Bolalarning nutq madniyatini o'sishida oilaning o’rni mundarija: Kirish



Yüklə 138,5 Kb.
səhifə4/13
tarix12.04.2023
ölçüsü138,5 Kb.
#96577
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
BOLALARNING NUTQ MADNIYATINI O\'SISHIDA OILANING O’RNI

Ota-onalar majlisi. Ota-onalar majlisiga Maktabgacha ta’lim muassasasidagi hamma gurux bolalarining ota-onalari, parallel guruxlar ota-onalari va bitta gurux bolalarining ota-onalari taklif etilishi mumkin.
Umumiy majlisda ota-onalarni maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni har tomonlama rivojlantirish va tarbiyalash vazifalari, shu yilgi rejalar, ota-onalar qo‘mitasining faoliyati, oila tarbiyasidagi ilg’or tajribalar bilan tanishtiriladi. Bunda majlisda mudira yoki metodist-tarbiyachi ma’ruza qiladi, ota-onalar so‘zga chiqishadi, bolalar gapirishadi. Bular ta’lim-tarbiya ishidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga imkon beradi, oila va jamoatchilik aloqasini mustahkamlaydi, ota-onalarning o‘z bolasining tarbiyasi uchun javobgarligini oshiradi, ularda maktabgacha ta’lim muassasasiga qiziqish uyg’onadi.
Guruxdagi ota-onalar majlisida mazkur yoshdagi bolalarning ota-onalari uchun dolzarb bo‘lgan masalalar muhokama qilinadi.
Masalan, umumiy majlis mavzusi «Bolalarga axloqiy tarbiya berishda oilaning roli» bo‘lsa, o‘rta guruxda o‘tkaziladigan majlisda bu mavzu murakkablashtirilib, «Bolalarda mexnatsevarlikni tarbiyalashda ta’lim muassasalari va oilaning birgalikdagi ishlari», «Bolalarda kattalarga hurmatni tarbiyalash» va xakazo bo‘lishi mumkin.
Ota-onalar uchun tayyorlangan ma’ruzani, bolalar ishini, tegishli mavzudagi kinofilm, diapozitivlar ko‘rish bilan qo‘shib olib borish mumkin. Bolalar hayoti, faoliyati to‘g’risidagi misollardan foydalanganda ijobiy materiallar ko‘proq bo‘lishi kerak, salbiy faktlarni gapirishda ehtiyotkorlik va odob doirasidan chetga chiqmaslik, tanqid qilinuvchilarning nomlari ko‘rsatilmasligi lozim. Tanqidiy mulohazalar majlisdan keyin yakka tartibdagi suhbat orqali ota-onalarga yetkazilishi, bola tarbiyasidagi xato va kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha aniq tavsiyalar taklif etilishi mumkin.
Yilning oxirida o‘tkaziladigan gurux majlisida ota-onalarga bir yil mobaynida amalga oshirilgan ta’lim-tarbiya ishlari va kelgusi yilning rejalari, haqida gapirib beriladi. Bu majlisda faol ota-onalar ham hisobot beradilar va faollarning yangi tarkibi saylanadi.

Yüklə 138,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin