M U J A S S A M M ASH G‘ U L O T (Ona-Vatan mavzusida suhbat) I. Mashg‘ulotning maqsadi; Bolalarning o‘z ona-Vataniga mexr-muhabbatlarini tarbiyalash, xalqparvar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash. O‘zbekistonning boyligi, ya’ni oltin koni, paxtasi, ipagi haqida olgan bilimlarini kengaytirish; jamoa a’zolarining, oltin konida ishlayotgan ishchilarning mehati mashaqqatli ekanligi haqida tushuncha berish. Oddiy matematik tushunchalarni kengaytirish, o‘zbek xalqining mustaqilligi xaqida tushuncha berish."O‘zbekiston Respublikasining bayrog‘i bilan tanishtirish. O‘zbek milliy buyumlariga muhabbatlarini o‘yg‘otish. Naqsh elementlarini badiiy did bilan chizishga o‘rgatish. 2. Mashg‘ulotga tayyorlanish: Bolalar soniga yetarli stol-stul, qogozlar, mo‘yqalam, suv, salfetka, yelim, qaychilar tayyorlash. 3. Mashg‘ulotning tuzilishi: 1. Xafta kunlari, fasllar xaqida suxbat. 2. O‘zbekiston haqida so‘zlab berish. 3. Toshkent — O‘zbekistonning poytaxti suhbat. 4. Po‘lat Mo‘minning ≪Mustaqillik≫, ≪O‘zbekiston≫, ≪Paxta≫ she’rlarini qaytarish. 5. Tasviriy faoliyatdan bilgan narsalarini chizdirish. 6. O‘zbekiston haqida maqol va ko‘shiqlar aytish. 7. Yakunlash. IV. Mashg‘ulotnshpg borishi: Bolalarga maqol aytish bilan mashg‘ulotni boshlash. 1. Bulbul chamanni sevar, odam - Vatanni. 2. Ona yurting omon bo‘lsa, rangi ro‘ying somon bo‘lmas. - Bolalar bugun haftaning qaysi kuni? - Juma. — To‘g‘ri, bugun haftaning juma kuni. — Bolalar bir yilda necha fasl bor? (Bolalar javobi) tug‘ri. - Xozir qaysi fasl? (javobi) tug‘ri. “Kuz fasli haqida kim she’r aytib beradi? ≪Kuz≫ (SH.Sa’dulla).≪Kuz keldi≫ (Uyg‘un). Juda yaxshi.Bolalar siz yashayotgan o‘lkangizning nomi nima? — O‘zbekiston Respublikasi. — To‘g‘ri. Men hozir sizlarga O‘zbekiston Respublikasi haqida so‘zlab beraman (bolalarga O‘zbekiston va uning markazi Toshkent shahri haqida so‘zlab berish). So‘ngra bolalarga O‘zbekiston, mustaqillik haqidagi tushunchalarni mustahkamlash uchun savollar berish. 1. Yaqinda qanday bayram bo‘ldi? 2. O‘zbekistonning poytaxti qaysi shahar? 3. O‘zbekistonning qaysi joyiga sayohatga bordingiz? 4. Bayrog‘i qanday ranglardan iborat? 5. Qaysi madrasalarni bilasiz? - Ko‘kaldosh madrasasi (javoblar). 6. Qaysi mehmonxonalarni bilasiz? - «O‘zbekiston», ≪Chorsu≫, ≪Toshkent≫ mehmonxonasi.To‘g‘ri. - Bodalar hozir o‘zingiz xohlagan rasmni chizasiz, bo‘yaysiz. Bolalarni mashg‘ulot davomida rag‘batlantirib borish, co‘ngpa do‘ppi yasagan boladan do‘ppi daqida she’r aytishni so‘rash. V. ≪Do‘ppi kiygan bola≫ (Qambar O‘tayev she’ri). Do‘ppisini kashtasida Aks etadi to‘lim yey, Tepasida nur sochib Tutar go‘yo so‘lim oy. Do‘ppi kiygan bolaning Yo‘llari erkinlikdir Do‘ppi kiygan bolaning Odobi qimmatlidir. Juda yaxshi she’r aytding, rahmat (bolalar javoblari rag‘batlantiriladi).Mana bu siz, bolalar, chiroyli qilib, bayroq, paxta shaklini chizdingiz.Chamanda gul qilib do‘ppini naqshlar bilan bezatdingiz. Gul va naqshlarni kiyib, do‘ppiga yopishtirdingiz. Rahmat, bolajonlarim, endi qo‘shiq eshitamiz (agarda vaqt qolsa ≪Xolam mehmonga keldilar≫ xalq milliy o‘yinini o‘ynash bilan yakunlash).
«ZUMRAD VA VA QIMMAT » e r ta gi (O‘zbek xalq ertagi) Maqsad: Bolalarning nutqini rivojlantirish, gan tuzish va ertakni tugagan joyidan davom ettirishni o‘rgatish; nutqda barcha so‘z turkumlarini (ot, fe’l, sifat, son) qo‘llab, lug‘at boyligini o‘stirish. Mashg‘ulot jihozi: ≪Zumrad va Qimmat≫ ertagiga ishlangan rasmlar, katak daftar, qalam harfli kartochkalar, chiziqlar. Mashg‘ulotning borishi: Tarbiyachi: qani bolalar, mening yonimga kelinglarchi... Juft-juft bo‘lib turib oling. Sizlar bugun bitta shartni bajarishingiz kerak. Mana bu obruch -sehrli darvoza bo‘ladi. Sizlar esa, qarama-qarshi ma’noli so‘zlarni aytib, o‘z joylaringizga o‘tirishga ruxsat olasiz.Misol uchun, biringiz ≪uzun≫ desangiz, ikkinchingiz ≪qisqa≫ deb aytishingiz lozim. Masalan toza-kir, katga-kichik, kun-tun, shirin-achchiq past-baland, keldi-ketdi, yaxshi-yomon, ko‘p-kam, tez-sekin, sog‘-kasal, osmon-yer, yosh-qari, - deb bolalar navbat bilan juftlik antonim so‘zlarni aytib, ramziy darvozadan o‘tib, stol atrofida o‘z joylarini egallashadi va mashg‘ulot davom etadi. Tarbiyachi: Bygyngi biz siz bilan “Zumrad va Qimmat” ertagini ifodali qilib aytib beramiz. Bunda bizga mana bu sexrli bayroq yordam beradi. Men ertakni boshlayman va bayrokni birinchi o‘tirgan Gulnozaga beraman. Gulnoza ertakni davom ettirib, bayroqni yonida o‘tirgan Kamronga beradi.Bolalar ertakni diqqat bilan eshitib, navbati kelganda, davom ettirishlari kerak. Shunday qilib boshladik: Tarbiyachi: - «Bir bor ekan, bir yuk; ekan, cholu kampiyashagan ekan≫ (bayroq bolaga uzatiladi). Bola: — Chol bilan kampirning ikkita qizi bor ekan. Ularning ismi Zumrad va Qimmad ekan (bayroq boshqa bolaga uzatiladi). Bola: - Zumrad otasining qizi ekan. U aqlli, odobli, mehribon, mexnatsevar ekan.Qimmat esa kampirning qizi ekan.U odobsiz, yalqov, uyquchi qiz ekan (bayroq boshqa bolaga uzatiladi). Tarbiyachi ertakning mantiqan to‘g‘ri davom ettirilishiga, gaplarning to‘liq, chiroyli tuzilishiga bolalarning diqqatini qaratadi, zarur vaqda ularga yordam beradi. Tarbiyachi: - Barakalla, ertakni juda chiroyli kilib so‘zlab berdingiz. Endi yozuv mashqlariga o‘tamiz. Siz aytib bergan ertak qahramoni ≪Zumrad va Qimmat≫ ertagida sandiq so‘zi ishlatiladi. Sandiq so‘zi ≪s≫ harfi bilan boshlanadi. Tarbiyachi: — Yana qanday so‘zlar ≪s≫ harfi bilan boshlanadi? (Bolalar: savat, sovun, suv, sochiq, sabzi). Bolalar doskada berilgan namunaga qarab rasm chizadilar va bo‘yab chiqadilar. Mashg‘ulot yakunida faol ishtirok etgan bolalar rag‘batlantiriladi, yaxshi bajarilgan topshiriqlar bog‘chaga ko‘rsatiladi. Ertakning muhim xususiyatlaridan biri bolalarda yaxshilikka bo‘lgan xislatlarni o‘stiradi. Xalq tomonidan yaratilgan yuzalab ertaklarda bolalarning o‘ziga xos hayoti yaratiladi. Tadqiqotimiz natijasida, birinchi galdagi natijalardan ma’lum bo’ldiki, Maktabgacha talim muassasalari katta guruhi (5-6-yoshli) tarbiyalanuvchilarida tevarak-atrof bilan tanishtirish mashg’ulotlarda nutqni rivojlantirishga oid tavarakatrof manbalari, hayvonlar va o‘simliklar dunyosi, tevarak-atrofdagi narsa predmetlar, inson mehnatiga oid ish qurollari va texnik vositalar, o‘yinchoqlar, sur’atlar va badiiy asarlar, tevarak-atrofda kechadigan voqea-hodisalar, halq ho‘jaligi tarmoqlari (binolar, inshooatlar, tarixiy joylar) mohiyatini tushuntirish qobiliyatiga ega emasliklari sababli berilgan savollarga to’liq javob bera olmadilar. Mazkur holatni keltirib chiqaruvchi sabablarni aniqlashga bo’lgan intilish natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, tarbiyalanuvchilarning deyarli barchasi yuqorida qayd etilgan tevarak-atrof manbalari haqida bilimlar va ular mazmunini o’zida namoyon etuvchi manbalar haqida to’liq ma’lumotga ega emaslar. Tajriba guruhimiz Surxondaryo viloyati, Termiz shaharida joylashgan Maktabgacha ta’lim bo’limiga qarashli 23-maktabgacha ta’lim muassasasi katta guruhi (5-6 yoshli) tarbiyalanuvchilarida tevarak-atrofni bilishni shakllanganlik darajasini turli xil mashg’ulotlar jarayoni, suhbatlar, videolavhalar, ko’rgazmalardan foydalangan holda mezonlar asosida aniqlandi.