O'zbekiston kompozitorlarining bolalar uchun qo'shiq ijodiyoti o'z rivojida ushbu janrniyanada takomillashtirish va boyitish an'anasiga ega. Ushbu kompozitorlik qo'shiq ijodiyotining ajoyib namunalari asosida O'zbekiston yoshlarining ko'plab avlodlari tarbiyalandilar. O'zbek kompozitorlari ijod yo'lining har bir davri, har bir bosqichi o'sib kelayotgan avlodga nisbatan muhabbat va g'amxorlik tuyg'ulari bilan sug'orilgan. Bu mualliflarning mahorati va iste'dodi, ularning fidokorona va beminnat mehnatlari bolalar qo'shig'i deb atalmish madaniy boylikni yaratadi, u musiqa pedagogikasi uchun bebahxo musiqiy material vazifasini o'taydi.

1939-yilda Ilyos Akbarovning "Bolalar ashulasi" mualliflik to'plami, 1940-yilda Boris Nadejdinning "Yosh bolalar uchun qo'shiqlar", 1942- yilda Toshkentda bolalarni badiiy tarbiyalash markaziy uyi tashabbusi bilan "Bolalar uchun qo'shiqlar" to'plami nashr etildi. Keyinchalik qator to'plamlarni ham nashr etish yo'lga qo'yildi: 1948-yilda Ilyos Akbarov tuzgan "Bolalar ashulasi", 1950-yilda Boris Nadejdin taxriri asosida "Bolalar qo'shiqlari", 1951-yilda G.Goncharova tuzgan "Boshlang'ich maktabda musiqa" o'quv qo'llanmasi, 1954-yilda "Yoshlik qo'shig'i" va 1955-yilda Boris Nadejdin tuzgan "Bolalar ashulasi", 1955-yilda "Kichkintoylar musiqasi' va 1956-yilda "Quvnoq qo'shiqlar" tuzuvchi Ilyos Akbarov , 1959-yilda "Biz kuylaymiz" tuzuvchi S.Karsevalar bolalar uchun mo'ljallangan nota to'plamlariga mualliflik qildilar.