Bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati



Yüklə 47,43 Kb.
səhifə1/8
tarix27.12.2023
ölçüsü47,43 Kb.
#199767
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiya


Ikkinchi signal sistemasi nutq markazlari

Reja:



  1. Nutq - oliy faoliyat.

  2. Nutq markazlarining anatomik tuzilishi.

  3. Nutq markazlarining faoliyati.

  4. Nutq markazlarining patologiyasi.


Bolalar nutqining rivojlanishida ko‘rish va eshitishning ahamiyati

Yangi tug‘ilgan chaqaloqning qichqirishi reflektor akt bo‘lib, u tashqi harorat ta’siri bilan shartlangandir. Birinchi qichqiriq bolaning nafas olishni boshlaganini ko‘rsatadi. Bola dastlabki oyida sovuq ochlik va hokazoga yig‘i, qichqiriq bilan javob beradi. Bu yig‘i kelajakdagi tovush chiqaruvchi nutq uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Nutqning to‘g‘ri rivojlanishi uchun bola normal eshitadigan bo‘lishi muhimdir.
Eshitish organi bola tug‘ilgan kunidan boshlaboq ishga tushadi. Hayotining ikkinchi kelib, bolaning ovozga quloq solayotganini kuzatish mumkinki, bu eshituv analizatorining funksional jihatdan yetarlicha yetukligi hamda markaziy nerv sistemasida eshituv dominanti paydo bo‘la olishini ko‘rsatadi.
Hayotining 2-oyiga kelib bola sifat har xil tovushlarni ajrata boshlaydi. 3-oydan boshlab ovoz kelgan tomonga qarash odati paydo bo‘ladi. Bola 3-4 oylik bo‘lganda tovushlarning tonini ajrata boshlaydi.
Bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi yosh ulg‘aygan sari o‘zgarib boradi, 6,5 - 9,5 yashar bolalarda nutqni eshitish bo‘sag‘asi katta yoshli bolalardagiga qaraganda yuqori bo‘ladi.
Nutqining rivojlanib borishida bolalarning kattalar bilan aloqa bog‘lab, suhbatlashishi katta ahamiyatga ega. Bu esa bolaning eshitib eslab qolish qobiliyati va lug‘at boyligining boyib borishiga yordam beradi.
Tug‘ma kar tug‘ilgan bolalarda atrofdagilar nutqiga taqlid qilish rivojlanmaydi. Gu-gulash ularda normal eshitadigan tengdoshlaridagidek paydo bo‘ladi. Lekin u eshituv idroki tomonidan mustahkamlanmaganligi sababli asta-sekin so‘nib boradi. Bu holatlarda maxsus pedagogik ta’sirsiz bolalarda nutq rivojlanmaydi. Ilk yoshlik paytida bola tovush, bo‘g‘in va atrofdagilarning so‘zlarini noaniq, buzilgan holda idrok etadi. Shu sababli bolalar bir fonemani ikkinchisi bilan aralashtirib yuboradilar, nutqni yomon tushunadilar. Juda ko‘p xollarda bolalar o‘zlarining noto‘g‘ri talaffuzlarini sezmaydilar. Natijada u odat tusiga kirib, turg‘un bo‘lib qoladi. Keyinchalik bu holat qiyinchilik bilan bartaraf qilinadi.
Fonematik idrok asta-sekin, talaffuzning shakllanishi bilan paralel ravishda rivojlanadi. Odatda, bola 4 yoshga yetganda o‘z ona tilidagi barcha fonemalarni eshitish orqali ajrata olish qobiliyatiga ega bo‘ladi.
Ko‘rish ham bola nutqining rivojlanishida muhim rol o‘ynaydi. Nutqning paydo bo‘lishi va uning idrok kilinishida ko‘rish analizatorlarining muhim rol o‘ynashi, tug‘ma ko‘r bolalarning kech gapira boshlashi bilan tasdiqlanadi.
Ko‘radigan bola gapirayotganlarning til va lab harakatlarini sinchkovlik bilan kuzatadi, ularni takrorlashga harakat qiladi. Odatdagi artikulyatsion harakatlarga yaxshi taqlid qiladi.
Bolaning rivojlanishi jarayonida ko‘rish, eshitish va boshqa analizatorlar o‘rtasida shartli aloqalar sistemasi yuzaga keladi va u takrorlanib turuvchi aloqalar bilan doim rivojlanib, mustaxkamlanib boradi.


Yüklə 47,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin