Bolalar nutqining rivojlanish bosqichlari X. U. Davlatova (AnDU) Annotation



Yüklə 57,37 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix25.12.2023
ölçüsü57,37 Kb.
#194525
1   2   3   4   5
 
ayta boshlaydilar, bir yoshga
 
to‘lganlarida esa bir necha so‘zlarni va qisqa 
iboralarni tushunishni boshlaydilar. Shu yoshdan boshlab kichkintoylar oddiy 
ko‘rsatmalarni tushunishlari va ularga amal qilishlari mumkin. Masalan, yoshini so‘rasalar, 
ko‘rsatkich barmog‘ini ko‘rsatish orqali 1 yoshga to‘lganini qo‘l harakatida ifodalaydilar, 
shu bilan birga, ular uchun sevimli bo‘lgan uy hayvonlaridan tovuqlar, jo‘jalarning sonini 
so‘ralganda ham, barmoqlari bilan ifodalaydilar. Yaqin insonlari (onasi, buvisi, opasi, akasi) 
tomonidan salomlashish o‘rgatilganda, garchi ular to‘liq gapira olmasalar-da, o‘ng qo‘lini 
uzatib ko‘rishishni o‘rganadilar yoki, aksincha, xayrlashganda qo‘llarini, asosan, 
barmoqlarini silkitish orqali xayrlashishni ifodalovchi xarakatni ko‘rsatadilar 
Ularning og‘zaki nutqi bir yoshda noaniq bo‘lib, nutq tovushlarining deyarli 
barchasini o‘z ichiga oladi. So‘z boyligi doimiy ravishda oshib boradi. Bu yoshdagi 
chaqaloqlar o‘rtasida ham farqlar mavjud bo‘lib, ba’zilari ko‘plab so‘zlarni gapirishni 
boshlaydilar, boshqalari esa hali ham dastlabki so‘zlarni aytishga qiynalayotgan bo‘ladilar. 
Masalan, 1 yoshlik Foziljon “dada”, “amma”, “choy” so‘zlarini bemalol ayta oladi, 1 
yoshlik Abror esa yuqoridagi so‘zlarni to‘liq ayta olmaydi. “dada-dad, dad”, “choy-umma”. 
Bola 1-1,5 yoshga yetganda, endi yura boshlaganda, aka-opasini, ota-onasini odiga kelib 
“meni ko‘taring” so‘zini ayta olmay, “xo‘ppa” deb ikkala qo‘lini yuqoriga ko‘tarib, qo‘l 
xarakati orqali fikrini ifodalashga urinadi
.
 
2 yoshli bolalar oddiy ko‘rsatmalarni tushuna oladilar. Ular o‘z ismlarini ayta oladilar 
va ikki-uchta so‘zlardan iborat jumlalardan foydalana oladilar. 
3 yoshli bolalar oddiy hikoyalarni, takliflar, ko‘rsatmalarni tushunishlari mumkin. 
So‘roq gaplar, buyruqlar va inkor jumlalardan foydalanadilar. Bu yoshda bolalarning nutqi 
to‘liq va aniq tushunarli bo‘ladi. Shu bilan birga, savollar berishni boshlaydilar. Birgalikda 
kitoblar o‘qishni, rasmlarga ishora qilib, kitobdagi voqealar haqida suhbatlashishni 
uddalaydilar.
4-5 yoshli bolalarning nutqi tobora kattalar nutqiga o‘xshay boshlaydi. Bu yoshda 
bolalar o‘z tasavvurlarini tengdoshlariga va kattalarga aytishni yaxshi ko‘radilar. Ayniqsa, 
bu yoshda ko‘p savol beradigan, sergap, mahmadona bo‘ladilar. 4 yoshli Omonboy 
nutqidan:
– Barakalla, azamat, sen juda esli bola ekansan, – deb moy hidi kelib turgan 
kattakon kafti bilan Omonboyning boshini silab qo‘ydi. Omonboy haqiqatdan ham azamat 
va haqiqatdan ham esli bola edi. Shuning uchun ham shosha-pisha: 
– Amaki, men-chi kechasi yotayotganimda kindigimga yog‘ surtib yotaman! – deb 
axborot berdi yana. 
– Mana buni chinakam qahramonlik desa bo‘ladi! – novcha amaki bu gal 
Omonboyning yelkasiga qoqib qo‘ydi, – suvni qayerdan ichasizlar? 
– Bog‘imizda hovuz bor, – negadir hovliqib dedi, Omonboy, – orqamdan 
yuravering... Undan keyin-chi, amaki men ovqat yeyishdan oldin qo‘limni yuvib kelaman. 


277 
– Voy-bo‘y, sen chindan ham ajoyib bola chiqib qolding -ku! 
– Undan keyin-chi, amaki, men ovqat yeganimda labimni chapillatmayman. 
– Ofarin 
[4:6].
 
O‘zbek oilalarining eng asosiy burchlaridan biri nutqiy odob-axloq va ta’lim 
tarbiyaga jiddiy yondashishligidadir. O‘zbek oilalarida tarbiya jarayonida ota-onaning, 
ayniqsa, bobo-buvilarning o‘rni beqiyosdir. “
Bir bolaga yetti qo‘shni ota-ona
”, degan 
maqolning o‘zidanoq o‘zbeklar uchun bolaning nutqiy tarbiyasi qanchalik muhimligini 
anglash mumkin [8]. Bunga misol tariqasida biz ko‘chada, o‘yingohlarda, xiyobonlarda 
do‘stlari bilan o‘ynayotgan yosh bolalarni yoki o‘smirlarni bir-birlari bilan nutqiy 
muloqotiga vulgar so‘zlarni qo‘llagan holatlarida, yoshi ulug‘ insonlar tomonidan ularga 
tanbeh berish, nasihat qilish orqali yoshlarning nutqini tartibga solishga urinishlarini 
bevosita guvohi bo‘lamiz.
Bolalarning go‘zal hulqli, didli farosatli, barkamol, bilimli, zukko, jamiyatning har 
sohasida yetuk mutaxasis bo‘lib kamol topishida ota-onaning o‘rni beqiyosdir. Zero, 
xalqimizning taniqli ma’rifatparvar adibi Abdulla Avloniyning “
Tarbiya biz uchun yo hayot 
– yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo falokat masalasidir
”, deb aytgan so‘zlari 
naqadar haqiqatdir. [2] 
Buyuk vatandoshimiz Imom G‘azzoliy farzand tarbiyasi borasida bunday deydi: 

Bolalar ota-onalariga berilgan bir omonatdir. Bolaning qalbi har qanday naqsh-u 
tasvirdan xoli bir qimmatbaho gavhardir. U qanday naqsh solinsa, qabul qiladi, qayoqqa 
bukilsa, egiladi. Agar yaxshilikka o‘rgatilsa, shu bilan o‘sadi va dunyo-yu oxiratda 
saodatga erishadi. Uning savobiga ota-onasi ham, har bir muallim-u ustozlari ham sherik 
bo‘ladilar. Agar yomonlikka odatlantirilsa, hayvonlardek o‘z holiga tashlab qo‘yilsa, oxir-
oqibat halok bo‘ladi. Gunohi esa uning tarbiyasi uchun javobgar bo‘lganlarning gardaniga 
tushadi
” [9]. 
Oiladagi ota-onalarning muomala madaniyati, nutqi, so‘zlashuv uslubi bevosita 
farzandining nutqiga ta’sir qilmasdan qo‘ymaydi. Ota-bobolarimiz “
Qush uyasida 
ko‘rganini qiladi”
, deb bejiz aytmagan [8].
Chunki bola tabiatidan ma’lumki, ular taqlidchan va kuzatuvchan bo‘ladilar. Agar 
farzandlar sog‘lom yoki nosog‘lom muhitda tarbiyalansa, bu holat ularning nutqida, xatti-
harakatida va tengdoshlari, o‘zidan kattalar bilan muloqot jarayonida seziladi.
O‘zbek oilalaridagi farzandlarning nutqiy tarbiyasi borasida yana bir muhim jihat 
shundan iboratki, ona-onalardan tashqari, bobo-buvilarning o‘rni beqiyosdir. Ijtimoiy 
hayotimizdagi bolalarning so‘zlashuv jarayonini kuzatsak, oilada yoshi ulug‘ insonlar 
tarbiyalagan farzandlarning nutqi, yosh ota-onalar tarbiyalayotgan bolalarning nutqidan 
ajralib turadi. Azal azaldan ota-onalar o‘z farzandlarini har taraflama tarbiyasini, jumladan 
nutqiy tarbiyasini ham ularning bobo buvilariga ishonib topshirganlar. Yoshi ulug‘ insonlar 
nabira, chevaralarining go‘zal hulqli, xushmuomala, odobli bo‘lib ulg‘ayishlarida 
o‘zlarining pand nasihatlarini berib kelishmoqda. 
Ota-onalar va tarbiyachilar, murabbiylar bolalar bilan o‘zaro aloqada bo‘lganlarida, 
ularni nutqini to‘g‘ri shakllantirishga yodam berishlari, so‘zlarni to‘g‘ri talaffuziga e’tiborli 
bo‘lishlari va har bir savollariga erinmasdan javob berishlari kerak. 
Bizga ma’lumki, chaqaloqlarning birinchi aloqa vositasi bu – yig‘lash. Bunga 
javoban ota-onalar va murabbiylar bolani ko‘taradilar, unga gapiradilar, erkalatadilar, 
ovqatlantirish orqali ularni tinchlantiradilar. Biz chaqaloqlarni yig‘lashdan tashqari, tana 
harakati, qo‘l mimikalari va imo-ishoralar bilan ham muloqotga kirishgan jarayonlarini 
ko‘rishimiz mumkin. Nutq tovushlarini o‘stirish uchun chaqaloqlarga o‘yinchog‘ini 
ko‘rsatib, uning nomini to‘liq aytish kerak, garchi ular gapira olmasalar-da, o‘yinchoqning 


278 
nomi ularning xotirasida qoladi. Masalan, o‘g‘il bolalar uchun mashinani ko‘rsatib, “didik” 
emas, mashina, deb aytish kerak. Qizlar uchun o‘zbek milliy ertak qahramonlaridan bo‘lgan 
Zumrad qo‘g‘irchoqni ko‘rsatib, nomini to‘liq aytish kerak (qizlar ulg‘aygan sari, bir ikki 
so‘zlarni qo‘shib aytib borilsa nutqi tezroq shakllana boradi (

Yüklə 57,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin