Ixtiyoriy ta’lim berish o‘yini bir necha bosqichdan iborat bo‘lishi mumkin: o‘yin muhitini yaratish - bu bosqichda o‘yinning mazmuni va asosiy vazifasi aniqlanadi, uning qatnashchilarini psixologik tayyorgarligi amalga oshiriladi;
o‘yin jarayonini tashkil etish - bu bosqichda qatnashchilarga o‘yin qoida va shartlari tushuntiriladi va ular orasida rollarni taqsimlash amalga oshiriladi.
Yakun yasash - bu bosqichda qatnashchilarning o‘zlari ham, maxsus ekspertlar (psixolog, pedagog) tomonidan ham o‘yin borishi vanatijalari tahlil etiladi.
Shuni ta’kidlash kerakki, ta’limiy o‘yinlarda faqat oddiy o‘yin uslubi foydalanilmaydi. O‘yin jarayonida guruhiy, yakkama yakka ish, birgalikda muhokama, test o‘tkazish va so‘rov, rolli vaziyat yaratishlardan foydalanish mumkin. Boshqacha qilib aytganda, turli - anketa o‘tkazish, sotsiometriya, «Aqliy hujum» va boshqa uslublarni cheklangan miqdorida birga olib borish va foydalanish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga, o‘yin uslubi pedagogikada qandaydir maxsuslikka ega. Ta’lim berish jarayonida o‘yin yordamchi element sifatida qisman nazariy materialga qo‘shimcha sifatida foydalaniladi va u asosiy uslub sifatida chiqa olmaydi.
Ta’limiy o‘yinlarning uslubi va hususiyatidan kelib chiqkan holda, ularni quyidagi turlarga ajratish mumkin: