Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi



Yüklə 15,72 Kb.
səhifə1/5
tarix14.12.2023
ölçüsü15,72 Kb.
#180603
  1   2   3   4   5
Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish-www.hozir.org (1)


Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish

Bolalarda nevroz kasalliklari va ularni oldini olish

Nevroz,psixonevroz,nevrotik buzilish,nevroz kasalligi


  • (qadimgi yunon. νεῦρον «asab» dan yangi lot. neurosis) — uzoq davom etadigan funktsional psixogen buzilishlar majmuasi. Bunday buzilishlarning klinik tasviri astenik, o’rnashib qoladigan fikrlar yoki jazava belgilari, shuningdek, aqliy va jismoniy mehnat qobiliyatining vaqtinchalik pasayishi bilan ta’riflanadi.

Mundarija: 1 Nevroz rivojlanishining sabablari va mexanizmlari 2 Ajratish mezonlari 3 Nevroz alomatlari va belgilari 3.1 Ruhiy alomatlar 3.2 Jismoniy alomatlar 4 Nevrozning boshqa kasalliklar va alomatlar bilan aloqasi 4.1 Bosh og’rig’i 4.2 Vegetotomirli distoniya 4.3 Panik buzilishlar, fobiya, tashvish hissi 5 Nevroz kasalligini davolash 6 Nevroz kasalligini oldini olish

NEVROZ RIVOJLANISHININgSABABLARI VA MEXANIZMLARI I. P. Pavlov o’zining fiziologik ta’limoti doirasida nevrozni noadekvat kuch va tashqi qo’z’g’atuvchilar ta’siri tufayli miya po’stlog’ida o’ta zo’riqish natijasida oliy nerv faoliyatining surunkali uzoq vaqt buzilishi deb belgilangan. XX asr boshlarida «nevroz» klinik atamasini nafaqat odamlarga, balki hayvonlarga nisbatan ham qo’llash ko’p bahs-munozaralarga olib keldi. Psixoanalitik nazariyalar nevrozni va uning alomatlarini asosan chuqur psixologik nizo natijasi sifatida ifodalaydi. Bunday nizo insonning asosiy ehtiyojlarini qondirishga to’sqinlik qiladigan va uning kelajagiga tahdid soladigan, inson unga qarshi kurashadigan, lekin yenga olmaydigan uzoq vaqt saqlanadigan ijtimoiy vaziyatlarsharoitida shakllanadi deb taxmin qilinadi. Zigmund Freyd bunday nizolarni «Id»ning instinktiv talablarni jamiyatdagi odob-axloq va me’yorlarni nazarda tutadigan «Super-Ego» tomonidan bostirilishidagi fundamental qarshiliklarda ko’rgan. Karen Xorni hisoblashicha, nevrozning fundamental nizosi — shaxsning mos kelmaydigan himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshilikning natijasidir. Xorlik, ijtimoiy izolyatsiya, ota-onalarning mutlaq boshqaruvchi mehr-muhabbati, beparvo va tajovuzkor munosabat kabi noqulay ijtimoiy omillardan himoyalanish uchun, bola «odamlar tomon», «odamlarga qarshi» va «odamlardan nari» yo’nalishlarga asoslangan himoya usullarini shakllantiradi. Odamlar tomon harakat qilish, asosan, bo’ysunish, sevish, himoya qilishni ifodalaydi. Odamlarga qarshi harakatlar odamlar ustidan hokimiyat o’rnatishga, shuhratga, tan olinishga, muvaffaqiyatga, kuchli bo’lishga va hayot bilan kurashishga intilishni ifodalaydi. Odamlardan nari harakati mustaqillik, erkinlik, odamlardan holi bo’lish zaruriyatini ifodalaydi. Nevrotik bemor bir vaqtning o’zida barcha uch tendentsiyalarga ham moyil bo’ladi, lekin ulardan biri ustunroq bo’ladi, shuning ustun nevrotiklarni «bo’ysunuvchi», «tajovuzkor» va «ajralgan» turlarga tasniflash mumkin. Karen Xorni himoya tendentsiyalari o’rtasidagi qarama-qarshiliklarning sababi bo’lgan muammolarga katta e’tibor bergan. Umuman olganda, bugungi kunda ham psixologik omillar (shaxsning xususiyatlari, uning kamolotga yetishi va tarbiya topishi sharoitlari, jamiyat bilan aloqalarni o’rnatish shartlari, intilishi darajasi), ham biologik omillar (muayyan psixogen ta’sirlarga nisbatan zaifroq qiladigan ma’lum neyromediator yoki neyrofiziologik tizimlarning funktsional tanqisligi) nevroz rivojlanishiga turtki bo’ladigan omillar sifatida qaralmoqda.


Yüklə 15,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin