Bolalarda gijja



Yüklə 10,09 Mb.
səhifə1/5
tarix16.12.2023
ölçüsü10,09 Mb.
#182835
  1   2   3   4   5
aliyeva

Exinokokk — tasmasimon chuvalchanglar sinfiga mansub parazit. Voyaga yetgan davrida yirtqich hayvonlar (it, boʻri, chiyaboʻri, mushuk) ichagida parazitlik qiladi. Uz. 3–6 mm, gavdasi 4 soʻrgʻichli bosh, 3—4 boʻgʻimli tanadan iborat. Oxirgi boʻgʻimdagi jinsiy organlarida tuxum hujayralar yetiladi. Tuxumlari xoʻjayini axlati bilan tashqariga chiqariladi. E. tuxumlari ifloslangan yemxashak bilan oraliq xoʻjayin (odam va oʻtxoʻr hayvonlar: sigir, qoʻy, echki, choʻchqa) ichagiga tushganida ulardan onkosfera lichinkasi chiqadi. Lichinka ichak devoridan qonga oʻtadi va darvoza venasi orqali jigar, oʻpka, muskullar va suyaklarga borib, pufaksimon bosqich — E. finnasiga aylanadi. Har bir pufak devorida yana ikkilamchi, soʻngra uchlamchi pufaklar hosil boʻladi. Pufaklar ichida parazit boshchasi shakllanadi. Pufaklar yiriklasha borib, mushtdek va undan kattaroq boʻladi. Qoramollar jigaridan 64 kg ogʻirlikdagi exinokokk finnasi topilgan. E. pufak davrida exinokokkoz kasalligini paydo qiladi.

Bolalarda gijja

  • Gelmintlar (gijjalar) patologik mikroorganizmlar, insonning yoshlik davrlaridan birga bo‘ladigan „hamrohi“ dir. Ulardan qo‘rqish kerakmi, qachon va qanday ularni davolash kerak, bolalar kasallanmasligi uchun nima qilish kerak – kabi savollarga ushbu maqola orqali javob topasiz.
  • Bola tug‘ilgandan bir necha oy o‘tib aktiv harakat qila boshlaydi, u atrof olamni sezgi organlari bilan his qila boshlaydi, birinchi navbatda – qo‘llari bilan. Qo‘llar yordamida qo‘lga ilingan narsalarni ushlab ko‘radi, yerda 4 “oyoqlab“ yuradi va barmoqlarini og‘ziga olib boradi. Shunday yo‘l bilan barcha parazitlarning tuxumlari bola organizmiga tushadi.

Gelmintlar o‘zi nima ?

  • Gijjalar – chuvalchanglar, o‘zining parazitlik hayotini odam organizmida o‘tkazuvchi organizmlardir. Bunda odam yoshi rol o‘ynamaydi, kattalar ham bolalar ham bir xilda kasallanishi mumkin. Gelmintlarning klassifikatsiyasi juda keng, ayniqsa issiq iqlimli mamlakatlarda. Biz gelmentlarning barcha turlari haqida gapirib o‘tirmaymiz, faqatgina o‘lkamizda keng tarqalganlari haqida ma’lumot beramiz. Parazit chuvalchanglarning 3 katta guruhga bo‘linadi:
  • Yumaloq (nematodalar) – ostritsa, askarida;
  • Tasmasimonlar (sestodalar) – cho‘chqa solityori, qora mol solityori, exinokokk;
  • Yassi chuvalchanglar, so‘ruvchilar (trematodalar).

Yüklə 10,09 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin