Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalardan foydalanish


Bo`lajak maktab o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik psixologik xususiyatlari



Yüklə 1,76 Mb.
səhifə6/7
tarix19.10.2023
ölçüsü1,76 Mb.
#157276
1   2   3   4   5   6   7
Bo’lajak o’qituvchilarni tayyorlashda pedagogik innovatsiyalarda

4. Bo`lajak maktab o‘qituvchilarini innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashning pedagogik psixologik xususiyatlari

Xalq ta’lim tizimi oldiga qо‘yilayotgan maqsadlarga erishish, o`quvchilarning xilma-xil faoliyatini uyushtirish, ularni bilimli, odobli, e’tiqodli, mehnatsevar, barkamol inson qilib о‘stirish pedagog-tarbiyachi zimmasiga yuklatiladi[18]. Shu sababdan xalq ta’lim sohasidagi islohotlarning bevosita davomi sifatida О‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’lim vazirligi ko`plab dasturlar tasdiqlangan. Xalq ta’lim muassasasining mazkur davlat о‘quv dasturi О‘zbekiston Respublikasining maktab yoshdagi bolalarning rivojlanishiga qо‘yiladigan Davlat talablariga muvofiq ishlab chiqilgan me’yoriy-huquqiy hujjat bо‘lib, unda Xalq ta’lim muassasasining maqsad va vazifalari, о‘quv-tarbiyaviy faoliyatning asosiy g‘oyalari ifodalangan, shuningdek, bolaning ta’limning keyingi bosqichiga о‘tishidagi asosiy kompetensiyalari belgilangan. Bu о‘z navbatida Xalq ta’lim tizimida pedagogik jarayonlarni innovatsion pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etilishi zarurligini talab etadi. Bо‘lajak pedagog-tarbiyachilarni kasbiy-ma’naviy jihatdan tayyorlash uchun ta’lim jarayonida ma’ruzalar, amaliy hamda laboratoriya mashg‘ulotlari mazmunini yangi yondashuvlar asosida boyitish, shuningdek, pedagogik amaliyot, ma’naviyat kunlari va soatlarini takomillashgan dasturlar yordamida tashkil etishni taqozo qiladi. Xalq ta’lim samaradorligini ta’minlashda pedagog-tarbiyachidan chuqur pedagogik psixologik tayyorgarlik, har bir o`quvchining о‘ziga xos jihatlari haqida aniq ma’lumotga ega bо‘lishi hamda shaxsiy reja tuzishda quyidagi talablarga qat’iy rioya qilishi talab etiladi: − vujudga keladigan pedagogik muammolarni bashorat qila olishi; buning uchun bо‘lajak pedagog-tarbiyachi pedagogik jarayonda vujudga keladigan muammolarni oldindan kо‘ra bilish va uni bartaraf etish layoqatiga ega bо‘lishi lozim.


− vujudga keladigan muammolarni bartaraf etish metodlarini о‘zlashtirishi;
− vujudga kelgan muammolarni bartaraf etishning eng qulay usullarini tanlay va qо‘llay olishi;
− o`quvchilarga pedagogik ta’sir kо‘rsatish, ularni qо‘llab quvvatlash mahoratiga ega bо‘lishi;
− har bir o`quvchiga individual yondasha olishi;
− o`quvchilar bilan ommaviy tadbirlarni tashkil eta olish kо‘nikmasini egallashi;
− o`quvchilarni kitobxonlik, kitob sevarlikka unday olishi kabilar.
Bо‘lajak pedagog-tarbiyachi kasbiy mahorati bolalarni maktab ta’limiga samarali tayyorlash imkonini beradi. Pedagog-tarbiyachilarning faoliyatini pedagogik, psixologik, tashkiliy-metodik jihatdan о‘rganish natijalari o`quvchilarning о‘quv faoliyati samaradorligini oshirishda pedagog-tarbiyachining shaxsiy sifatlari va uning kasbiy tayyorgarligi katta ahamiyat kasb etadi. Shunga kо‘ra, pedagogtarbiyachining kasbiy mahoratga ega bо‘lishi, bilimdonligi va kreativligi o`quvchilarda ongli faollik hamda mustaqillikni tarkib toptirishning asosiy omili hisoblanadi. Pedagogik amaliyot davrida bо‘lajak pedagog-tarbiyachining maktabda amalga oshiradigan ishlari ularda kasbiy mahoratni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Pedagogik amaliyot davrida bо‘lajak pedagog-tarbiyachilarda о‘z kasbiga moyillik, pedagogik faoliyatga ijodiy yondashish, о‘zi egallagan zamonaviy bilimlarni amaliy tajribasida qо‘llash, rahbarlik kо‘nikmalarini egallash, o`quvchi shaxsini pedagogik-psixologik jihatdan о‘rganish, tahlil qilish, madaniy ommaviy tadbirlarni tashkil etish metodlarini о‘zlashtirish kabi kо‘nikmalar faollashadi hamda mustahkamlanadi. Bularning barchasi talabalarni tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu bilan bir qatorda bо‘lajak pedagog o`qituvchilar о‘z kasbiy faoliyatlari davomida amal qiladigan bir qator qoidalarni ham о‘zlashtirishlari kerak. Ular: − o`quvchilarda ongli intizomni tarkib toptirish; − bolalarga nisbatan adolatli munosabatda bо‘lish; − guruhdagi faol o`quvchilarni qо‘llab-quvvatlash va ularga yordam kо‘rsatish; − o`quvchilarning mustaqil faoliyatlarini munosib rag‘batlantirish; − o`quvchilar bilan topshiriqlar ustida tizimli ishlash va bu jarayonda ularni faollashtirish; Guruh o`quvchilari orasida tarbiyaviy tadbirlarni tizimli tarzda tashkil etish kabilar. Shu bilan bir qatorda bо‘lajak o`qituvchilar innovatsion kasbiy faoliyatga tayyorlashda ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari davomida dialogga kirishish, fanga oid yangi ma’lumotlar ustida ishlash, mustaqil bilim olish, manbalar ustida ishlash hamda о‘rgangan tajribalarini tahlil qilish muhim о‘rin egallaydi. Maktabda sinf faoliyatiga rahbarlik qilish о‘ziga xos xususiyatlarga ega. Pedagog-tarbiyachilar bolalarda atrof-muhit, tabiat, nutq va hisoblashga oid dastlabki kо‘nikmalarni hosil qilish bilan bir qatorda ularni kompleks rivojlantirishga xizmat qiladigan milliy urfodatlarimizni ham singdiradilar. Ular bolalarda juda yoshlikdan boshlab, haqgо‘ylik, bag‘rikenglik, birdamlik, о‘zaro yordam kabi sifatlarni shakllantirishga intiladilar. Xalq ta’limining sifati ta’limning keyingi bosqichlarida bolalarning bilimlarni sifatli о‘zlashtirishlarini kafolatlaydi. Buning uchun xalq ta’lim muassasalarini modernizatsiyalashga oid yagona talablarni ishlab chiqish, ushbu talablar sifatli ta’lim va tayanch kо‘nikmalarni hosil qilishni nazarda tutadi. Xalq ta’limni individuallashtirish tamoyili о‘zida bir qator talablarni mujassamlashtiradi. Jamiyatning rivojlanishi barobarida shaxs faoliyati ham kо‘proq darajada individuallashtiriladi va uning mavqeyi о‘zgaradi. Agar mamlakat va jamiyat qanchalik rivojlangan bо‘lsa unda har bir inson alohida qadrlanadi va о‘z о‘rniga ega bо‘ladi. Talabalar bugungi kunda rо‘y berayotgan voqealar, axborotlar oqimining jadallashuviga ongli munosabatda bо‘lish tajribasini egallashlari kerak. Ularda axborotlarni saralash, voqea-hodisalarga obyektiv munosabatda bо‘lish kо‘nikmalarining hosil bо‘lishi nihoyatda muhim. Bо‘lajak pedagog-tarbiyachilar kundalik ijtimoiy-siyosiy voqeliklarni tahlil qilish asosida ularni munosib baholash, shu asosda atrofdagilarning xatti harakatlariga tanqidiy munosabatda bо‘lishlari lozim. Bularning barchasi o`quvchilarda ma’naviy xislatlarni tarkib toptirish uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Xalq ta’lim muassasasi pedagog-tarbiyachilar bolalarda ijobiy xislatlarni tarkib toptirish bilan bir qatorda, ular xulq-atvoridagi salbiy xususiyatlarning oldini olish, ularni bartaraf qilish tajribasiga ham ega bо‘lishlari kerak. Kо‘pincha Xalq ta’lim muassasasiga yangi kelgan bolalarda tortinchoqlik, injiqlik, guruh hayotiga moslashmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Bunday holatlarni bartaraf etish, bolalarni jamoa hayotiga moslashtirish, ularni muloqot vaziyatlariga olib kirish, ruhiy osoyishtaliklarini ta’minlash pedagog tarbiyachilarning muhim vazifalari sirasiga kiradi. Bolalar xarakteridagi salbiy jihatlarni bartaraf qilishga kо‘maklashish, ularni tо‘g‘rilik va haqgо‘ylikka о‘rgatish, irodasini mustahkamlash pedagog tarbiyachilarning muhim vazifalaridandir. Bunda pedagog-tarbiyachilar jamoaviy ta’sir kо‘rsatish metodidan foydalanishlari kerak. Pedagog tarbiyachilar bolalarni tevarak-atrofdagi voqelik bilan tanishtirish, ularni shu jarayonda ishtirok etishlari uchun tayyorlashi kerak. Bolalar oldiga aniq, о‘rtacha murakkablikdagi vazifalar qо‘yilgandagina, ularda tashabbuskorlik, qiziquvchanlik, faollik kо‘rsatish istagi namoyon bо‘ladi. Natijada bolada mas’uliyat hissi paydo bо‘ladi, tarbiyachi tomonidan bildirilgan ishonchni oqlashga intiladi. Bolalarning о‘z oldiga qо‘yilgan topshiriqlarni bajara olishlari ularning xulq-atvorlari tartibga solinishiga kо‘maklashadi. Buning natijasida ularda xarakter, irodaviy xislatlar mustahkamlanadi. Bolalar xulq-atvoridagi ijobiy jihatlarga tayanish orqali pedagog tarbiyachi ularni rag‘batlantirib, kamchiliklarini bartaraf etishga etishadi. Biroq, bolaning kamchiliklarini muntazam ta’kidlayverish ijobiy natija bermasligini bо‘lajak pedagog-tarbiyachilar ongiga yetkazish lozim. Bolalarning xulq-atvorini shakllantirish uchun pedagog-tarbiyachi mehribon va talabchan bо‘lishi kerak. Bola xulq-atvoridagi tortinchoqlik, loqaydlik, о‘yinqaroqlik, qaysarlik kabilarni pedagog-tarbiyachilar ota-onalar bilan yaqindan hamkorlik qilishlari talab etiladi.











Yüklə 1,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin