Yugurish - yurishga nisbatan ancha harakatli mashqdir. Shu sababli u harakat tayanch apparatiga, yurak-qon tomiri va nafas olish organlariga yurishga nisbatan katta ta’sir o‘tkazadi. Yugurish, tezlik va chidamlilikni takomillashtirishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi.
Yugurishning ifodasi va jadalligi turlicha bo‘lishi mumkin, shuning uchun u gimnastika darsining barcha qismlarida qo'llaniladi.
Gimnastika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan yugurish mashqlari: oddiy yugurish, tizzalarni baland ko‘tarib yugurish, oyoqlarni oldinga, orqaga bukib, oldinga, orqaga va yon tomonga siltab yugurish, chalkash qadamlar bilan oldinga, yon tomonga yugurish, qo'shimcha harakatlarni bajarib, burilishlar, to‘xtashlar bilan, buyumlarni uloqtirish va uni i!ib olish uchun yugurish, qavta safla-nib, turli to‘siqlarni oshib o‘tib, to‘siqlar ustida yugurish, yugurish va yurishni navbatma-navbat bajarish va h.k.
Tirmashib chiqish mashqlari
Tirmashib chiqish mashqlari chaqqonlik va epchillikni, o‘z kuchiga ishonchni oshirib, muvofiqlashtirish qobiliyatini takomil-lashtiradi. Tirmashib chiqish, aralash osilishda va faqat qo'llarda osilish holatlarida bajariladi, qo'llarda osilib chiqayotganda ehtiyot bo‘lish zarur, chunki unda asosiy og‘irlik qo‘l va yelka bo‘g‘imi mushaklariga tushadi. Shuni hisobga olgan holda mashg‘ulotlarda faqat qo‘llarda osilib chiqish mashqlarini aralash osilishda tirmashib chiqish mashqlari bilan galma-gal bajarish kerak. Aralash osilish yordamida tirmashib chiqqanda qo‘l va yelka bo‘g‘imi mushaklariga tushadigan og‘irlik ancha kamayadi, biroq mashq bajarganda oyoq va gavda mushaklari qatnashgani uchun nafas olishga yaxshi sharoit yaratiladi.
Aralash osilish va aralash tayanishda tirmashib chiqish. Gimnastika devoriga tirmashib chiqish mashqlari:
oyoq va qo'llarni navbatma-navbat almashtirib yuqoriga tirmashib chiqish, pastga tushish va yonbosh tomonlarga yurish;
shuning o‘zi, lekin ikki qo‘l bilan baravariga ushlab tirmashib chiqish;
yuqoriga sakrab, pastga va yon tomonlarga sakrash (bu mashq bajarilganda muhofazaga e’tibomi kuchaytirish zarur);
devorga orqa bilan turib tirmashib chiqish.
Arqonga tirmashib chiqish. Osilgan arqonda aralash osilib tirmashib chiqishning uch usuli mavjud: bukilgan qo‘llarda tirmashib chiqish, uch va ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Uch harakat usulida tirmashib chiqish xotin-qizlar va o‘rta maktab yoshidagi bolalar mashg'ulotlarida qo‘llamladi, chunki kuch faqatgina qo‘l va yelka bo‘g‘imi mushaklariga tushmasdan, oyoq mushaklariga ham tushadi. Arqonning qattiqligi va yo‘g‘onligiga qarab, arqon oyoqlar bilan bir oyoqning taqimi va ikkinchi oyoqning tovoni bilan yoki «sirtmoq» qilib ushlanadi. Bunda arqon bir oyoqni soni va boldi-rining tashqarisidan o‘tadi va oyoq kafti ichki tomonlari bilan qisib ushlanadi. Ikki harakat usulida tirmashib chiqish. Ikki harakat usulida tirmashib chiqishning ikki turi mavjud. Birinchi turi (129-rasmda) ko‘rsa-tilgan. Birinchi usul - qo‘llarga tortilib, oyoqlar tizzada buldladi va ular bilan arqon qisiladi.
Ikkinchi usul - oyoqlarni to‘g‘rilab (depsinib) qo'llarni almashtirib, arqonning yuqorisidan ushlanadi, ya’ni to‘g‘ri qo‘llarga osilish holatiga o‘tiladi. Tirmashib chiqishning bu usuli harakat muvofiqligi bo'yicha uncha murakkab emas.
Dostları ilə paylaş: |