Qo’g’irchoq teatri - estetik tarbiyaning eng muhim vositasi .
Estetik tarbiyaning vositalaridan biri qo’g’irchoq teatrdir. Uning nihoyatda kuchli ta'sir etishi uning soddaligi, odatdan tashqari jo’shqinligi va qo’g’irchoqligi (o’yinchoqligi), shuningdek, badiiy so’z, musiqa, ashula, raqs, tasviriy san'at kabi tarkibiy qismlarning uzviy jipslashib ketganligi kishi ko’zi o’ngida yaqqol namoyon bo’lishidadir. Qo’g’irchoq teatrini bolalar faqat tomosha qilibgina qolmay, balki unda o’zlari ham qatnashadilar. Bu bolaning dramatik qobiliyati, tashabbusi, nutqini o’stiradi, hayotiga quvonch bag’ishlaydi. Diafilm ko’rsatish bolalarning estetik didlarini o’stirishda muhim vositalardan biridir. Diafilmlar ko’rsatishni adabiy matn o’qib berish bilan qo’shib olib borish bolaga filmning mazmunini yanada to’g’riroq va ta'sirchanroq tushunishga yordam beradi. Bundan tashqari, qo’g’irchoq teatri, soya teatri ko’rsatish ham bolalarni estetik tomondan tarbiyalashda alohida o’rin egallaydi. Bu o’yinchoq, qo’g’irchoqlar bolalarga tanish bo’lsa-da, ularni tarbiyachi qo’li yordamida harakatga keltirib, badiiy so’zlar bilan qo’shib olib borishi natijasida ular bolaning ko’z o’ngida jonlanadi, boshqacha tus oladi va bolalar ertak mazmunini chuqur idrok eta boshlaydilar.
Badiiy didning shakllanishida kitoblar muxim rol o’ynaydi. Kitoblar faqat bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi juda muhimdir. Kichkintoylar, ayniqsa 2-3 yoshli bolalar uchun chiqarilgan kitoblarda so’zlardan ko’ra rasmlarning ta'siri ayniqsa katta bo’ladi. Bola kitobchadagi rasmlarni qayta-qayta o’z o’rtoqlariga, kattalarga, qo’g’irchog’iga «o’qib» berish bilan uning mazmunini o’z xotirasida mustahkamlaydi.
Kitobdagi chiroyli, yopqin rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. Kattalar mehnati, qahramonlik shuningdek, ona Vatanga bo’lgan muhabbat, do’stlik, birodarlik, bolalarning ota-onalariga nisbatan mehribon bo’lishlari kabi mavzularda yozilgan hikoyalar bolalarga tushunarlidir.
Bolalarning sevimli yozuvchilari Qudrat Hikmat, Mirmuxsin, SHukur Sa'dulla, Quddus Muhammadiyning bolalar uchun yozgan she'rlari ularda ijobiv his-tuyg’ularni tarbiyalaydi, ularni yashashga o’rgatadi, dunyoqarashini shakllantiradi, ona tilining boyligini, so’zlarning ta'sirchanligini his qilishga yordam beradi.
Kichkintoylar hammadan ham ertaklarni sevadilar. Ertakning yaxshi tomoni shuki, unda uzoq fikr yuritilmaydi. Ertak qahramonlari bolaga yaqin va tanish. Ertak tili hayotiy hamda jonli bo’ladi. Eng muhimi, tarbiyachining o’zi badiiy adabiyotni sevishi va tushunishi, nasriy asar va she'rlarni ifodali o’qiy bilishi kerak
Musiqa bolalarning kayfiyatini ko’tarib ertalabki badan tarbiyada yangray boshlaydi. MTMda kattalar rahbarligida bolalar tomonidan kontsertlar, bayramlar, qo’g’irchoq teatrlari, kichkintoylarning tug’ilgan kunlarini nishonlash bolaiarda quvonchli hislarni uyg’otadigan, mazmunli va ularning xotiralarida uzoq vaqt saqlanib qoladigan qilib tashkil etilishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, estetik tarbiya bolalarni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashning muhim qismi bo’lib, -aqliy, axloqiy, jismoniy tarbiya bilan chambarchas bog’langan holda amalga oshiriladi.
----------------------------------------------------------------------------------------------------
4-MODUL. MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARNI QO‘G‘IRCHOQ TEATRI PERSONAJLARINI YASASH ORQALI BADIIY IJODIY QOBILIYATLARNI SHAKLLANTIRISH MAZMUNI VA QO‘G‘IRCHOQ YASASH USULLARI
Dostları ilə paylaş: |