1-masala yuzasidan berilgan tavsiyalar asosida kengash quyidagicha qaror chiqaradi:
1. Ota-onalarni bolalarining silliqlik bilan maktab ta’limiga moslashuvini ta’minlash uchun ular bilan hamkorlik ishlarini muntazam olib borilsin. Muddat doimiy. Mas’ul. Tarbiyachilar.
2. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalar bilimlarini muntazam oshirib borilsin. Mas’ul ….. Muddat…...
3. Bolalarni maktabga tayyorlash borasida ota-onalarga adabiyotlar tavsiya qilinsin. Mas’ul…... Muddat…….
2-qism. Munozara
Biz ushbu pedagogik kengash asosida o‘zaro fikr almashinuvga, tajriba almashinuvga, xis-tuyg’ularimizni ifodalashga harakat qilamiz.
Hurmatli ota-onalar!
Hozir biz Sizning bolangiz maktabga chiqish arafasida hissiy tuyg’ularingiz qay darajada ekanligini aniqlashga harakat qilamiz. Har bir stolda rangli kartochkalar qo‘yilgan. Sizning bolangizni maktab bo‘sag’asiga qadam qo‘yishi munosabati bilan bog’liq hayajoningiz darajasini ko‘rsatadigan rangni tanlang.
- qora - kuchli;
- ko‘k - me’yorida;
- yashil - sezmayapman.
Maktabga baradigan va maktabga qatnayotgan bolalar ota-onalarining hayajoni taqqoslanadi.
Qora rang ko‘targan bolaning ota-onasidan «Sizningcha, bu his-hayajon kimga yoki nimaga boliq deb o‘ylaysiz?» deb so‘raladi.
Suhbatimiz aniq va ravshan bo‘lishligi uchun har birimiz bu sabab kimga yoki nimaga boliq ekanligini aniqlab olishimiz kerak.
Dostları ilə paylaş: |