlash, o’zaro fikrlash,bilimni nazorat qilish, uni to’zatish imkoniyatiga ega bo'ladi, bolalar ta'limda sub'ekt va ob'ekt sifatida ishtirok etadilar.
Ko'rsatmalilik usulida quyidagilarga diqqat qilish lozim.
Rasm-illyustratsiya, narsa, buyum va boshqa ko’rgazmalar-ning bolalar yoshiga mos bo’lishi, ranglarning aniq yorkin bo’lishiga ahamiyat berish.
Ko’rgazmali vositalarning asosiy mazmunini ifodalovchi jihatlarga bolalar diqqatini jalb etish.
Ko'rsatmali vositalarni bolalarning kuzatishlari uchun imkoniyat berish va har bir yosh guruh uchun bu usulda olib boriladigan ishlarni aniq belhilab olish.
Maktabgacha ta'limning kichik guruhidan boshlab ko’rgazmali usulni qo'llash orqali bolalar nutqi o’stiriladi, bunda kiyoslash, ajratish, tuplash, umumlashtirish va tasvirlashga alohida ahamiyat beriladi.
Katta va tayyorlov guruhlarda ko’rgazmali vositalar asosida tasviriy, ijodiy hikoya tuzishga alohida etibor beriladi, bunda quyidagicga ish olib boriladi.
Rasm, buyum ko’rgazmani bolalar ko’zatadilar; tarbiyachi tomonidan ko’rgazma yo’zasidan suhbat uyo’shtiriladi;
ko’rgazma asosida tasviriy va ijodiy hikoyalar to’ziladi, bolalar hikoyani so’zlab beradilar; hikoya mazmuni, gap qurilishi, bolalarning hikoyani bayon qilish qobiliyatlari, nutqni egallashi, nutq odobiga rioya qilishiga kora tahlil qilinadi.
Amaliy usul. Amaliy usulning asosiy maqsadi bolalar egallagan bilimlarni amalda qo'llash, nutqiy malakasini oshirishdan iboratdir. Amaliy usulda bilim va malakalar mashq qilish, topshirikni mo’staqil bajarish orqali, oddiy tajribalar o’tkazish kabi amaliy faoliyatda egallanadi, amaliy usulda ko’rgazmalilik usuli, so’z usuli birgalikda qo’llaniladi va nutq o’stirishning barcha vazifalarini bajarishda ishtirok etadi, bolalar mo’staqil ravishda tapshiriklarni bajaradi, nutq uchun so’z va gapni o’zi amaliy izlanish orqali topadi; bolalarning xonani tozalashi, kitoblarni tartibga keltirishi, o’yinchoqlarni ta'mirlashi, tabiat burcgahidagi mexnat faoliyatida amaliy usuldan foydalaniladi,ular o’zi bajargan ishlarni so’z va gap orqali ifodalaydilar.
Amaliy usulda bolalarning xotirasi, tafakkuri, ishlash qobiliyati shakllanadi, mo’staqil faoliyat, mo’staqil fikrlashi o’sadi, tevarak-atrofdagi hayotga, kattalar mexnatiga qiziqishlari, qadriyatlarimizga xurmati ortib boradi, kasb egallashga doir amaliy malakalari shakllanadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT