Bolaning ijtimoiylashuv jarayoni Bola tarbiyasida oilaning o’rni Bola tarbiyasida mtt ning ta’siri



Yüklə 34,75 Kb.
səhifə2/2
tarix19.04.2023
ölçüsü34,75 Kb.
#100691
1   2
4tm5eFZLqlkakcadDwQLtx2P9a09tdRJ

Ijtimoiylashuv vositalari.
Inson ijtimoiylashuvi u yoki bu jamiyat ijtimoiy qatlamlariga xos bo’lgan universal vositalar orqali amalga oshiriladi, ularga: go’dakni emizish va g’amxo’rlik qilish usullari, maishiy va gigiyenik yurish-turish qoidalari, insonni o’rab turuvchi moddiy madaniyat mahsulotlari, ma’naviy madaniyat unsurlari(alladan boshlab ertaklargacha), muomala usuli va mazmuni, shuningdek oilada jazolash va mukofotlash uslublari, insonning hayotiy faoliyatidagi ko’p sonli munosabatlari-muloqot, o’yinlar, ma’naviy-amaliy faoliyat, sport bilan shug’ullanish kiradi.
Har bir jamiyat, davlat, ijtimoiy guruh ijobiy va salbiy ta’qiqlar-man etish, ruxsat berish, majburlash chora-tadbirlarini ishlab chiqshadi. Bu choralar yordamida inson xulq-atvori shu jamiyatda qabul qilingan me’yoriy qadriyatlarga moslashtiriladi.
Bola ijtimoiylashuvining yetakchi vositalari muomala (ota-onalar, tengdoshlar va boshqalar bilan) hamda faoliyat (o’yin, o’qish, ijod, sport)dir. Psixologik-pedagogik tadqiqotlar jarayonida turli yosh davrlariga turli faoliyat turlari mos kelishi aniqlangan.
Bolaning me’yorida rivojlanishining eng muhim shartlaridan biri bu muomala. Muomala va faoliyatning yetakchi turlariga nisbatan quyidagi yosh davrlari qo’llaniladi::
-go’daklik davri-bevosita hissiy-ruhiy;
-go’daklikdan keyingi davr-predmetli faoliyat;
-maktabgacha davr-rolli o’yinlar;
-ilk maktab davri-o’quv faoliyati;
- o’smirlik davri-kasb ta’limi faoliyati;
-o’spirinlik davri-shaxsiy muloqot faoliyati.
Inson jamiyatda bir vaqtning o’zida bir qancha mavqe’larni egallashi mumkin. Masalan, ayol ham rafiqa, ham ona, ham ustoz mavqe’larini egallashi mumkin. Har bir mavqe’ insonga muayyan talablarni qo’yadi va shu bilan birga unga bir qancha huquqlarni beradi. Insonning jamiyatdagi muayyan huquq va majburiyatlar bilan xarakterlanadigan mavqe’i ijtimoiy maqom deyiladi. Insonda tug’ma maqomlar bo’lishi mumkin. Insonning ijtimoiy maqomiga millati, tug’ilgan joyi, familiyasi va boshqa omillar ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bunday maqomlarga odatda tug’ma maqom deyiladi. Boshqalari esa inson jamiyatda nimalarga mustaqil erishganligiga qarab belgilanadi. Masalan, ijtimoiy pedagog maqomiga shu sohadagi kasb tayyorlovchi o’quv muassasasida ta’lim olgan va bu soha bo’yicha diplomga ega bo’lgan shaxs erishishi mumkin. YUqoridagi maqomni qo’lga kiritilgan maqom desak adashmagan bo’lamiz.
Maqom insonning jamiyatdagi xulq-atvorini muayyan vaziyatlarda o’zini shu maqomdagilar holatiga ko’ra belgilaydi. Atrofdagilar u shaxsdan nima kutishlari xam muximdir. SHuning uchun inson maqomi bilan belgilanadigan xulq-atvor ijtimoiy rol deyiladi. Turli ijtimoiy rollarni o’zlashtirish shaxs ijtimoiylashuvi jarayonining ajralmas qismi hisoblanadi. Uning murakkabligi jihati shundaki, jamiyatda faqat jamiyat tomonidan ma’qullanadigan maqomlar bo’lmasdan ijtimoiy norma va qadriyatlarga mos kelmaydigan maqomlar ham mavjud. SHuning uchun bola shakllanishi va rivojlanishi jarayonida ham ijobiy ham salbiy rollarni o’zlashtirishi mumkin.
Pozitiv rollarga avvalo oila a’zosining rolini kiritsak bo’ladi. Oilada bola bunday rollarning bir nechtasini o’zlashtiradi: o’g’il yoki qiz, aka yoki opa, jiyan, nabira, shuningdek bobokalonlari bilan ham tanishishi mumkin.
Bola o’z rivojlanishi davomida o’zlashtiradigan yana bir muhim roli bu jamoa a’zosi rolidir. Bolalar bog’chasi va maktabda sport to’garagida tengqurlari bilan muomala qilganda bola jamoa a’zosi, o’rtoq, do’st, o’quvchi, yetakchi kabi rollarni o’zlashtiradi. Har bir inson iste’molchi rolini bajaradi. CHunki u hayoti mobaynida zarur bo’lgan narsalarga doim ehtiyoj sezadi. Bular: ovqat, kiyim-kechak, kitob va boshqalar. Jamiyat insonga taqdim etgan xizmatlardan oqilona foydalana olishni bola yoshligidayoq o’zlashtirishi lozim.
Yana bir muhim ijtimoiy rol-o’z vatani fuqarosi bo’lish, uni sevish, u bilan fahrlanish, vatanparvar bo’lish bilan bog’liqdir. SHu bilan birga bola o’zlashtirishi mumkin bo’lgan boshqa rollar ham bor. Masalan, mutaxassis roli. Uni bola maktab, litsey yoki boshlang’ich kasbiy bilim yurtlarida o’zlashtiradi. Salbiy rollarga daydi rolini misol qilsak bo’ladi. Katta shaharlar ko’chalarida, magazin, bozor, jamoa transportlarida tilanchi bolalarni ham uchratishimiz mumkin. Ular bu rollarga ko’nikishgan. O’tgan-qaytganlardan mohirlik bilan pul undirib olishadi. Ular orasida o’g’irlik bilan shug’ullanadiganlari ham uchraydi. Ba’zi hollarda bo’lsa, ularni bu ishga kattalar undashadi.
Bolaning xulq-atvor mexanizmlarini o’zlashtirishi unga ijtimoiy munosabatlarga muvaffaqqiyatli moslashuvini ta’minlaydi. ijtimoiy moslashuv deganda shaxsning ijtimoiy muhit sharoitlariga ko’nikishi tushuniladi.
Ijtimoiy moslashuv bolaning muvaffaqiyatli ijtimoiylashuvining sharti va natijasi hisoblanadi. Bu asosan uch yo’nalishda olib boriladi: faoliyat, muomala va anglash. Faoliyat sohasida bolada faoliyat turlarining kengayishi, faoliyatning zaruriy shakl va vositalarini qo’lga kiritishi, muomala sohasida muomala doirasining kengayishi, uning mazmunining chuqurlashishi, jamiyatda qabul qilingan xulq-atvor me’yorlarini o’zlashtirish sodir bo’ladi. Anglash sohasida o’z “men”i obrazini shakllantirish, o’zining ijtimoiy mansublik va ijtimoiy o’rnini anglash ro’y beradi. Bu jarayonlarning barchasini tarbiya tartibga soladi.
Bolalarda shakllanib kelayotgan, ularning dunyo-qarashlari vatanga sadoqatli, milliy qadriyatlarimiz va an’analarimizga, o‘z yaqinlariga mehr-muhabbat ruxida, yangicha fikrlash asosida tafakkurni shakllantiradi.
Oilada ota-onalar bolalarni mas’uliyat tuyg‘usi bilan yashashga o‘rgatishi muhim ahamiyatga egadir. Bolalarning shaxsiy mas’ulliyati, ularning shaxsiy manfaatlari nazorat qilib turilsa, bu asta-sekin fuqarolik mas’uliyatiga aylanib boradi va unda jamiyat mas’ulyatlari nazarda tutiladi. Demak, bolalarni oiladanoq mas’uliyatni xis etishga o‘rgatib borish asosida ularga mustaqil fikrlashni hamda shaxsiy g‘urur va tuyg‘ularni yuksak bo‘lishini shakllantirish muhimdir. Bolada mas’uliyatni shakllantirishda ota-onani farzandga bo‘lgan ishonchi, uddalay olishini bilishi muhimdir.
Bolaning rivojlanish psixologiyasi bola ruxiyatining shakllanishiga ta’sir
ko‘rsatuvchi obyektiv va sub’yektiv omillar uning shaxsi samarali va to‘laqonli rivojlanishiga ko‘maklashishi ham, monelik qilishi ham mumkin. Bolaning rivojlanishini o‘rganish kabi yo‘nalishlari, bolaning shaxs sifatida shakllanishida oila va ota-onaning muhim ro‘l o‘ynashini tan oladilar. Bu avvalo, inson shaxsining psixologik asoslari shakllanuvchi ,uning emotsional, intellektual va ijtimoiy rivojlanishiga zamin yaratuvchi ontogenezning dastlabki bosqichlariga taalluqlidir. Bunda oiladagi munosabatlarga bola rivojlanishining asosiy manbai sifatida qaraladi.
Bola tarbiyasida maktab, oila va mahalla hamkorligi mustahkam bo‘lishi kerak. Tarbiyachilar tarbiyalanuvchilarning oila a’zolari bilan muntazam ravishda aloqada bo‘lib, muloqatlar olib borishlari zarur. Ko‘pgina oilalarda ota-onalarning ziyoli bo‘lganliklari o‘quvchilarning dars jarayonlarida faol, bilimdon bo‘lishlariga olib keladi. Oilada bola doimo nazoratda bo‘lishi natijada barcha fanlarni yaxshi va a’lo baholarga o‘zlashtiriladi va jamoat ishlarida bo‘lishi oilada bolani yaxshi tarbiya olishiga yordam beradi.
Har bir ota-ona o‘zining va farzandlarining salomatliklariga befarq bo‘lmasligi sportga va san’atga bo‘lgan e’tiborni kuchaytirish, odatga aylantirishlari asosida, sog‘-salomat, mazmunli umr kechirish imkoniyatini beradi. Farzandlarini kuchli, chidamli, sog‘ bo‘lib o‘sishini istagan ota-onalar, har kuni ular bilan badan tarbiya va turli qiziqarli mashg‘ulotlarni o‘tkazib turadilar. Amalga oshirilayotgan harakatlarning barchasi, farzandlarimizni to‘g‘ri rivojlanishi va sog‘-salomat kamol topishlariga va kelajakda istiqbol yo‘lini to‘g‘ri belgilashga erishadilar. Ota-onalar bolalar tarbiyasida pedagogik asoslardan xabardor bo‘lishi, pedagogik ta’lim asosida bolalar xissiyoti va ongiga yaxshi yo‘l topishi lozim. Shuningdek uy-ro‘zg‘or madaniyati, gigenik, umummadaniy va estetik talablarga rioya qilgan holda bolalarning kuzatuvchanlik, mantiqiy tafakkurini, nutqiy muloqotni rivojlanishi, ularning anotomik-fiziologik va psixologik xususiyatlaridan xabardor bo‘lishiga olib keladi. Ana shundagina bolalarning har tomonlama rivojlanishini ongli amalga oshirish mumkin. Oilada farzandlar yaxshi tarbiyalansa, ular o‘sib ulg‘aygach ota-onalariga rahmat olib keluvchi, mehr-murruvat ko‘rsata oladigan bo‘ib yetishadilar.
Shu jihatdan milliy farovonlik asosi bo‘lgan bolalar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirgan xolda farzandlarimizning har tamonlama kamol topishlari uchun qulay sharoitlar yaratish orqaligina oila tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishishimiz mumkin
Tarbiya - ijtimoiy hodisa. U kishilik jamiyati paydo bo'lgan davrdan beri mavjud. Inson yer yuzidagi eng mukammal zot bo'lishi uchun, avvalo ,tarbiyalanishi zarur. Abu Lays Samarqandiy «Bo'stonul-orifin» asarida tarbiya va tarbiyalashning ma'nosini ta'riflab: «Ey o'g'il, farzandlaringni tarbiyalashdan oldin o'zingni tarbiyala, tarbiya ko'rgan oilada baodob, yaxshi fazilatli, bilimli odam voyaga yetadi», - degan edi. Ibn Sino ijodiyotida ham bu g'oya alohida o'rin tutadi. «Kimga qanday pandu nasihat qilsang, unga avvalo o'zing amal qil», - deydi alloma. Sharq mutafakkirlari, pedagog olimlari barkamol insonni yetishtirish uchun tarbiya naqadar zarurligini, uning mohiyati va mazmunini asoslab berganlar.
Tarbiya jarayoni tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o'rtasida tashkil etiluvchi hamda aniq maqsadga yo'naltirilgan hamkorlik jarayonidir.
Tarbiyaning maqsadi - har tomonlama shaxsni shakllantirish.
Tarbiya mazmuni deganda, qo'yilgan maqsad va vazifalar bilan bog'liqlikda tarbiyalanuvchilarning egallashi lozim bo'lgan bilim, malaka, e'tiqod, shaxs sifati va xarakteri, xulq-atvor tizimi tushuniladi.
Tarbiyaning umumiy vazifalariga quyidagilar kiradi:
• tarbiyalanuvchilarning maqsadga yo'naltirilgan rivojlanishi hamda ularning qator ehtiyojlarini qondirish uchun shart-sharoit yaratish;
• jamiyat rivoji uchun zarur bo'lgan ijtimoiy madaniyatga mos yetarlicha hajmdagi "inson kapitali"ni tayyorlash;
• madaniyatlarni uzatib turish orqali ijtimoiy hayotning barqarorligini ta'minlash;
• ma'lum jins yoshi va ijtimoiy-kasbiy guruhlarning qiziqishlarini hisobga olgan holda ijtimoiy munosabatlar doirasida jamiyat a'zolarining harakatini tartibga solish.
Tarbiya qonuniyatlari - bu bir tomondan, ijtimoiy hodisa sifatida tarbiyaning xususiyatlari, ikkinchi tomondan, shaxsning rivojlanishi bilan bog'liq bo'lgan barqaror aloqalardir.
Maktabgacha Ta'lim Muasasasining maqsadi: bolalarni o'qitish, tarbiyalash, qarab turish va parvarish qilish jarayonida paydo bo'ladigan tomonlarning huquqlari, majburiyatlari va javobgarligini sezilari amalga oshiruvchi ta'lim - tarbiya jarayonini olib borishdir. Maktabgacha Ta'lim Muassasasi maktabgacha ta'lim ustaviga muvofiq bo'lgan zarur shart-sharoitlarni ta'minlaydi. Bolalar hayotini muhofaza qilish va sog'lig'ini mustahkamlashga doimo g'amxo'rlik qiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshining dastlabki bosqichlarida bolalarda tasavvur ta'limi bo'ladi. Hayotiy tajribaning ortib borishi va tafakkurning rivojlanishi bilan ijodiy xayol tarkib topadi. Kichik maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar uchun ko'rgazmali-harakatli, ko'rgazmali-obrazli tafakkur xosdir. Buning asosida so'z, mantiqiy tafakkur, tushunchali tafakkur rivojlantiriladi. Tarbiyachi bolalarda tafakkur faoliyatini tarkib toptirishi, bu hodisalarni, voqealarni chuqur anglab olish, ularning muhim bo'lgan va muhim bo'lmagan tomonlarini ajratishga o'rgatishi lozim.
Bola shakllanishi va rivojlanishida qiziquvchanlik o'ziga xos xususiyatdir. U bolaning tevarakatrofdagi voqea-hodisalarga, narsa va buyumlarga qiziqish bilan qarashida, hamma narsani ushlab, his qilib, diqqat bilan kuzatishida namoyon bo'ladi. Tarbiyachi kuzatishlar tashkil etib, bolalarda paydo bo'lgan savollarga o'z vaqtida javob berishga harakat qiladi, ularni mustaqil javob qidirishga yo'llab, maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarda qiziquvchanlikning susayishiga yo'l qo'ymaydi. Bolalarni o'z navbatida tarbiyalab boradi.
Maktabgacha Ta'lim Muassasasi o'z navbatida ota-onalar bilan hamkorlikni yo'lga qo'yishganlar. Bu esa bola tarbiyasida oila bilan hamkorlikning eng samarali usullaridan biridir. Ota-onalar bilan olib boriladigan ishlarning mazmuni rang- barang bo'lib, unda ayrim masalalar birgalikda muhokama qilinishi taqozo etiladi. Masalan:
• bolalarni tarbiyalashda oilaning roli, ota-onalarning vazifasi to'g'risidagi qonunlar, bolalarni maktabga tayyorlash haqida;
• maktabgacha tarbiya muassasalasining yillik ish rejasi to'g'risida;
• ota-onalar jamoatchiligining ishi haqidagi masalalar shular jumlasidandir.
Bu masalalarni jamoa bo'lib muhok ama qilish uchun ota-onalarning guruhi va umumiy majlislari, maslahatlar, konferensiyalar, ota-onalar kechalari kabi ish shakllari jamoa ish shakllariga kiradi. Tarbiyachilar bola tarbiyasini shakllantirishda oila tarbiyasiga chambarchas bog'laydilar.
Abdulla Avloniy bola tarbiyasini nisbiy ravishda quyidagi to'rt bo'limga ajratadi:
1. "Tarbiyaning zamoni".
2. "Badan tarbiyasi".
3. "Fikr tarbiyasi".
4. "Axloq tarbiyasi" haqida hamda uning ahamiyati to'g'risida fikr yuritadi.
Shunday ekan bola tarbiyasi bir vaqtning o'zida "Maktabgacha ta'lim", "Oila" va "Jamiyat" nuqtai- nazarida shakllanib boradi. Biz oilani "davlat ichra kichik davlat"- deb ataymiz. Unda yangi inson, ya'ni davlatning yangi bir vakili dunyoga keladi. Kichik davlat - oila esa bu inson uchun dastlabki hayot dorilfununi bo'ladi. Shu sababli ota - onalar farzandning birinchi o'qituvchisi va tarbiyachisidir. Farzandni barkamol va ma'naviy yetuk qilib o'stirish uchun, eng avvalo ota - onaning o'zi yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi kerak. Farzand tarbiyasini ota - onalar o'z shaxsiy ishi deb bilmasliklari kerak. Aslida bola tarbiyasi ota - onaning jamiyat oldidagi fuqarolik burchi va davlat oldidagi mas'uliyati hamda qarindosh - urug'lar oldidagi javobgarligi. Shuning uchun ham ota - ona obro'si farzand tarbiyasida ma'naviy ozuqa bo'ladi. Bu ma'naviy ozuqa bola tarbiyasida "ufq" ni ko'zlab ish tutishda mustahkam poydevor hisoblanadi. Bunday tarbiyalash jarayonida mehnat va ijtimoiy faoliyatni oilaviy vazifalar bilan qo'shib olib boradigan farzandlari hayotiga qiziqadigan va ularga oqilona, odilona rahbarlik qiladigan ota - onalar ijobiy o'rnak bo'ladigan kishilardir, ya'ni obro'li ota - onalardir. Bunday odamlar o'z farzandlari tarbiyasiga oilada ham, maktabgacha ta'limda ham e'tibor beradigan aqlli odamlar, namunali oilalar a'zolari bo'ladi.
Ilmiy manbalarga qaraganda inson shaxsi uchta faktorlar ta'sirida tarkib topa di. Ulardan birinchisi odam tug'ilib o'sadigan tashqi ijtimoiy muhitning ta'siri bo'lsa, ikkinchisi odamga uzoq muddat davomida sistemali beriladigan ijtimoiy ta'lim-tarbiyaning ta'siridir va nihoyat, uchinchisi odamga nasliy yo'l bilan beradigan irsiy omillarning ta'siridir. Shunday qilib, insonning psixik taraqqiyotida va shaxsiy sifatlarining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhit va tarbiyaning roli hal qiluvchi ahamiyatga egadir. Bu o'z navbatida bola shaxsini tarbiyalashda oila va jamiyatning ham roli nihoyatda katta ekanligini ko'rsatib beradi.
Pedagoglar va ota-onalarning umumiy maqsadlari bor va vazifalarBolalarning baxtli, sog'lom, faol, quvnoq, ochiqko'ngil bo'lib ulg'ayishlari uchun kelajakda ular maktabda muvaffaqiyatli o'qishlari va shaxs sifatida shakllanishi uchun hamma narsani qilish. Ota-onalar birinchi o'qituvchi ekanligi belgilab qo'yilgan "Ta'lim to'g'risida" gi qonunga muvofiq, ular bolaligidanoq bolaning shaxsiyatining jismoniy, axloqiy va intellektual rivojlanishining asoslarini qo'yishlari shart. Shu munosabat bilan maktabgacha tarbiya muassasasining holati oila bilan ishlash.
Qalbida o'zaro ta'sirlar maktabgacha va oila Hamkorlik shundan iboratki, faoliyatning maqsadlarini birgalikda aniqlash, har bir ishtirokchining imkoniyatlariga muvofiq vaqt, kuch, vosita, faoliyat predmetini birgalikda taqsimlash, natijalarni birgalikda boshqarish va baholash ishlash keyin yangi maqsadlar, vazifalar va natijalarni bashorat qilish. Albatta, o'sib-ulg'aygan odamni tarbiyalaydigan birinchi maktab - oila. Bu erda u sevishni, bardosh berishni, quvonishni, hamdard bo'lishni o'rganadi. Har qanday pedagogik tizimsiz oila - sof mavhumlik. Sharoitlarda oila hissiy va axloqiy rivojlantiradi tajriba, oila bolaning hissiy va ijtimoiy rivojlanish darajasi va mazmunini belgilaydi. Shu sababli, ota-onalarga bolaning shaxsiyati rivojlanishi o'z-o'zidan ketmasligi kerakligini tushunish juda muhimdir. Ushbu mavzuning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda mumkin bo'lgan imkoniyatlar oila jiddiy o'zgarishlarga uchraydi. Biz, o'qituvchilar uning ta'lim salohiyatining pasayganligini va bolaning boshlang'ich sotsializatsiyasida uning rolining o'zgarishini ta'kidlaymiz. Zamonaviy ota-onalarga vaqt etishmasligi, bandlik, masalalarda vakolatlarning etishmasligi tufayli oson emas maktabgacha pedagogika va psixologiya. Zamonaviy o'zgartirildi oila sizni yangi shakllarni izlashga majbur qiladi u bilan o'zaro aloqalartashkiliy va zerikarli shakllardan qochish paytida. Ota-onalarni ta'lim xizmatlaridan foydalanuvchi mavqeini olishga undash uchun emas, balki ularning farzandlariga haqiqiy do'st va nufuzli murabbiy bo'lishiga yordam berish, ya'ni ularning asosiy fuqarolik burchlarini bajarish - o'z mamlakatiga munosib fuqaroni etishtirish.
Maktabgacha tarbiyachiga eng yaqin va uni tarbiyalash muammolari har bir bolaning rivojlanishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda, ota-onalarning farzandlarini tarbiyalashda ishtirok etish darajasini oshirishdan manfaatdor maktabgacha tarbiyachilar. Maktabgacha yoshdagi bolani to'liq tarbiyalash bir vaqtning o'zida ta'sir ko'rsatadigan sharoitlarda amalga oshiriladi oila va maktabgacha. Bolalar bog'chasi va oila qurgan, qoida tariqasida, o'qituvchi tomonidan bolaning yutuqlari, ijobiy fazilatlari, qobiliyatlari va boshqalar namoyish etilishi asosida o'qituvchi bunday ijobiy rolda tarbiyada teng huquqli sherik sifatida qabul qilinadi. Ota-onalar tarbiyachilarning faol yordamchilari bo'lishlari uchun ularni bolalar bog'chasi hayotiga jalb qilish kerak. Oilaviy ish tashkiliy va psixologik, pedagogik jihatdan qiyin vazifa.
Men ishni quyidagicha ko'raman:
- bilan hamkorlik aloqalarini o'rnatish oila har bir o'quvchi;
- bolalarni rivojlantirish va o'qitish uchun kuchlarni birlashtirish;
- atmosfera yaratish o'zaro tushunish, qiziqishlar jamoasi, hissiy o'zaro qo'llab-quvvatlash;
- ota-onalarning ta'lim ko'nikmalarini faollashtirish va boyitish.
Mundarija ishlash ota-onalar bilan an'anaviy va noan'anaviy turli shakllar orqali tushunaman. Asosiysi, bilimlarni ota-onalarga etkazish. Asosiy shakllardan biri ishlash ota-onalar bilan ota-onalar uchrashuvi qoladi. Men munozara shaklida uchrashuvlar o'tkazaman "Men tizimdaman « oila - chaqaloq - bolalar bog'chasi» , "Bolalar bog'chasidan nimani kutmoqdasiz", KVN, bahslar, master-klasslar, men o'yin texnikasidan foydalanaman, ota-onalar jamoasini birlashtirish uchun mashg'ulotlar, choy ichish va hk. Ota-onalar va bolalar bilan birgalikda loyiha faoliyati bilan shug'ullanamiz. Biz tomondan tomonidan ishlab chiqilgan va amalga oshirilgan loyihalar "Keling tanishamiz", "Oila an'analari", Loyihani amalga oshirish jarayonida "Bolalarga sut iching foydali bo'ladi"edi tomonidan ishlab chiqilgan va ota-onalar bilan muhokama qilindi ota-onalar yig'ilishi sutning foydalari haqida maslahat berish. Tomonidan ishlab chiqilgan Bolalar va ota-onalarning sutni qay darajada iste'mol qilishini, uni qay darajada tez-tez iste'mol qilishini va hokazolarni aniqlash uchun so'rov o'tkazildi. Biz sut bilan bolalar bilan tajriba o'tkazdik, tematik ko'ngil ochish va didaktik o'yinlarni o'tkazdik. Fotoko'rgazma dizayni "Biz tadqiqotchilarmiz". Loyihaning natijasi o'laroq, ota-onalar sutning yosh bolalar uchun zarurligi, ahamiyati va foydalarini baholadilar, aksariyat bolalar sutga bo'lgan ehtiyoj va uning foydalari haqida fikr yuritdilar. Ushbu mavzu bo'yicha didaktik va mavzu-rol o'yinlari katalogi to'ldirildi. Fotosuratlar bezatilgan "Biz tadqiqotchilarmiz". Loyiha bo'yicha "Keling tanishamiz", va "Oila an'analari" ota-onalar faol ishtirok etadilar ishlash va taqdim etilgan fotosuratlar oilangizning avlodidan. Bundan tashqari, ota-onalar yig'ilishi noan'anaviy shaklda bo'lib o'tdi va umumlashtirildi mavzu bo'yicha taqdimot shaklida tajriba"Zamonaviy shakl va usullardan foydalanish ota-onalar bilan ishlash". Bularning barchasi guruhning ota-onalarining yaqinlashishiga yordam berdi va bola boshchiligidagi do'stona jamoani shakllantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratdi va biz (o'qituvchilar va ota-onalar) uning qo'llab-quvvatlashi yaqinida.
Ota-onalar bilan tanishtirish o'quv jarayoni, Men doimo ota-onalarni qo'shma ko'ngil ochish va bolalar uchun teatr tomoshalarida ishtirok etishga jalb qilaman. Shunday qilib, biz birgalikda spektakl qildik "Santa Klaus sovg'alarni qanday qidirdi", "Elis tulkining sarguzashtlari", barcha ertak qahramonlarining rollarini ota-onalar o'ynashdi, nafaqat bolalar, balki ota-onalarning o'zlari ham ushbu bayramlardan zavqlanishdi. Birgalikda o'yin-kulgi bilan bir qatorda Onalar kuni, "Dada va men", Yashil-sariq-qizilva boshqalar. Ushbu tadbirlar davomida men ota-onalar katta xohish bilan va hatto minnatdorchilik bilan ishtirok etishlarini angladim va har yili ko'proq xohlovchilar ko'paymoqda. Asosiysi, ota-onalarga bunday tadbirlarning barcha ahamiyatini to'g'ri etkazish. Ushbu shakldan foydalanish bolalar, ota-onalar va vasiylarning yaqinlashishiga yordam beradi yaratish kabi ishlash"Ota-onalarning xayrli ishlari banklari"- bu aktsiyalarda ota-onalarning ishtiroki "Toza uchastka", "Bizning tepamiz", "Guruhni iliqroq qilaylik", "Kitob sovg'a qiling", shuningdek, ota-onalarga guruhning rivojlanish muhitini to'ldirishda yordam berish va boshqalar. Tarqatishda eng muhimi ishlash ota-onalar bilan bu ota-onalar uchun vizual materiallarning dizayni. Mana necha yildirki, men devor gazetalarini nashr etaman "Bizning tug'ilgan kunimiz", "Onamning yordamchilari", "Dadam mening qahramonim", "Santa Klausga buyurtma", "Bizning kundalik hayotimiz", ota-onalar har doim ushbu materialni qiziqish bilan o'rganishadi, esdalik sifatida suratga olishadi.
Ota-onalar bilan bolalar musobaqalarini o'tkazaman "Eng yaxshi qushlarni boqish", "Go'zallik kuzi", "Yangi yil g'oyasi" va hokazo ota-onalar ularni amalga oshirishda juda ijodiy ishlaydi. Musobaqa natijasida bolalar doimo sovg'alar, ota-onalarning diplomlari va minnatdorchiligini olishadi. Birgalikdagi mashg'ulot meni va ota-onalarni, ota-onalar va bolalarni birlashtirdi, do'stlashdi oila. Guruhdagi boshqa odatiy harakatlar uchun yaxshi niyatlar muhiti ajralib turdi. Ko'pgina ota-onalar, ular o'zlari uchun jalb qilgunlariga qadar ular shubha qilmaydigan yashirin qobiliyatlarni kashf etdilar. Juda hayajon va ajablanib bo'ldi. Agar uchrashuvimizning boshida ma'lum bir keskinlik, ishonchsizlik hissi, xavotir paydo bo'lsa, unda bu jarayonda ish o'zaro hamdardlik hukmronlik qiladi, hissiy ochiqlik va bir-biriga qiziqish. Shunday qilib, turli xil shakllardan foydalanish oilalar bilan ishlash bizning bolalar bog'chamiz o'quvchilari ijobiy baho berishdi natijalar: belgi o'zgardi o'zaro ta'sirlar ota-onalar bilan o'qituvchilar, ularning aksariyati bolalar bog'chasining barcha ishlarida faol ishtirok etdilar va tarbiyachilarning ajralmas yordamchilari.
Xulosa
Ota-onalar - bu muhim motivatsiya sharoitida ishtirok etadigan ijrochilar.
Ota-onalar tanqidiy kuzatuvchidir. Ota-onalar ishtirokchilari sifatida tushunchalarini o'zgartirish o'quv jarayoni oilalar turlarini tushunishni o'zgartirishga olib keldi: pedagogik jarayonning faol ishtirokchilari, bolalarining muvaffaqiyatlaridan manfaatdor; Manfaatdor, ammo mutaxassislar yordamida muammolarni hal qilishga tayyor; befarqlik, "xuddi shu tarzda o'sganman" tamoyili bo'yicha yashaydi. Bizning bolalar bog'chamizda bolani rivojlantirish va tarbiyalash uchun bitta maydonni tashkil qilish uchun barcha sharoitlar yaratilgan.
Shunday qilib MTT larda oila bilan ishlash quyidalarni o’z ichiga oladi:


  • Ota-onalar bilan o'zaro aloqada bo'lish uchun qulay sharoitlar yaratish.

  • Ishonchni o'rnatish va sheriklik ota - onam bilan.

  • Oilani yagona ta'lim sohasiga jalb qilish.


Muvofiqlashtirilgan ish uchunbot bolalar bog'chasi va ota-onalar qaror qilishadi quyidagi vazifalar:



  • Ota-onalarning ta'lim ko'nikmalarini faollashtirish va boyitish.

  • O'quvchilarining oilalari bilan yaqindan ishlash.

Shu maqsadda biz foydalanamiz faol shakllar va ota-onalar bilan ishlash usullari:
umumiy va guruh ota-onalar yig'ilishlari;

  • maslahat berish;

  • bolalarning uyushgan faoliyatiota-onalar ishtirokida;

  • ota-onalar bilan o'tkazilgan bolalar asarlarining ko'rgazmalari;

  • Muloqot kunlari;

  • Xayrli ishlar kunlari;

  • Ochiq eshiklar kunlari;

  • ta'tilni, dam olishni tayyorlash va o'tkazishda ota-onalarning ishtiroki;

  • ishlash ota-onalar guruhi qo'mitasi bilan;

  • bolalar va ota-onalar bilan suhbatlar;

Yüklə 34,75 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin