Bola shaxsi, vazifalari


O‘zbek oilasining farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari



Yüklə 42,08 Kb.
səhifə3/9
tarix27.03.2023
ölçüsü42,08 Kb.
#90520
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bola shaxsi, vazifalari kurs ishi

2. O‘zbek oilasining farzand tarbiyasidagi ustuvor xususiyatlari

O’zbekiston Respublikasida yangidan shakllantirilayotgan inson taraqqiyoti konsepsiyasining asosiy mazmuni jamiyatda oila faravonligini yaxshilash, ularning barqarorligini ta‟minlash, ayniqsa oilada ayol mavqeini tubdan o’zgartirish zarur, degan tamoyilga asoslanadi. Shu bilan birgalakda ushbu masalani ijtimoiy-falsafiy, psixologik va pedagogik g’oyalarga asoslanuvchi ilmiy-metodik ta‟minoti umuminsoniy qadriyatlarga mansubligi va milliy madaniyatni qayta tiklash va mustahkamlash, o’zbekiston xalqlari ma‟naviy merosini rivojlantirish va jahon sivilizatsiyasi bilan boyitish nuqtai nazaridan qarab chiqishni taqazo etadi.


Mustaqilikka erishganimizdan boshlab oilalar haqida g’amxo’rlik davlat siyosatining diqqat markazida bo’lib keldi. Mahallalarni o’z-o’zini boshqarish siyosati oilalarning mustahkamlanishiga, salohiyatini oshirishga ularni moddiy va ma‟naviy rag’batlantirishga muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda. O’z-o’zini boshqarish tizimi oila farovonligini oshirish, mahallada aholi tinchligini saqlash, oiladagi kelishmovchilikliklarni bartaraf etish, farzandlar tarbiyasiga yaqindan yondoshish kabi tamoyillarni o’z ichiga oladi. O’zbekiston mustaqillik yo’lida dadil qadam tashlab borar ekan, jamiyatdagi o’zgarishlar va uning istiqboliga davlat siyosati darajasida qarashlikni taqazo etmoqda. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bu boradagi barcha ijobiy ishlar demokratik davlatchilikning o’ziga xos rivojlanish jarayonida ma‟naviy-ma‟rifiy, tarbiyaviy sohada ham ijobiy o’zgarishlar ro’y bermoqda. Bunda har bir yilning bir-biri bilan bog’liq ravishda noalanishi va bu borada amalga oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovordir. Ushbu yilar orasida “Oila yili”, “Sog’lom avlod yili”, “Sihat salomatlik yili”, “Ijtimoiy himoya yili”ning davlat dasturlari alohida ahamiyat kasb etadi. Bu tadbirlarning barchasini amalga oshishida davlat siyosatini bu boradagi amaliy ishlari bilan bir qatorda uning bosh g’oyasi mazmunida xalqimiz, Vatanimizning ravnaqi, oilalarning baxtli hayoti mujassamdir. Oiladan boshlanur Vatan, Oiladur bir jonu bir tan.
Gar oila bo’lsa mustahkam,
Mustahkamdir elu-yurting ham!
Ushbu so’zlar zamirida oilaning jamiyatdagi tutgan o’rnini, oilaning naqadar muqaddas ekanligini anglash qiyin emas. Oilalarga davlat tomonidan qilinayotgan e‟tibor uning mustahkalanishiga muhim omil bo’lib xizmat qilmoqda.
Muhtaram Prezidentimiz I.A.Karimovning tashabbusi bilan bu borada amalga oshirilayotgan ishlar tahsinga sazovordir. Xalqaro kuzatuvchilar ham bu borada Respublikamizda amalga oshirilayotgan ishlarga ijobiy baho bermoqdalar. Barcha ishlar respublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan xalqaro tashkilotlar bilan bahamjihat amalga oshirilmoqda. Jahon hamjamiyati ham oilaning mustahkamligi, tinch-totuvligi, uning hayotdagi o’rnini e‟tirof etgan holda bir qancha tadbirlarni amalga oshirmoqda. Shuningdek, 1994 yili BMT tomonidan har yilning 15 may kuni “Xalqaro oila kuni” deb e‟lon qilinishi va bu kun ko’tarinki ruhda bayram sifatida o’tkazilishi uning yorqin dalilidir. G’arb mamlakatlarida oilaning qadriyat sifatida nufuzi tushib bormoqda. Oilada bo’layotgan ajrimlar yildan yilga ortib borishi turmush qurmasdan turib farzand ko’rish, bir xil jinsga mansub kishilarning oila qurishi tabiiy hol bo’lib bormoqda. Bu masalalarga mamlakatimiz rahbariyati, shaxsan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan alohida e‟tibor berilib o’z vaqtida O’zbekistonda sog’lom oila yaratish g’oyasi shakllandi. 1998 yil “Oila yili” sifatida davlatimiz va jamiyatimizning ijtimoiy-ma‟naviy, siyosiy-iqtisodiy oili bo’lib xizmat qilmoqda. Xalqimizning asrlar davomida adolatli davlat farovon jamiyat va erkin hayot qurish orzusi oila totuvligida namoyon bo’ldi. Yoshlarimizning bugungi zamon talablari va andozalariga har tomnlama javob beradigan bilii va saviyasi milliy boyligimizdir. Shu bilan birga, ajdodlarimizga xos milliy g’urur, insoniy qadr-qimmmat, oriyat kabi ma‟naviyma‟rifiy salohiyat va fazilatlar qayta tarkib toptirildi. Oilaga munosabatimizning qadriyatli mazmun kasb etishi odamlar qalbida mudrab yotgan qancha-qancha olijanob, ezgu niyat va umidlarni ro’yobga chiqarishga sharoit yaratib berildi. Barkamol avlodni tarbiyalash masalasi davlat siyosati darajasiga ko’tarildi. Mustaqil vatanimizning birinchi “Sog’lom avlod uchun” ordeni ta‟sis etildi. “Sog’lom avlod uchun” xalqaro jamg’armasi tuzildi. Sog’lom nasl, ruhi, fikri sog’lom, iymon-e‟tiqodi butun, bilimli, ma‟naviyati yuksak, mard va jasur, vatanparvar avlodni tarbiyalash masalasida oila muhim rol o’ynaydi.
Oilada ona sog’lig’ini mustahamlash va sog’lom bola tug’ilishi masalalariga e‟tibor kuchaytirildi, zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, profilaktika tadbirlari muntazam o’tkazilmoqda. Aql, zakovatli bolalar kamol topishi uchun pedagogika va psixologiyaning zamonaviy usullarining qo’llash ko’nikmalari shakllantirildi. Eng yaxshi an‟analarimiz va urf-odatlarimiz asosida fuqarolarni Vatanga, xalqqa muhabbat va sadoqat, mustahkam va sog’lom oila qadriyatlarini shaklantirish uchun zarur jarayonlar davom ettirildi. Darhaqiqat mamlakatimizda tarixan qisqa 15 yil davomida ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va madaniy sohada mamunan boy ishlar qilinganligiga guvoh bo’lamiz. Ayniqsa, oila masalasi davlat siyosatining bosh mavzusiga aylandi. Ya‟ni bularning barchasini negizida inson, yurtimiz fuqarolarini har tmonlama muhofaza qilish yotadi. Har yili yangi yilni bir-biri bilan bog’lanishi, dasturlar qabul qilinishining barchasi mamlakatimizda oilaning farovnligini, xalqimiz ma‟naviy-huquqiy qadriyatlariini muhofaza qilish, ularning farovon hayot kechirishlari uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadi yotadi.
Shuningdek, 1997 yili “Inson manfaatlari yili”, 1998 yili “Oila yili”, 1999 yilni “Ayollar yili” yoki 2007 yilni “Ijtimoiy himoya yili” deb e‟lon qilinishining zaminida inson va uning hayotini farovon bo’lishi, fuqarolar jamiyatini shakllanishi, rivojlanishi, maqsad va vazifalari ifojalangan. Ana shunday maqsad, vazifalarni hayotga tadbiq etishda oila, unda tarbiya olayotgan shaxs ijtimoiylashuvi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, millatni millat qilishda oila, ona, ayol, tobora jamiyat hayotida ijtimoiy mazmun kasb etib qadriyatga aylanib bormoqda. Oila shunday makonki, unda hayotning davomiyligini ta‟minlovchi shaxs shakllanadi. Etnik madaniyat, axloqiy-ma‟naviy qadriyatlarimiz, an‟analarimiz saqlanadi, uni xususiyatlarini qadrlash orqali tarbiyalanadi.
Erkin fuqarolik jamiyatini qurayotgan O’zbekistonda onalik va bolalikni ijtimoiy muhofaza qilish borasida olib borilyotgan barcha ezgu ishlar oila muhitida yangicha fikrlash, yaxshi yashash va porloq kelajakni yaratishda hamjihatlikka tayanadi. Zero, sog’lom oila va sog’lom avlod g’oyasining asoschisi va rahbari bo’lgan Prezidentimiz va davlatimiz olib borayotgan siyosatni yakdillik bilan qo’llab quvatlayotgan oilalar, ayollar va yoshlar bu ezgu niyatlarning timsoli va faollaridir. Darhaqiqat, hech bir davlatda oilaga e‟tibor davlat darajasida bizning davlatimizdek nufuzga ega emas. Shuning uchun buni qadriga yetmoqlik, ana shu e‟tiborni o’z nuqtai nazaridan kelib chiqib hayotga tadbiq etmoqlik zarur. Buning uchun barchamiz bu ezgu ishlarga mas‟uliyatimizni unutmasligimiz kerak.
Baxtli insonning baxtsiz insondan farqlovchi mezonlaridan ana shu bevosita oilasi bilan bog’langan niyat orzularni yurti, vatani taqdiri bilan bog’lay olishdir. Chunki, haqiqiy vatanparvar insonning shaxsiy manfaatlari oilasi yoki yurti manfaatidan ayricha bo’lishi mumkin emas. Shuni tushungan holda har bir yurtimizning fuqarolaridan bugungi davr talabi, davlatimiz siyosatini izchil amalga oshirishda sidqidildan yondoshishlikni taqazo etadi. Zero,bugungi o’zbek oilasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish bosh masala ekan, barcha ko’rilayotgan tadbirlar xususida, oilaning mustahkamlashni o’z oldimizga bosh maqsad qilib qo’ymog’imiz darkor.

Yüklə 42,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin