Bolalarda foliy kislotasi tanqisligini aniqlash bo’yicha dasturiy ta’minot



Yüklə 15,57 Kb.
tarix02.01.2022
ölçüsü15,57 Kb.
#46326

2. Ushbu “Bolalarda foliy kislotasi tanqisligini aniqlash bo’yicha dasturiy ta’minot” dasturiy vositasi birinchi tibbiy-sanitar yordam sektoridagi bolalarda foliy kislotasi tanqisligini erta aniqlash bilan bog’liq bir necha masalalarga visual yechim topish uchun ishlatiladi.

Bolalarda foliy kislotasi anemiyasi keng tarqalganligi sababli bugungi kunda foliy kislotasi tanqisligini umuman aniqlanmaydi. Shu sababli klinik va anamnestik simptomlar ustidagi tadqiqotlarimiz natijasiga asoslangan holda biz ushbu dasturir ta’minotni ishlab chiqdik. U past va birinchi tibbiyot sohalarida ishlovchi umumiy amaliyot pediatrlari va doktorlari uchun mo’ljallangan bo’lib foliy kislotasi tanqisligini oldindan aniqlash vazifasini bajaradi.


Dasturiy vosita inedtifikatsiyalangan ma’lumot maydonidan tibbiy diagnostic ob’ektlar va ularni tasniflash vazifalarini yechishni anglatuvchi qator xususiyatlardan ma’lumot maydonini shakllantirish baholarini aniqlashga asoslangan mukammallashtirilgan algoritmlar asosida ishlab chiqilgan.

Dasturiy ta’minot tarkibiga quyidagilar kiradi:
­– boshlang’ich ma’lumotlarni o’qib chiqish;
– ma’lumot belgilari to’plamini tanlab olish;
– ma’lumot belgilari bo’yicha diagnostik holatni baholash;
– dasturiy ta’minot haqida umumiy ma’lumot;
– dasturdan chiqish.

EHM turi: Pentium IV shaxsiy komyuterlari.


Dasturlash tili: Java, JavaFX
Operatsion tizim: Windows 7 va undan yuqori.
Ilova hajmi: 47,6 MB

– Bolalarda mikroelementlar yetishmovchiligini aniqlash uchun “Bolalarda foliy kislotasi tanqisligini aniqlash bo’yicha dasturiy ta’minot”. Ushbu dasturlar yordamida umumiy amaliyot shifokorlari, pediatrlar va boshqa mutaxassislar ona va bolada mikronutrientlar muvozanatsizligi va tanqisligi darajasini baholay olishadi, shuningdek birinchi va ikkinchi profilaktika hamda bemorni kerakli vositalar bilan davolash jarayonini o’tkazishda yordam bera olishadi, shuningdek ratsional ovqatlanish yo’li bilan muvozanat buzilishiga olib keluvchi omillarni bartaraf eta olishadi.



Loyihani amalga oshirish natijalari makro va mikro elementlar muvozanati buzilishi bilan bog’liq “Ona-bola” tizimidagi chaqaloqlar salomatligidagi buzilishlari diagnostikasi, korreksiyasi va profilaktikasi masalalarini yechish imkonini beradi, O’zbekiston Respublikasi uchun aktual hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining bolalar o’rtasida mikronutientlar yetishmovchiligini pasaytirish bo’yicha aktual muammolarni yechishga hissa qo’shadi, yuqorida ko’rsatilgan O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni Saqlash Vazirligi buyruqlari va O’zbekiston Respublikasining bolalar sog’liqini saqlash bo’yicha boshqa direktiv hujjatlarini amalga oshirish imkonini beradi.

Iqtisodiy samaradorlik: Yuqorida ko’rsatilganidek mikroelementlar tarkibini aniqlash Respublikamizdagi ba’zi yuqoritexnologik laboratoriyalarda o’tkaziladi. Har bir namunaning ko’rigi va aniqlanishi katta xarajatlar talab qiladi – 110000 (bir yuz o’n ming so’m), yo’l va boshqa xarajatlardan tashqari. Biz tavsiya qilayotgan kompyuter dasturiy mahsulotidan foydalanish mikroelementlar darajasini taxmin qilish imkonini beradi, xarajatlarni kamaytiradi, umumiy amaliyot shifokorlari, birinchi toifali shifokorlar, pediatrlar va boshqa mutaxassislarga mikronutrientlar tanqisligini oldindan aniqlash imkonini yaratadi. Kasallikning erta aniqlanishi va o’z vaqtida boshlangan profilaktika, davolash, ovqatlanishni to’g’rilash natijasida miktonutrientlar tanqisligini bartaraf etishda yordam beradi, shu bilan birga bolalar va onalarda kasalliklar soni kamayishini kuzatish mumkin.
Yüklə 15,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin