NEVROZNING BOSHQA KASALLIKLAR VA ALOMATLAR BILAN ALOQASI
Bosh og’rig’i
Bosh og‘rig‘i turli xil aqliy holatlarda va kasalliklarda uchraydi. Odatda u emotsional zo‘riqish yoki o‘z his-tuyg‘ularni bostirish (masalan g‘azabni) hollarida paydo bo‘ladi. Bundan tashqari, bosh og‘rig‘i gallyutsinator (psixalgiya) bo‘lishi mumkin.
Vegetotomirli distoniya
Vegetotomirli distoniya — bu vegetativ asab tizimi faoliyatining buzilishidir. Aqlga bo‘ysunadigan va mushaklarni boshqaradigan somatik nerv tizimidan farqli o‘laroq, vegetativ asab tizimi avtomatik ravishda ishlaydi va organizmning a‘zolari va tizimlari faoliyatini ta‘minlaydi.
Xavf tug‘ilganda vegetativ asab tizimi xavfni yengish uchun organizmning kuchlarini safarbar qiladi (masalan, qon bosimini oshiradi). Agar odam tez-tez xavfli deb hisoblangan vaziyatga faol javob qaytara olmasa (masalan, ijtimoiy omillar tufayli) va o‘zining xavotirini bostirishga majbur bo‘lsa, shuningdek, xavfli bo‘lmagan ko‘p vaziyatlar unda qo‘rquv hissini uyg‘otsa (yoki u panik xujumlardan aziyat chekayotgan bo‘lsa), avtonom asab tizimi noto‘g‘ri ishlay boshlaydi, xatolar to‘planib boradi va muvozanatning yo‘qolishi yuzaga keladi, bu VTDning bevosita belgilari bilan bir qatorda turli a‘zolar ishining buzilishiga sabab bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: |