Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi



Yüklə 19,14 Kb.
səhifə2/6
tarix19.12.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#186872
1   2   3   4   5   6
Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi

Inson o‘z tafakkuri, ongi bilan hayvonot olamidan ajralib chiqqan hamda jahonning hukumdoriga aylangan. Tafakkur inson bilish faoliyatining yuksak bosqichi hisoblanib, uning yordami bilan atrof-muhitga aloqador qonuniyatlar ochiladi, bunyodkorlik ishlari ro‘yobga chiqariladi, jamiyatning istiqbol rejalari yaratiladi, tabiatga nisbatan munosabat o‘rnatiladi. Ma’lumki, olamdagi barcha narsalarning yaratilishi, loyihasi, tuzilishi, yaqqol ijrosi, g‘oyalar ishlab chiqilishining barchasi tafakkur mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Taraqqiyot (progress), madaniyat, jamiyat, shaxs kamoloti negizida salohiyat majmuasi tarzida yuzaga keluvchi, rivojlanishning harakatlantiruvchisi - tafakkur yotadi. Inson o‘z tafakkuri, nutqi, ongi mavjudligi tufayli dunyodagi, borliqdagi mavjudotlardan ham mazmun, ham miqdor jihatidan yuksak kamolot darajasiga ko‘tarilgan. Xuddi shu bois inson tafakkurini rivojlantirish, takomillashtirish, ichki imkoniyatlari, mexanizmlarini ro‘yobga chiqarish taraqqiyotni belgilovchi omil sifatida gavdalanadi. Bugungi kunda biz insonlar butun yer yuzidagi o‘ta murakkab J -J telefon tarmoqlariga qaraganda ancha murakkab tuzilishdan iborat bo‘lgan atigi uch funtli inson miyasini tadqiq eta oldik: yangi tug‘ilgan chaqaloqlarning qobiliyatlaridan taajjubga tushdik; inson ongining vizual obrazlarini bir vaqtning o‘zida, parallel ishlov berish uchun guruhlab, keyin esa ulardan qayta yorqin rangli obrazlarni yaratuvchi millionlab nerv impulslariga taqsimlovchi sensor tizimini munosib baholay oldik; inson xotirasining umumiy ko‘rinishi bilan hajmining cheksizligini va biz tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarga ongli hamda anglamagan holda osonlik va zudlik bilan ishlov berishimizga ishonch hosil qildik.

Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.

  • Tafakkur muammosi xorij psixologiyasida keng doirada tadqiq qilinib, atroflicha bilimlar va ma’lumotlar zahirasi to‘plangan. Aynan keltirilgan ma’lumotlarda tafakkur tushunchasi turli nuqtai nazarlardan tahlil qilinadi.
  • Ekzistensializmning asoschisi bo‘lmish nemis faylasufi Martin Xaydeger (1889-1978) tushunish uchun o‘z diqqatimizni qarata olsakkina biz fikrlashga o‘rganamiz-deb yozadi. Uning fikricha, narsa va voqealarning mohiyatini tushunish, anglab etish, inson fikrlash jarayonida muhim o‘rin egallaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa insonni fikrlashga undaydi. Tushunishni talab qiladigan narsa hech qachon biz tomonimizdan yaratilmaydi.
  • Xaydegerning fikricha, tafakkur mavjudligining asosiy xislati bu tasavvurdir. Tafakkur haqidagi ta’limotga asosan tasavvur fikrda ifoda etiladi. Shuning uchun ham tafakkur haqidagi ta’limotni logika, mantiq deb ataydi.
  • K.R.Megrelidzening ta’kidlashicha, insondagi biror bir ruhiy hodisa ijtimoiy omilni hisobga olmasdan turib, to‘g‘ri tushuntirilishi mumkin emas. Bu narsa birinchi navbatda tafakkurga taalluqlidir. Tafakkurning ijtimoiy hayotning boshqa ko‘rinishlarisiz o‘rganish mumkin emas.

Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin