Bolalar psixologiyasi va psixodiagnostikasi


I guruh: 1) bevosita hissiy aloqada bo’lish (0-1 yoshgacha); 2) predmetlarni qo’l bilan harakatga keltirish davri (1-3 yoshgacha II guruh



Yüklə 0,88 Mb.
səhifə8/62
tarix24.12.2023
ölçüsü0,88 Mb.
#193445
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
Балалар психологиясы ОМК (2)

I guruh: 1) bevosita hissiy aloqada bo’lish (0-1 yoshgacha);
2) predmetlarni qo’l bilan harakatga keltirish davri (1-3 yoshgacha
II guruh: 1) rolli o’yinla faoliyati davri (7-10 yoshgacha);
2) o’qish faoliyati davri (7-10 yoshgacha );
III guruh: 1) o’zaro samimiy , munosabatda bo’lish davri (10-15 yoshgacha);
2) o’quv professional faoliyat davri, kasb tanlash davri (17 yoshgacha)
D.B.Elkoninning yosh davrlarni tabaqalash haqidagi talimoti bolalar psixologiyasida muhim o’rin egallaydi. Bolalar psixologiyasi fanining yana bir namoyondasi A.A.Lyublinskaya ijodida ham yosh davrlarni tabaqalash malakasiga katta o’rin berilgan. Olima bola kamolotini uning faoliyatiga qarab davrlarga ajratadi.
1. Chaqaloqlik davr (0-1 yoshgacha).
2. Kichik maktabgacha davri –(1 oydan -1 yoshgacha).
3. Maktabgacha tarbiyadan avvalgi davri 1 yoshdan 3 yoshgacha.
4. Maktabgacha tarbiya davri (3-7 yoshgacha).
5. Kichik maktab yoshi davri (7-11-12 yoshgacha).
6. O’rta maktab yoshi davri (13-15 yoshgacha).
7. Katta maktab yoshi davri (15-18 yoshgacha ).
Pedagogik psixologiya fanining namoyondasi V.A.Krutetskiy ham bola kamolotini quyidagicha takidlaydi:

  1. Chaqoloqlik (0-10 kungacha).

  2. Go’daklik (10-kundan -1 yoshgacha).

  3. İLK bolalik (1-3 yoshgacha).

  4. Bog’chagacha davr (3-5 yoshgacha).

  5. Bog’cha yoshi (5-7 yoshgacha).

  6. Kichik maktab yoshi (7-11 yoshgacha).

  7. O’smirlik (11-15 yoshgacha ).

  8. İlk o’spirinlik yoki katta maktab yoshi (15-18 yoshgacha).

Hozirgi zamon psixologiyasining ko’zga ko’ringan yirik psixologi A.V.Petrovskiy turli yosh davrlarning o’ziga xos psixologik xususiyatlarini hisobga olib, yoshlikni quyidagi davrlarga ajratadi.

  1. İlk bolalik (0-3 yoshgacha).

  2. Bohcha davri (3-7 yoshgacha).

  3. kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha).

  4. O’rta maktab yoshi o’smirlik davri (11-15 yoshgacha).

  5. Yuqori sinf o’quvchisi (ilk o’spirinlik ) davri (15 yoshdan 17 yoshgacha).

A.B. Petrovskiy davrlarga ajratishda har bir yosh davr orasida bosqichlar o’ziga xos xususiyatlarini hisobga olib ifodalamagan.
Yuqorida keltirilgan ko’pchilik olimlarning bola kamolatini davrlarga ajratish muammolari o’zlariga xosligi bilan ajralib turadi. Biz ularni ham fiziologik va ham psixologik taraqqiyoti, faoliyat turlarining o’zgarib turishi va organizmdagi sodir bo’ladigan xusussiyatlarni hisobga olib bolalikni quyidagi davrlarga ajratishni tavsiya etamiz.

  1. Chaqaloqlik davri (0-1 oygacha );

  2. Go’daklik davri (1 oydan -1 yoshgacha);

  3. İlk bolalik davri (1-3 yoshgacha );

  4. Bog’cha yoshi davri (3-7 yoshgacha );

  5. Kichik maktab yoshi davri (7-11 yoshgacha );

  6. O’rta maktab yoshi yoki o’smirlik davri (12-15 yoshgacha );

  7. İlk o’smirlik (kollej, litsey ) davri (15-18 yoshgacha );

Albatta bu davrlarni bir-biridan qatiyan bir yosh bilan chegaralab qo’yish mumkin emas. Bola o’zining o’sishda shu davrlarni ertaroq yoki kechroq kechiradi, ammo bu davrlar bir-biriga tabiiy bog’lanib boradi va oldingisi keyingisiga zamin hozirlaydi. Har bir davrda bolaning ayrim ruhiy tomonlarigina emas, balki uning umumiy siymosi, afti angori ham boshqacha ko’rina boshlaydi va ularning yosh belgilariga qarab talim tarbiya muassasalariga qabul qilinadi.
Bolaning yosh belgisi uning taraqqiyoti darajasini ko’rsata olmaydi. Chunki 2 ta bir yoshdan bola belgisi jihatidan bir xil bo’lsa ham, taraqqiyot darajasi har xil bo’lishi mumkin. Shunga binoan biz bola shaxsining individual xususiyati va yoshlik xususiyati deb ularni bir-biridan farq qilamiz. Har bir ota-ona, tarbiyachi va o’qituvchilar bola shaxsining xususiyatlarini bilishi va uning ko’ngliga yo’l topa olishi lozim.

Yüklə 0,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin