Siybob-
|
rang nomi, simob rangi.
|
Slayd
|
–diapozitiv, fotoplyonkaga tushirilgan suvrat tasviri.
|
Sovuq ranglar–
|
yashil, zangori, binafsha ranglarni shunday deb ataladi.
|
Sous
|
-qalam shaklidagi rassomning ish quroli. U yog’ochsiz bir rangda bo’lib, o’lchovi 4-5 sm.dan oshmaydi. Sousdan rassomlar ko’proq xomaki ishlar jarayonida foydalanadilar.
|
Suvrat –
|
yuksak badiiy saviyada ishlangan rangtasvir yoki grafik tasvir.
|
Soya
|
–narsalarning yorug’lik tushmaydigan qismida hosil bo’lgan ko’rinishi. Soyalarning ikki xili bo’ladi. Ular shaxsiy soya va tushuvchi soyalardir.
|
Supermuqova
|
– kitob badiiy bezagida ishlatiladigan qog’ozga ishlangan tasvir. Ular bezakli va rangli holda kitoblarni tashqi ta’sirdan saqlash maqsadida kitob ustiga kiydiriladi. Supermuqovani sarmuqova ham deyishadi.
|
Tasviriy san’at–
|
borliqda mavjud va mavjud bo’lmagan mavjudot, narsa va xodisalarni tasvirlovchi san’at turi.
|
Tushь-
|
qora siyoh. SHu vosita bilan ishlagan asar ham tushь deyilgan.
|
Tempera
|
-italyanlar tilidan olingan bo’lib, bo’yoq qorishtirish ma’nosini anglatadi. Bu bo’yoq suv bilan eritib ishlatiladi. U ko’proq binolarni bezagida, rangtasvir ishlarda keng qo’llaniladi. Tarkibida maxsus moddalar bo’lganligi sababli quyosh va yorug’lik ta’sirida o’z rangini o’zgartirmaydi, uzoq vaqtgacha o’z tusini saqlab qoladi.
|
Tulup
|
xayvon, qush, baliq kabilarni maxsus materiallar yordamida o’ziga o’xshatib tayyorlangan nusxasi.
|
Tushuvchi soya
|
soyalar nazariyasida ular ikkiga shaxsiy va tushuvchi soyalarga bo’linadi. Predmet tanasidagi soya shaxsiy soya, bir predmetdan ikkinchi predmetga yoki tekislikka tushgan soya tushuvchi soya deb yuritiladi.
|
Titul
|
lotin tilidan olingan bo’lib, yozuv ma’nosini anglatadi. Titul varroq kitoblarda muqovadan keyin keladi. Ularda kitob muallifi, kitobning nomi, kitob nashr etilgan shahar, un nashr etilgan yili yozilgan bo’ladi.
|
Ufq chizig’i
|
yunon tilidan olingan bo’lib, chegaralash ma’nosini anglatadi. U kuzatuvchining ko’z balandligida tasavvur etiladigan gorizontal (yotiq) chiziq. Ochiq kengliklarda u kuzatuvchi tasavvuridagi osmon bilan yerni kesishgan joyidagi chiziqni bildiradi.
|
Faktura–
|
lotin tilidan olingan bo’lib, tuzilishi ishlovi ma’nosini anglatadi. Unda asosan narsalarni ustki qismining tuzilishi nazarda tutiladi. Faktura-silliq, g’adir-budir, tekis bo’lishi mumkin.
|
|