Bola pisixologiyasida chet tillarining ahamiyati



Yüklə 21,98 Kb.
tarix24.02.2023
ölçüsü21,98 Kb.
#85475
Bola pisixalogiyasi


S.B.Joʻrayev
E-mail: suhrobjoraev@mail.ru
Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar masalalari boʻyicha oʻrinbosari kotibiyati mudiri


B.S.Sadriyev
E-mail: baxamillioner@gmail.com

BOLA PISIXOLOGIYASIDA CHET TILLARINING AHAMIYATI
Bolalar hayoti bu bir bamisli Betxoven simfoniyasidir. Aslo takrorlanmaydi. Shu takrorlanmas jilgʻalar olamiga ilm marifat shulasini olib kirmoqligimiz lozim. Abu Ali Ibn Sino aytganlaridek bolani boshidan tarbiylamoq lozim, shundagina ulardan komil inson yetishib chiqadi. Koʻplab maqolalarda bolaning ruhiyati ongi, uning qiziqishlari ahamiyatga ega boʻlmagan holda dars jarayonini texnalogik interfaol usulda amalga oshirish haqida tushunchalar keltirilgan.
Bu yoʻnalish oʻzining tub mohiyatiga ega va ustuvor metodik yoʻnalishlari bilan mukammal hisoblanadi. Biroq bolaning dunyo qarashi qiziqishlari uning istak hohishlariga toʻgʻri kelmaydigan holda dars oʻtish, oʻqitish usullari keltirilgan. Pisixaloglar takidlaganidek ilm marifatni zoʻrlik bilan emas balkim qiziqtirish yoʻli bilan olib borish lozim. Darhaqiqat maktabgacha talim muassasida tarbiyalanuvchi bolalar orasida chet tiliga boʻlgan muhabbatni ularni dunyo qarashidan kelib chiqqan holda uygʻotishimiz lozim. Birinchi oʻrinda muassasadagi devorlarga qiziqarli suratlar tushurilgan plakatlarni tagiga ularning nomini uch tilda oʻzbek, rus, ingiliz tillarida yoritib bermoqligimiz lozimdir. Har kunlik mashgʻulotlarga sanoq-sonlarni, salomlashishlarni bundan tashqari har kunlik retsept boʻycha beriladigan mevalar, shirinliklar nomlarni ham uchta tilda aytib, turli xil oʻyinlar tashkil qilishimiz kerak.
Endi biz oʻylab koʻraylik ota-onalar har kuni uyga bolalarini ishdan qaytayotganlarida olishadi. Uyga qaytayotgan vaqtlarida ular ham koʻchadagi, bolalar tushuna oladigan aqli yetadigan narsalarini nomlarini ham uchta tilda aytishga harakat qilsalar va buni har kuni takrorlayversak bu bolada instengt shaklida yuzaga chiqadi. Qolaversa biz uyning zinalaridan chiqayotgan vaqtimizda oʻz farzandlarimizga har bitta pilla poyalarni bosayotgan vaqtimizda, ularni raqamlar bilan tartiblab ikki tilda aytsak, bu ular uchun qiziqarli tuyuladi va takrorlay boshlashadi. Agarda bizning farzandlarimiz quloqsiz va qunt qilmaydigan darajada shoʻx boʻlgan taqdirda, biz ularni turli xil mukofotlar va ragʻbatlantirishlar bilan jalb qilishimiz kerak. Shuni ham yodda saqlamogʻimiz joizkim ularga hech qachon qoʻpollik qilmasligimiz lozim. Chunki bu bilan biz bolaning pisixalogik ruhiyatiga tasir koʻrsatishimiz mumkin. U keyinchalik biror bir ishni yoki soʻzni aytishga qoʻrqadi. Bolalar bilan ishlash jarayonida hech qachon erinchoqlik qilishimiz joiz emas, aksincha ular bilan koʻproq ishlashimiz kerak. Uyda ham ularning xonlarini beztayotganimizda ham alohida etiborga olishimiz lozim. Devorlarga turli xildagi multfilim qahramonlarini va hayvonlarning suratlarini yopishtirishimiz, ularning ostida ular aytgan qiziqarli soʻzlarni, ularning nomlarini uchta tilda yoritib qoyishimiz kerak. Bundan tashqari uyda va muassasada turli xil oʻyinlar, bilan bolalar ongini jalb qilishimiz, ularda qiziqish hosil qilishimiz lozim. Ular bilan muloqatda boʻlganimizda doimo muloyimlik bilan, har bir narsani doʻq boʻpisalarsiz tushuntirishimiz lozim. Bolalar yoshlik davrlarida oʻta qiziqon va oʻzgaruvchan boʻladi. Ular oʻsgan sari ularning xotirasi takomillashadi va shakillanadi. Atrofidagi yozuvlar va gap soʻzlardan oʻziga soʻz boyligini hosil qila boshlaydi. Biz shu davrdan unumli foydalangan holda ularni dunyo qarashi va pisixalogiyasidan toʻgʻri foydalangan holda ularni toʻgʻri yoʻnaltirishimiz kerak.
Har bir bolaning qiziqishlari va oʻz dunyosi boʻladi, bizlar ham ular bilan shu dunyoga yondosh boʻlgan, ular uchun mavhum boʻlgan ilm, til dunyosini shakillantirishim zarur. Bunda ota-onalar va tarbiyachilarning oʻrni muhim ahamiyatga ega. Shularni isboti oʻlaroq biz Toshkent shahri Mirobod tumanidagi ikkita maktabgacha talim muassasalarida boʻlib tekshirish olib bordik. Tekshirishlar natijasi oʻlaroq shunday xulosaga kelishimiz mumkin. Birinchi muassasadagi uch yoshdan olti yoshgacha boʻlgan bolalar bilan suhbatda boʻlib shunday hulosaga keldik. Shu bolalarning barchasini yuz foiz deb olsak, ularning oltmish besh foizi oʻzining yoshidagi soʻz boyligiga ega ba’zilar rus, ingiliz tilidan yaxshigina saboqqa ham ega. Ikkilanmasdan ota-ona, aka uka, olma , salom, kabi soʻzlarni ayta oladi. Qolgan oʻttiz besh foizi oʻzining ota-onasidan noroziligini bildirdi. Ularning soʻzlariga qaraganda turli xil bahonalar bilan ularga vaqt ajratmasligini hattoki yotish oldidan charchadim deb ertaklar ham soʻzlamasliklarini takidlab oʻtishdi. Tarbiyachilarning fikriga koʻra bu bolalarning til va dunyoviy bilimlarga qiziqishi juda ham passiv. Ular bilan koʻproq shugʻillanish lozimligi haqida fikrlarini bayon qildilar. Bu orada oily toifadagi pisixiolik Gulshan Karimbekova bilan suhbatimizda “*bolaning tarbiyasiga aloqador boʻlgan barcha narsalarda turli xil baxonalar bilan vaqt ajratmaslik kelajak uchun quyadigan ilk toʻsiqlarimizdan biri boʻlishi mumkin deya takidladi. Uning fikrlariga koʻra bolani yoshligidan toki u balogʻat yoshiga yetgunicha nazorat ostida olishligimiz va ularning talim-tarbiyasi bilan doimo shugʻullanib borishimiz maqsadga muofiqdur. Maktabda yoki maktabgacha talim muassasida tarbiyachi va oʻqituvchi tomonidan oʻtiladigan mashqlar takrorlanmasa, bularning hammasi befoyda boʻladi. Ular oʻsib borayotgan bamisli niholdir uni egri yoki toʻgʻri boʻlishi bogʻbonga uning mehnatlari mahsuliga bogʻliqdir” deya oʻz fikrlarini tugatdi. Men har bir boʻlajak ota-onalardan shuni soʻrab qolamanki farzandlarimizning ruhiyatiga sogʻligiga, ilmiy salohiyatiga katta etibor berishimiz kerak. Zero kelajak avlodi yosh, sogʻlom, qudratli, ilmli boʻlgan yurtning ravnaqi bundanda ziyoda boʻladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Nishonova Z.T., Alimova G. K. Bolalar psixologiyasi va psixodiognostikasi T.: TDPU 2017-264 b.

  2. Gʻoziyev E. Ontogonez psixologiyasi Nzariy-eksperimental tahlil T.: Nashr 2010. -356 b.

  3. Doʻsmuhammedova Sh.A., Nishonova Z.T. va boshqalar Yosh davrlari va pedogogika psixologiyasi T.: Fan va texnologiyalar 2013-343 b

  4. Shapovatenko I.V, Vozrastnaya psixologiya (Psixologiya razvitiya i vozrastnaya psixologiya): uchebnik dlya studentov vuzov. – M.: Gardariki, 2007. – 349 b

Yüklə 21,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin