Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanidan O‘quv – uslubiy majmua


KASHTACHILIKDA BEZAK BUYUMLARINING TURLARI



Yüklə 1,99 Mb.
səhifə37/90
tarix01.02.2023
ölçüsü1,99 Mb.
#82261
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90
Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatish” fanida

KASHTACHILIKDA BEZAK BUYUMLARINING TURLARI
O‘rta Osiyoda kashtachilik juda keng tarqalgan bo‘lib, oilada har bir ayol kashta tikishni bilishi kerak bo‘lgan. Shuning uchun har bir oila o‘zi uchun kirpech, so‘zana, dorpech, oynaxalta, choyxalta va boshqalarni o‘zi tayyorlagan. Bezak buyumlarining turi juda ko‘p masalan, so‘zana, kirpech, choyshab oyxalta, choy xalta, zardevor, palak, gul-ko‘rpag dorpech, bug‘joma, parda, belbog‘, takyanush (yostiq ustiga yopiladigan), Do‘ppi‚ ko‘ylak, dastro‘mol, hamyon, joynamoz, nimcha, maxsi-kavush, xaltacha va boshqalar badiiy did bilan bezatilgan. Utmishda bu kashtalar oq va malla matolarga tikilgan. Keyinchalik satin, shoyi baxmalga tikiladigan bo‘ldi. Kashtachilikda ishlatiladigan bezak buyum turlari bilan tanishib chiqamiz.
Do‘ppi – O‘zbekistonda keng tarqalgan yengil bosh kiyim. Do‘ppi kiyish dastlab Eronda va turkiy xalqlar o‘rtasida rasm bo‘lgan. Asrlar davomida do‘ppining turli xillari vujudga kelgan. Baxmalga, satinga, sidirg‘a shoyiga ip, ipak va zar bilan do‘ppi gullari tikilgan. O‘zbekistonda, Toshkent, Chust, Buxoro, Samarqand, Boysun, Shahrisabz do‘ppilari mashhur bo‘lib, ular o‘ziga hosdir. Mamlakatimizning barcha tumanlarida do‘ppi tikiladi. Uning Iroqi, Chust do‘ppi, gilam do‘ppi, chakma tur, qizil gul, piltado‘zi, zardo‘ppi, to‘ldirma deb nomlanadigan milliy do‘ppilar bor. Har bir do‘ppi yaratilish uslubiga ega bo‘lib, ular bir-biridan farq qiladi.
Arag‘chin – sharsimon do‘ppi, uni asosan keksalar kiyadi. Toshkentda sharsimon do‘ppilar kanda xayol, bosma, chakmator, iroqi chok usullarida tikiladi.

Tus do‘ppi – keng tarqalgan yassi yuzali do‘ppi. Ko‘pincha tus do‘ppi chust do‘ppi deb yuritiladi. Tus do‘ppilarning birgina klassik variantining o‘zida sakkizta chok uslubi qo‘llaniladi. Masalan, zanjira, to‘g‘ri chok, chita, kungura, yetalatma, taroq, ova, pildiroq. Chust do‘ppisining tepasi kvadrat shaklida bo‘rtib chiqib, yarim shar ko‘rinishida bo‘ladi. Toshkent do‘ppisi sidirg‘a baxmaldan ( gulsiz ) tikilgan bo‘ladi. Buxoro do‘ppilari sidirg‘a yoki guli baxmaldan jiyakli qilib tikiladi, jiyagi turli xil ipaklardan rangdor naqshli yo‘rma usulida tikilgan bo‘ladi.


Joynamoz – yerga solib ustida namoz o‘qiydigan to‘shama. Joynamoz har xil matodan tayyorlanib, uning uch tomoni mehrob shaklida tikilgan bo‘ladi.
Undan machit, madrasa va uylarda foydalaniladi. U turli o‘lchamda bo‘ladi. Joynamoz kashtachilikda juda chiroyli qilib bezatiladi.
Zardevor – uy jihozi, u sidirg‘a shoyi baxmal, satinga kashta tikib bezatilgan badiiy buyum. Zardevor yangi tushgan kelinning uyiga, shiftiga yoki devoriga ilib qo‘yiladi. U zar ip yoki ipak gajimli bo‘lib, eni 40-70sm uzunligi mo‘ljallangan uyning devoriga moslab tikiladi.
Palak – devorlarga ilinib eng yirik, eng qimmat bezak buyumlaridan biri. Palakda osmon va to‘lin oy aks ettiriladi. Uni qadimda oq yoki malla bo‘zga kashta tikib tayyorlangan. U so‘zanadan gullarining yirikligi, zaminiga ham kashta qoplanishi bilan farq qiladi. Palakni o‘rtasida yirik oy tasviri kizil kirmizi, pushti ipak bilan kashtalanadi va atrofiga juda chiroyli qilib o‘simliksimon naqshlar tikiladi. Naqshlar ichida ko‘pincha bodom, qalampir elementlari qo‘llaniladi. Palakda qirqtacha oy ham tasvirlash mumkin, shuning uchun oyini soniga qarab olti oyli palak, o‘n ikki oyli palak, hattoki katta uylar uchun qirq oyli palak tikilgani bizga ma’lum. Oylar turli ranglar bilan bir necha xil tasvirlangan. Mashxur kashtado‘zlar ba’zida oyni ajoyib naqshlar bilan bezab, o‘z mahoratlarini namoyish etganlar. Agar oyni ichida sidirg‘a rangda ifodalangan bo‘lsa, uni, oypalak, agar naqshli bo‘lsa gulpalak va xokazo nomlar bilan yuritiladi. Keyingi vaqtlarda palakni qo‘l mexnati ko‘p bo‘lgani uchun so‘zana deyila boshlandi. Lekin hozir palakni qo‘lda tikishga katta ahamiyat berilmokda.
Kirpech – tokchaga taxlab qo‘yilgan kiyim-kechak ustidan yoki devorning bo‘sh joylariga ilib, uyni bezatib turishi uchun ishlatiladigan badiiy buyum. Kirpech kashtalari qo‘lda yoki mashinada tikiladi. Kirpech qo‘lda ilma kashta bilan bezaladi. U kiyim-kechakni changdan saklaydi va uyni bezab turadi. Odatda, palakka o‘xshatib tikilgani kirpechpalak deb yuritiladi. Bu turi ham keng ishlatiladi.
So‘zana – igna bilan tikilgan degan ma’noni beradi. So‘zana matoga kashta tikib tayyorlangan badiiy buyum bo‘lib, xonani bezatish uchun devorga ilib qo‘yiladi. U satin, baxmal, shoyi va boshqa matolarga kashta tikib tayyorlanadi. U o‘ziga xos badiiy ko‘rinishga ega. Matoning rangidan ustalarimiz kashta zamini sifatida foydalanadilar. Shuning uchun u palakdan farq qiladi. So‘zana har bir xonadonda bo‘lgan, chunki har bir qiz turmushga chiqishidan oldin o‘zi uchun so‘zana tayyorlagan. So‘zana kelinlarning sepi xisoblangan. Kambag‘al oilada so‘zanani malla, oq bo‘zdan, badavlatroqlarida esa shoyidan, baxmaldan tikishgan. So‘zana uchun kompozitsion joylashgan o‘simliksimon naqshlardan foydalaniladi. So‘zana o‘rtasida ko‘pincha doirasimon gul tikilib atrofi guldor islimiy naqshlar bilan bezatiladi. So‘zana tikish juda qadimdan rivojlangan‚ lekin XIX-asrgacha bo‘lgan so‘zanalar saqlanmagan. Faqat XIX- asrga oid Samarkand, Buxoro, Nurota, Farg‘ona, Uratepa, Shaxrisabz, Toshkent va boshqa joylardagi so‘zana turlaridan namunalar bor. San’atning bu turi ayniqsa O‘zbekiston hududida qadimdan keng tarqalgan. Keyingi paytlarda so‘zana mashinada tikilib kelmokda.
Choyshab – forscha-tojikcha ro‘yjotun chodiri degan ma’noni bildiradi. Choyshab asosan taxmonga tutish, yotganda yopinish uchun to‘shak ustidan to‘shaladi. To‘shak ustidan yopiladigan choyshab ham kashtali oq surp, taxmonga tutiladigan satin, shoyi, baxmal va boshqalardan tikiladi. Hozirgi vaqtda choyshabdan so‘zana kabi badiiy buyum sifatida ham foydalanib kelinmokda.

KASHTA TIKISH TEXNOLOGIYASI


Kashta turli rangdagi ipak, mulina, zar ip bilan igna, ilmoqli bigizda har xil matoga mashinada gul tikishdar. Kashta har xil kiyimlarga, ro‘zg‘or buyumlariga tikiladi. Kashtachilikda mato, kigiz, charm, karton, zig‘ir, jun, sun’iy iplar, zar iplar, mayin sim, xom charmdan tayyorlangan tasmalar, munchoq, marjon, qimmatbaxo tabiiy va sun’iy toshlar, shishadan tayyorlangan munchoqlar va boshqa materiallar ishlatiladi. Kashtachilikda o‘ziga xos ish qurollari mavjud bo‘lib, ular o‘ziga hos vazifani bajaradi. Kashtachilikda ignalar, ilmokli va ilmoqsiz bigizlar, to‘g‘nag‘ich, angishvona qaychi hamda chambaraklar ishlatiladi.
Chambarak asosan yog‘ochdan yasaladi, u doira, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida bo‘ladi. Kichik kashtalarga doira chambarak ishlatiladi, chunki u qulaydir. Hamma kashtalarga ham chambarak ishlatilavermaydi. Ip va igna kashta tikiladigan matolar qalinligiga mos qilib tanlanadi. Kashtachilikda yog‘och dastali ikki xil, ya’ni ilmoqli va ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Ayrim materiallarga‚ masalan, charm va kartonga qiynalmasdan tikish uchun ilmoqsiz bigizlar ishlatiladi. Naqshlar uchun o‘tkir uchli 10-12sm uzunlikdagi qaychilar ishlatiladi. Tikish qulay bo‘lishi uchun qatim 50-60sm dan uzun bo‘lmasligi lozim, kashta chambarakda tikilsa angishvona qo‘llanilmaydi. Naqsh nusxasi turli materiallarga har xil yo‘llar bilan tushiriladi. Masalan, nusxa ko‘chiriladigan qog‘ozlar taxta, yorug‘lik yordamida material ustidan buklab chiqiladi‚ keyin bu qog‘ozlar yirtib olinadi. Kashtaga iplar rangini moslab tanlash kashtado‘zdan katta maxorat hamda did talab qiladi. To‘g‘ri tanlangan ip kashtaning jozibador chiqishiga sabab bo‘ladi.
Qo‘lda kashta tikishning ikki turi mavjud: birinchisi matoning arqon hamda o‘rim iplarini sanab kashta tikish, ikkinchisi‚ matoga gul tasviri tarhini chizib, erkin kashta tikish. Arqon o‘rim iplari kesishtirilib‚ polotno yoki bo‘z shaklida to‘qilgan matolarga tikiladi. Buning sababi kashta tikishda mato iplarini sanab tikishga qulaydir. Sanama kashta turi O‘zbekistonda keng tarqalgan. Erkin kashta mato tanlamaydi, tushirilgan tasvir chiziqlari asosida tikiladi. O‘zbek kashtachiligida yo‘rma, ilma, iroqi, bosma, xomdo‘zi, chamak, chipta xayol, baxya choklar keng tarqalgan. Badiiy kashtalarda turli joydan turli choklar ishlatiladi. Chunonchi Shahrisabzda yo‘rma, kandaxayol, iroqi, Toshkentda ko‘prok bosma choki, Buxoro, Nurota, Samarqandda yo‘rma choki bilan tikiladi.

Chamak choki – kashta tikish choklaridan biri bo‘lib, chapdan o‘ngga ikki parallel chiziq bo‘ylab tikiladi va o‘tkazilgan igna ungdan sanchiladi. So‘ng yuqoriga chapga tomon qiya qilib chiqariladi va pastki chiziqqa parallel ravishda to‘g‘ri qadaladi hamda pasti ham qiya qilib chiqariladi. Chamak choki qo‘shimcha naqshlarni ramkaga olishda yoki do‘ppi kizaklariga badiiy bezak berishda ishlatiladi. Qaychining kichik o‘tkir uchlisi ishlatiladi. Chamak choki rus kashtado‘zlari orasida « kozlik » deyiladi.


Bahya choki – kashta chetlarini mustaxkamlashga xizmat qilib, matoga xuddi buklagandek, lekin bir tekis chok hamda masofa xisobga olinib tikiladi. Shundan so‘ng mato o‘girilib yana tikib chiqiladi, natijada tekis ip chiziq hosil qilinadi. Bu chok juda qadimdan qo‘lda, keyinchalik mashinada tikiladigan bo‘lgan.
Ko‘rpa choki turli yo‘nalishda, ya’ni chapdan o‘ngga, o‘ngdan chapga, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga sidirg‘a tikib hosil qilinadi. Yonma-yon tikiladigan choklar bir tekis yoki gul shakliga qarab kichikdan kattalashib, kattadan-kichiklashib boradi. Bu chok (ikki tomonlama) sanama, piltado‘zi nomlar bilan yuritiladi. Do‘ppido‘zlikda va kashtalarda juda keng foydalaniladi.
Chindi hayol – duruya choki, matoga igna qadalib bir meyorda tikib chiqiladi, teskari o‘girib yana tikib chikqiladi. Shu tarika matoning oldi va orqa tomonida bir xil gul hosil qilinadi. Bu chok ikki tomoni ham ko‘zga tashlanadigan buyumlar, ya’ni sochiq, ro‘mol va boshqalarni bezashda ishlatiladi.
Yo‘rma choki yo‘rmaki, ilmoqli bichiq yoki igna bilan matoning o‘ng tomonida xalqalar zanjiri hosil qilib tikilib, bigizga o‘tkazilgan ipak matoning sirtida chap qo‘l bilan ushlab turiladi. Yo‘rma choklari bilan yirik kashtalarning xoshiyalari, gul va barglari asosiy shoxga ulaydigan band va boshqalar qadimdan shunday usulda tikilgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------------



Yüklə 1,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin