Bolakay[ Hikoya]



Yüklə 20,21 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü20,21 Kb.
#46867
BOLAKAY


BOLAKAY[ Hikoya]

Tabiat qo’ynida bolakay beg’am, betashvish o’zi hardoim qiladigan ish bilan bant edi. Uning har doimgi ishi bu mehnatsevar chumolilarga hu-jim qilish va ularga katta talofat yetkazish edi. Bukun yana u o’zining ra-qiblari uchun puxta reja tuzmoqda, ularga qay usulda hujum qilish haqi-da o’ylamoqda. Atrof go’zal, o’rik daraxtiga qo’ngan sayroqi qushlar tin-may sayrashyapti. Quyosh chiqqaniga ancha vaqt bo’lgan. Bolakayning ota-onasi esa har doimgidek dala ishlari bilan bant. Bolakay chumolilar bilan jangdan so’ng qo’shni o’rtog’i bilan ko’cha changitib mazza qilib ko’cha kezadi va kechga yaqin charchab uyga qaytib keladi. Bolakay kunni har doim shu tartibda o’tkazar edi. Mana yana u kunni beozor chumolilarga talafot yetkazishdan boshladi. Bolakay ko’pincha sekin yu-radigan chumolilarga hujim qilar edi. Tez harakatlanuvchi chumolilarga hujim qilganida ular bolakayning oyoqlariga tezda o’rmalab chiqib keti-shar, bolakayning qochishdan boshqa chorasi qolmas edi. U aynan o’zini tez chekinishga majbur qiladigan kuchli raqiblariga hujim uyishtirmoq-chi va qanday hujim qilish bo’yicha puxta reja ham o’ylab qo’ygan. Bola-kay o’tlar orasidan chumolilarni sekin kuzatar, yaqiniga kelgan chumoli-larni ayg’oqchideb o’ldirar edi. U rejasi bo’yicha harakat boshladi. Dush-man ayg’oqchilari boshqa kelmay qo’yganiga ishonch hosil qilgan bola-kay hujimga o’tdi. Dastavval tez harakat bilan chumolilarning inini ber-kitdi va ularni berkinishdan va qo’shimcha kuchdan mahrum etdi. Uya og’zini berkitgach bolakay o’sha tezlikda chumolilar uchun maxsus yig’-ib qo’yilgan kesaklar yoniga bordi va tipirchilab qolgan chumolilarga qa-rata kesaklar ota boshladi. ’’Manabu haqiqiy bombardimon’’ o’yladi bo-lakay. Kesaklar birin-ketin yerga tushib parchalanib ketar, go’yo haqiqiy bonbalar tushayotganday bola tasavvurida gavdalanar edi. Chumolilar to’rt tomonga zir chopishar, kesak tagida qolayotganlari pachoq bo’lish-ardi. Bolakay o’zining kuchli raqiblariga qarshi yaxshi hujim uslubi top-ganidan xursand edi. Kesaklar tugadi va bolakay bonbardimondan



sog’ qolgan chumolilarning bir-ikkitasini oyog’I bilan bosib o’ldirdi. Bola-kay g’oliblik gashtida ko’chaga otlandi. U bukun o’zining kuchli raqiblar-ini mag’lub etdi.

Bolakay ko’chaga chiqishi bilan qo’shni bolani chaqirishga ketdi. Bola-kay o’rtog’i bilan bukun nimalar qilish bo’yicha gaplashishdi va ishni bog’dagi olmalarni paqqos tushirishdan boshlashni kelishib olishdi. Bog’ qishloq tashqarisida bo’lib, ancha katta joyni tashkil qilar edi. Bog’dagi daraxtlar ham bog’bon kabi navqiron yoshga kirgan edi. Har yili bog’ mevalarining o’ndan birini qishloq bolalari va yo’ldan o’tganlar yeb keti-shar, lekin bog’bonga buning sira qizig’I yoq edi. Unga mevalarning qol-gani ham yetib ortar edi. Bolakay bog’ga do’sti bilan kirib olmalarni bi-rin ketin paqqos tushira boshladilar. Keyin ular bog’dan chiqib mazza qi-lib ko’cha kezishdi. Bolakay hardoimgidek uyga kech tushganda qaytib keldi va qo’l-yuzini yuvib onasi pishirgan shirin ovqatni paqqos tushirdi. Bolakay bukun qilgan g’alabasidan shod-hursand, chunki u kuchli raqib-lari tez harakatlanuvchi chumolilarga qarshi hujimda ilkbor g’alaba qo-zondi. Bolakay yangi hujim qilish rejasini ertaga albatta sinab ko’rishni o’ylar, bugun qilgan hujimini qayta-qayta eslar edi. Shu o’y-hayollar bilan bolakay uxlab qoldi. Birvaqt kutilmaganda bolakay birdan qattiq og’riq his etdi. U onasini g’inshib uyg’otdi. Bolakayning onasi borib chi-roqni yoqdi va bolakay ne ko’z bilan ko’rsinkim hardoim mag’lub qilib yuradigan sekin yuruvchi chumolilar uning to’shagini butkul egallashgan ekan. ’’ Ha senlarnimi, ajoyib xiyla o’ylab topibsizlarku’’ deb o’yladi bo-lakay va ertaga bu qilmishi uchun bu bechora chumolilardan obdon qasos olishga ond ichdi. Ertangi hujum uchun yangi reja o’ylay-o’ylay onasi-ning to’shagida uxlab qoldi. Bolakay busafar qanday reja o’ylaganini va chumolilardan qanday qasos olishini ertaga bilib olamiz.
Yüklə 20,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin