Ilk va maktabgacha bo’lgan bolalarning yoshiga qarab bo’yi va vaznining o’rtacha ko’rsatkichlari
Yoshi
Gavda vazni, kg
Bo’yi, sm
o’g’il bolalar
qiz bolalar
o’g’il bolalar
qiz bolalar
1
10,0-11,5
9,1-10,8
73-79
72-77
2
12,4-13,7
11,7-14,1
85-92
82-90
3
13,7-15,3
13,1-16,7
92-99
91-99
4
15,3-18,9
14,4-17,9
99-107
96-106
5
17,4-22,1
16,5-20,4
105-116
104-114
6
19,7-24,1
19,0-23,6
111-121
111-120
Bolalarda kattalarga nisbatan tez va engil shartli aloqa vujudga keladi, lekin ularni tez-tez qaytarib turilmasa, bu shartli aloqa mustahkam bo’lmaydi. Harakat malakasini mustahkamlash uchun uni ko’p takrorlash charchashni vujudga keltiradi. Shuning uchun takrorlashni xilma-xil variantlarda bajarish lozim. Mashqni takroriy bajarishlar faqat o’zlashtirilayotgan material texnikasi haqida shug’ullanuvchi mukammal tasavvurga ega bo’lganidan so’nggina amalga oshiriladi. Harakat malakalarini mustahkamlash har xil sharoitda o’yin, musobaqa, turli xil topshiriqlarni bajarish shaklida amalga oshiriladi. Kim shu mashqni yaxshi bajara oladi?, Kim bayroqchaga tez yugurib borib qaytib kela oladi?, To’pni kim uzoqroqqa ota oladi? yoki Mo’ljalni ura oladi? kabilar. Jismoniy mashqlarni o’rgatishdagi o’ziga xoslik uslubiyatlarning o’zaro munosabatlarida namoyon bo’ladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarga o’rgatishda taqlid qilish, ko’rinib turgan narsaga yoki uning yonidagi boshqa narsaga, unga teskari tomonga, pastga, balandga, orqaga va h.k. deb mo’ljalga olish kabi o’yin usullarini kiritish o’qitishning hissiy ko’tarinkiligini oshiradi.
Bu yoshdagi bolalar maxsus bilimlarni diafilmlar, kinofilmlardan, mashqni tushuntirayotganda eshitib, harakat texnikasini, harakatli o’yinlar qoidalarini o’rganishda foydalanadilar va, shu bilan bir qatorda, shaxsiy va umumiy gigienik tushunchalarga ega bo’lib boradilar.