frantsuz tilidan olingan bo’lib, ezilgan qog’oz ma’nosini anlatadi. Bu uslubda tasvir qog’oz, karton kabi materiallar sirtida yelimli moddalar, kraxmal, gips kabilarni aralashtirish orqali hosil qilinadi. Bunday tasvirlardan o’yinchoqlar, uy-ro’zg’or buyumlari, ta’lim jarayonida didaktik materiallarni tayyorlashda foydalaniladi.
Pastelь
– italiyanlar tilidan olingan bo’lib, hamir ma’nosini anglatadi. Rassomlar qoralama va grafik ishlarda keng foydalanadilar. Pastellar rangli ingichka bo’r shaklida bo’lib, ularni qog’ozga yopishqoqlik xususiyatlari kuchli bo’ladi.
Plakat
– frantsuz tilidan olingan bo’lib, e’lon ma’nosini anlatadi. U tasviriy san’atning grafika turiga kiradi. Plakatlar kishilarni hayotidagi eng muhim bo’lgan muammolarni yechimiga qaratiladi, ular tashviqot va targ’ibot qilinadi. Masalan, tinchlik, ekologiya spid kabilar muhim muammolardir. Plakatlar ko’pincha katta o’lchovda va rangli qilib tasvirlanadi.
Perspektiva –
lotin tilidan olingan bo’lib, ravshan ko’raman degan ma’noni anlatadi. Borliqdagi barcha narsalar ma’lum masofadan turib kuzatilganda ular kuzatuchiga o’lchovlari, hajmi, rangi o’zgargandek bo’lib tuyuladi. Bu xodisani perspektiva deb yuritiladi. Tasviriy san’atni nazariy asoslaridan hisoblangan perspektiva maxsus fan darajasiga ko’tarilgan bo’lib, uning chiziqli, havo (rang) va relьf (hajm perspektivasi) turlari bor.
Plastilin
xaykaltaroshlikda ishlatiladigan maxsus qorishma. U mum, loy kabi modalardan tashkil topgan bo’lib, hamirsimon yumshoqlikda bo’ladi. Undan xaykaltaroshlar xaykallarni maketini tayyorlashda foydalanadilar.
Plastika
yunon tilidan olingan bo’lib, muloyim, go’zal ma’nosini aglatadigan xakaltaroshlikka doir atama. Unda obrazlar bo’rtirilgan holda ifodali qilib, uyg’unlik qonunlari asosida yaratilgan bo’ladi.
Pushti -
rang nomi, och zarg’aldoq rang.
Portret –
frantsuz tilidan olingan bo’lib, tasvir, aniqrog’i odam tasviri ma’nosini anglatadi. U tasviriy san’atning bir janri hisoblanadi. Portretda bir yoki bir necha shaxs tasviri ishlanishi mumkin. Ularda odamlarning boshi yoki beligacha bo’lgan yoki to’liq qomati tasvirlanishi mumkin.