Terini parvarish qilish va teri kasalliklarining oldini olish. Donishmand xalqimizning maqoliga ko‘ra teri-sog‘liq oynasidir. Teri odam organizmida himoya, ayirish, nafas olish, tana harorati doimiyligini ta’minlash kabi hayotiy muhim funksiyalarni bajaradi. Bu funksiyalar normal o‘tishi uchun teri doimo toza bo‘lishi zarur.
Terining eng ustki epidermis qavatining hujayralari uzluksiz po‘st tashlab, yangilanib turadi. Bir kecha-kunduzda teri yuzasida 10-15 gramm epidermis hujayralarining chiqindilari hosil bo‘ladi. Agar odam muntazam ravishda yuvinib (cho‘milib) turmasa, terisining ustki qavatidan ajralgan po‘st chiqindilari ter va yog‘ bezlarining suyuqligi bilan qo‘shilib teriga yopishib qoladi. Teri-ning ustki qismi chiqindi moddalar bilan qoplanib, ter va yog‘ bezlarining suyuqlik chiqaradigan kanalchalarini yopib qo‘yadi. Buning oqibatida terining nafas olish, ayirish, tana harorati doimiy-ligini ta’minlash va boshqa funksiyalari buziladi.
Bundan tashqari teri ustini qoplagan chiqindi moddalar, ya’ni kirlanish kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroblar yashashi va ko‘payishi uchun qulay sharoit yaratadi. Ma’lumki, kirlangan teri qichiydi va odam qashishi tufayli teri tirnaladi, tilinadi. Bu jarohatlarga tushgan mikroblar yiringli yara hosil qiladi. Shuningdek, terini qashigan paytda undagi mikroblar tirnoq ostiga kirib qoladi va qo‘lni sovunlab yuvmasdan ovqat iste’mol qilganda ular ovqat hazm qilish a’zolariga kirib, me’da-ichak kasalliklarining yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.
Yuqumli gepatit “A”, ichburug‘, ich terlama kabi kasallik-larning asosiy sababi oddiygina ozodalikka rioya qilmaslik, ya’ni idish-tovoqlarni toza yuvmaslik, qora pashshalarga qarshi kurash-maslik, taom iste’mol qilishdan avval qo‘lni sovunlab yuvmaslikdir.
- bolani yoshligidan qo‘l yuvishga o‘rgatish lozim. Qo‘lni ovqatlanishdan oldin albatta sovunlab yuvish zarurligini bolalarga o‘rgatish lozim;
- yuz, bo‘yin sohalarini har kuni ikki marta ertalab va kechqurun uxlash oldidan yuvish lozim;
- haftada 1-2 marta hammomga kirish yoki issiq dush qabul qilish lozim. Cho‘milganda o‘quvchilar maxsus “Bolalar” sovunidan foydalansalar yaxshi bo‘ladi. Bu sovunning tarkibidagi lanolin moddasi terini yumshatadi, undagi bor kislota teridagi mikroblarni yo‘qotadi.
Ba’zi joylarda suvning tarkibidagi kalsiy, magniy tuzlari ko‘p bo‘lganligi uchun bunday suv qattiq suv deyiladi. Qattiq suvda yuvinish va cho‘milish terini qotirib qo‘yadi, uning kiri yaxshi ketmaydi. Qattiq suvni yumshatish uchun uni qaynatish yordamida tuzlarini cho‘ktirish kerak.
Tirnoqlarni toza saqlash va parvarish qilish muhim aha-miyatga ega. Ayniqsa, yosh bolalar, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari turli buyumlar va o‘yinchoqlar bilan ko‘proq shug‘ullanishadi. Shuning uchun ularning tirnoqlari orasiga chiqindilar, mikroblar, gijja tuxumlari kirib qolib, ovqat bilan me’da-ichaklarga tushadi va turli xil yuqumli kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Shuning uchun har kuni tirnoqlarning orasini shyotka va sovun bilan yaxshi yuvish, haftada bir marta tirnoqlarni olib turish zarur.
Har kuni kechqurun uxlash oldidan oyoqlarni yuvish, paypoqni har 3 kunda almashtirish tavsiya etiladi.