Bola tarbiyasida mahalla va maktabning roli Reja


Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari



Yüklə 35,83 Kb.
səhifə5/8
tarix19.12.2023
ölçüsü35,83 Kb.
#186844
1   2   3   4   5   6   7   8
Bola tarbiyasida mahalla va maktabning roli

2.3. Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va
metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa
bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar
bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz :
1. O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng
samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning
yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
2. Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina
o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onani
tanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy
maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
3. Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus
da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
4. Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi
orqali amalga oshiriladi.
5. Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish
maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
6. Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati,
xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
7. Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish,
o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin:
a) yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin.
b) o’quvchining kundalik rejimi haqida.
v) “Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
8. Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu
universitetlardan tizimli ish olib borish:
a) ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
b) “Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
v) faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini
tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p
qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha
turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik
bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rintutishlari kerak.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan
uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu
bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga
xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi,
obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli
tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni
ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan
yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga
o’rgata oladi!
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar
ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga
olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini
shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha
bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi,
shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri
boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri
keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi.
Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha
kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning
imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan,
ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan
ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli
shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni
yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga
o’rganish mumkinligi va hokazolar ma’lum bo’ldi.
Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini
tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni
egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli
pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati,
— deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va
tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan
nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik
tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab
etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni
ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat
va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish.
Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q.
Bu jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin:
1. Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari,
ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining
hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va
hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning otaonadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir
ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
2. Shaxslarni mehnat jarayonlariga jalb etish orqali ularning mehnat tarbiyasini tashkil qila bilmaslik ona ishga ko’milib ketgan paytda shaxslar oilaviy ishlardan, turar joylardagi ishlardan va hokazolardan ozod etiladilar. Buning natijasida mehnatga mensimay munosabatda bo’ladilar.
3. Ota-onalar turmushida salbiy misollarning mavjudligi o’quv muassasasining pedagogik kuch-g’ayratini yo’qqa chiqaradi.
4. Ota-onalar tarbiyaviy ta’sirining izchil emasligi — onda-sonda o’qishini
tekshirish, biror nojo’ya ish uchun jazolash va hokazolar axloqiy immunitet hosil bo’lishiga yordam bermaydi.
5. Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna
asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk
kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir.
6. Ayrim ota-onalarning shaxslar ulg’ayib borishi bilan tarbiyaviy faollikni
susaytirib yuborishlari, bu esa shaxslarning ota-onalardan uzoqlashuviga, o’quv
bilim yurtiga qiziqishi pasayishiga va hokazolarga olib keladi.
7. Qarorlar qabul qilishda kechikish. SHaxs katta bo’lgandan keyin aqli kirib, tuzaladi deb o’ylash odatda o’zini oqlamaydi, ko’pincha qayta tarbiyalashni
talab etadigan pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Ko’rsatib o’tilgan kamchiliklar qatoriga ota-onalarning tarbiya usullarini
bilishlarini, shaxslar ulg’ayishi bilan ularni o’zgartirishni bilmaslik yoki istamaslik ota bilan onaning talablari birligining, pedagogik odob, chidamning yo’qligi, ota-onalarning turmushning ma’naviy tomoniga zid tarzda moddiy tomoniga qiziqib ketishi va boshqalarni qo’shish mumkin.
Ota-onalar bilan ish shakllari va usullarini tanlashni odatda sinf rahbari o’z
shaxsiy xususiyatlari tajribasini, o’quvchilarning oilalarida vujudga kelgan o’ziga
xos xususiyatlarni, ota-onalarning bilim va tajribasini, tarbiyalanuvchilarni
tarbiyalashda yuqorida ko’rsatib o’tilgan xatolar va qiyinchiliklarni, fe’l-atvor
xususiyatlarini, o’quv muassasasi pedagoglar jamoasidagi muhitni, ota-onalar
bilan ish olib borishda tarkib topgan an’analarni va hokazolarni hisobga olib
belgilaydi, tajribaning ko’rsatishicha, sinf rahbarining ota-onalar bilan hamkorligining ommaviy, sinf. tarzidagi va yakka tartibdagi ish shakllarini oqilona
birga qo’shib olib borish, bunda uning mazmunida izchillikka rioya etish orqali
erishiladi.
Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini
ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib
ular quydagilardir:
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga
olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning otaonasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni
ta’minlash;
—oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
- shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
- shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
- shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
- farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
- o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
- ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
- shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
- oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
- sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
- oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir;
- sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.



Yüklə 35,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin